Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.9K photos
512 videos
2 files
715 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
📢Notiqlik va Debate Klublari yangiliklari
🇺🇿O'zDJTU 🇺🇿😊 2-ingliz fakulteti

📌 1- va 2-mavsum talabalarimiz uchun navbatdagi notiqlik mashg‘uloti mazmunli va samarali tarzda bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulot davomida ishtirokchilar nafaqat nutq so‘zlash texnikalari, balki auditoriya bilan to‘g‘ri muloqot qilish, fikrni mantiqiy va ta’sirchan yetkazish ko‘nikmalarini ham mustahkamlashdi. Har bir talaba o‘z ustida ishlab, sahnada erkin va ishonch bilan chiqish qilishga harakat qildi.

🔅Mashg‘ulotning eng muhim qismi sifatida “Tabaqalashtirilgan stipendiya sifatli ta’lim olishga sabab bo‘ladi” mavzusida qizg‘in va mazmunli munozara tashkil etildi. Ushbu bahs davomida talabalar turli pozitsiyalarni egallab, muammoni chuqur tahlil qilishdi, dalil va qarshi dalillar keltirish orqali o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishdi. Munozara jarayoni nafaqat bilim almashish, balki fikrlash doirasini kengaytirish uchun ham muhim maydon bo‘ldi.

📝Bunday mashg‘ulotlar talabalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, jamoa oldida o‘z fikrini erkin ifoda etish va bahs madaniyatiga rioya qilish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular yoshlarning liderlik qobiliyatini oshirib, kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratadi.

🖐Biz bilan birga rivojlaning, fikringizni dadil bildiring va yetakchiga aylaning!

⬇️Bizni kuzatib boring:
🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1😍1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Nomli davlat stipendiyalariga bag‘ishlangan seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

15-aprel kuni 2-Ingliz fakultetida Navoiy stipendiyasi hamda Prezident granti uchun tayyorgarlik mavzusida muhim va foydali seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirochilar nomli davlat stipendiyalarining talablari, tanlov jarayonlari hamda muvaffaqiyatli nomzod bo‘lish strategiyalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Ushbu uchrashuvda universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limida Bo‘lim boshlig‘i Ismatova Shahnoza Miraxmatovna va fakultet ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Begmatova Sohiba Mustafoyevnalar ishtirok etdilar va talabalarni nomli stipendiyalarga nomzod bo'lish tartibi bilan tanishtirdilar.

📚 Seminar doirasida:
• Kuchli portfolio yaratish,
• Arizalarni to‘g‘ri va samarali topshirish,
• Tanlovda ajralib turish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berildi.

🎤 Tadbirda Navoiy stipendiyasi sohibasi Turdiyeva Zahro hamda Prezident granti sohibasi Shahlo Bahriddinova o‘z tajribalari, yo‘l qo‘ygan xatolari va muvaffaqiyatga erishish bosqichlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ishtirochilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.

Bunday mazmunli uchrashuvlar talabalarning kelajakdagi yutuqlariga mustahkam poydevor yaratishiga ishonamiz.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
‼️‼️‼️

📣O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti sport hayotidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istaysizmi?

⚽️🏀Universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan sport musobaqalari, yutuqlar va qiziqarli jarayonlardan bexabar qolmang!

👉Unda bizning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling va har bir yangilikni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!

🔥Sport — bu faqat musobaqa emas, bu — birlik, g‘alaba va ilhom manbai!

🎖Bizning ishtirmoiy tarmoqlar!

📱Telegram. 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🟦🟦
Ayni Damda 🇺🇿O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti😊 2 ingliz tili fakulteti 👍Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tarkibidagi Notiqlik va Debate klublarida Munozara jarayoni qizg'in ketmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
📢 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🏛 Professor o'qituvchilar hamda barcha talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari professor o'qituvchilar hamda talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi ixtirochisi” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning asosiy shartlari va talablari:

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar.
Talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi.
Sun’iy intellekt, IT, muhandislik, qayta ishlash, tabiiy fanlar, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, arxitektura va transport logistikasi.
Tanlov uch bosqichda (OTM ichki saralashi —> Hududiy bosqich —> Respublika bosqichi) bo‘lib o‘tadi.
Energotejamkorlik, ekologik tozalik, ijtimoiy ahamiyat, tayyorlik darajasi (maket/prototip), eksportboplik va patent mavjudligi.


📌 Tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1️⃣ Saralash (OTM bosqichi)
2️⃣ Hududiy bosqich
3️⃣ Respublika bosqichi

📅 Hujjatlar topshirish muddati: Arizalar 2026-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi.
Saralash bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kun muddatda g‘olib bo‘lgan talabgorlar arizalarni elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali hududiy bosqichga yuboradilar.

📍 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda ariza topshirishlari lozim.

NIZOM BILAN TANISHING

🌐 Batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/context/view/152136

Murojat uchun: @IIITB714

📣 Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Yangi g‘oyalar, innovatsion loyihalar va ixtirolaringiz bilan qatnashing!
2026-yil 16-aprel kuni Ingliz tili nazariy aspektlari–2 kafedrasi o‘qituvchisi Ismailova R. tomonidan “Facilitating Group Discussion” mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur to‘garakdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar orasida guruh muhokamalarini samarali tashkil etish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda erkin fikr almashish madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi tomonidan guruh muhokamasini olib borishning asosiy tamoyillari, jumladan, savol berish texnikalari, tinglash madaniyati, fikrlarni hurmat qilish hamda bahs-munozarani boshqarish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, berilgan mavzular yuzasidan faol muhokama olib bordilar.
Amaliy qismda ishtirokchilar turli rollarni bajarish orqali moderatorlik, fikr bildirish va o‘z pozitsiyasini himoya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Bu esa ularning nutqiy faolligini oshirishga va jamoada ishlash malakalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
To‘garak yakunida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi hamda mashg‘ulot yuzasidan umumiy xulosalar chiqarildi. Ushbu tadbir talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni boyitish, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM