Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.91K photos
512 videos
2 files
715 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🤩MUTOLAAda keyingi qizg’in davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bugun 15.04.2026-sanada 🇺🇿O’zDJTU 😊Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti qoshida tashkil topgan “Mutolaa” klubi tomonidan 🧸BOOK TALKS:3ta sabab bilan kitob tavsiya” ruknida asarlar muhokamasi uchrashuvi tashkil etildi.

🖊Bugungi yig‘ilishimiz iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar o‘zlari sevgan asarlarni nafaqat tavsiya qilishdi, balki ularni shunchalik mahorat bilan tasvirlab berdilarki, har bir tinglovchi go‘yo o‘sha asarning ichiga kirib qolgandek bo‘ldi.

➡️Uchrashuv davomida T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, E.M.Remarkning “Qarzga olingan umr”, Jorj Oruelning “1984”, Iqbol Mirzo qalamiga Mansub “Bonu” hamda shu kabi bir qancha asarlar talabalar tomonidan tengdoshlariga tavsiya qilindi.

⏭️Har bir ta’rif ortida chinakam his-tuyg‘u, samimiyat va kitobga bo‘lgan muhabbat sezilib turdi. Eng quvonarlisi — bu jarayon boshqalarni ham mutolaaga ilhomlantirdi. Birgina suhbat orqali yangi kitoblarga qiziqish uyg‘ondi, yangi o‘quvchilar paydo bo‘ldi.

🤩Bugun biz kitoblar haqida shunchaki gaplashmadik — ularni his qildik, yashadik va bir-birimizga ulashdik. Aynan mana shunday lahzalar mutolaaning haqiqiy zavqini his qildiradi.

Faoliyatimizni kuzatib borish uchun telegram sahifamizga obuna bo’ling.
https://t.me/mutolaaclubi
Telegram Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11😍1💘1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
📢Notiqlik va Debate Klublari yangiliklari
🇺🇿O'zDJTU 🇺🇿😊 2-ingliz fakulteti

📌 1- va 2-mavsum talabalarimiz uchun navbatdagi notiqlik mashg‘uloti mazmunli va samarali tarzda bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulot davomida ishtirokchilar nafaqat nutq so‘zlash texnikalari, balki auditoriya bilan to‘g‘ri muloqot qilish, fikrni mantiqiy va ta’sirchan yetkazish ko‘nikmalarini ham mustahkamlashdi. Har bir talaba o‘z ustida ishlab, sahnada erkin va ishonch bilan chiqish qilishga harakat qildi.

🔅Mashg‘ulotning eng muhim qismi sifatida “Tabaqalashtirilgan stipendiya sifatli ta’lim olishga sabab bo‘ladi” mavzusida qizg‘in va mazmunli munozara tashkil etildi. Ushbu bahs davomida talabalar turli pozitsiyalarni egallab, muammoni chuqur tahlil qilishdi, dalil va qarshi dalillar keltirish orqali o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishdi. Munozara jarayoni nafaqat bilim almashish, balki fikrlash doirasini kengaytirish uchun ham muhim maydon bo‘ldi.

📝Bunday mashg‘ulotlar talabalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, jamoa oldida o‘z fikrini erkin ifoda etish va bahs madaniyatiga rioya qilish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular yoshlarning liderlik qobiliyatini oshirib, kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratadi.

🖐Biz bilan birga rivojlaning, fikringizni dadil bildiring va yetakchiga aylaning!

⬇️Bizni kuzatib boring:
🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1🔥1😍1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Nomli davlat stipendiyalariga bag‘ishlangan seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

15-aprel kuni 2-Ingliz fakultetida Navoiy stipendiyasi hamda Prezident granti uchun tayyorgarlik mavzusida muhim va foydali seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirochilar nomli davlat stipendiyalarining talablari, tanlov jarayonlari hamda muvaffaqiyatli nomzod bo‘lish strategiyalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Ushbu uchrashuvda universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limida Bo‘lim boshlig‘i Ismatova Shahnoza Miraxmatovna va fakultet ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Begmatova Sohiba Mustafoyevnalar ishtirok etdilar va talabalarni nomli stipendiyalarga nomzod bo'lish tartibi bilan tanishtirdilar.

📚 Seminar doirasida:
• Kuchli portfolio yaratish,
• Arizalarni to‘g‘ri va samarali topshirish,
• Tanlovda ajralib turish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berildi.

🎤 Tadbirda Navoiy stipendiyasi sohibasi Turdiyeva Zahro hamda Prezident granti sohibasi Shahlo Bahriddinova o‘z tajribalari, yo‘l qo‘ygan xatolari va muvaffaqiyatga erishish bosqichlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ishtirochilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.

Bunday mazmunli uchrashuvlar talabalarning kelajakdagi yutuqlariga mustahkam poydevor yaratishiga ishonamiz.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3