Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.89K photos
512 videos
2 files
714 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🔥🔥🔥
“Mutolaa”da jarayon…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 15-aprel
kuni Ozbekiston Davlat Jaxon tillari universiteti Ikkinchi ingliz fakulteti tyutori Hazratova Sh tomonidan talabalar bilan “Saida Zunnunova tavalludining 100yilligi” ga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.

Talaba-yoshlar qalbida milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, uning she’rlari orqali vatanparvarlik, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish. Tadbir davomida Saida Zunnunovaning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va uning ijodiy merosi haqida qisqacha ma’lumot berdi. Shundanso‘ng talabalar tomonidan shoira hayoti va faoliyatihaqida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirdavomida ishtirokchilar tomonidan Saida Zunnunovaningeng sara she’rlari ifodali o‘qib berildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Talabalar SaidaZunnunovaning boy ijodi bilan yaqindan tanishdilar, uning she’riyati orqali ma’naviy ozuqa oldilar. Tadbiryoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🗣“Munozara” respublika turniriga start berildi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi.

☑️Turnirda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.
🔹“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida joriy yilning 20-aprel – 2-may oralig‘ida tashkil etiladi.

➡️Turnir nizomi va yo‘riqnomasi

➡️Tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

➡️Hududiy bosqich reja-grafigi

🏆 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
↪️1-o‘rin – 30 million so‘m;
↪️2-o‘rin – 20 million so‘m;
↪️3-o‘rin – 15 million so‘m.

⚫️Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🟦🟦🟦 🟦🟦
“Munozara” respublika turniring Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili 2-fakulteti bosqichiga start berildi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi.

Dastlabki bosqichda saralangan jamoalar keyingi bosqichda fakultetlarning saralangan jamoalari bilan bellashadi.
Yakunda finalga yetib borgan 3 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib borishadi

🗓Sana: 16-aprel (Payshanba)
Vaqt: 15:00
📍Joy: 205-xona (Ma’ruzalar xonasi)

Munozara mavzusi:Plastik mahsulotlar butunlay ta'qiqlanishi kerak
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🤩MUTOLAAda keyingi qizg’in davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bugun 15.04.2026-sanada 🇺🇿O’zDJTU 😊Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti qoshida tashkil topgan “Mutolaa” klubi tomonidan 🧸BOOK TALKS:3ta sabab bilan kitob tavsiya” ruknida asarlar muhokamasi uchrashuvi tashkil etildi.

🖊Bugungi yig‘ilishimiz iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar o‘zlari sevgan asarlarni nafaqat tavsiya qilishdi, balki ularni shunchalik mahorat bilan tasvirlab berdilarki, har bir tinglovchi go‘yo o‘sha asarning ichiga kirib qolgandek bo‘ldi.

➡️Uchrashuv davomida T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, E.M.Remarkning “Qarzga olingan umr”, Jorj Oruelning “1984”, Iqbol Mirzo qalamiga Mansub “Bonu” hamda shu kabi bir qancha asarlar talabalar tomonidan tengdoshlariga tavsiya qilindi.

⏭️Har bir ta’rif ortida chinakam his-tuyg‘u, samimiyat va kitobga bo‘lgan muhabbat sezilib turdi. Eng quvonarlisi — bu jarayon boshqalarni ham mutolaaga ilhomlantirdi. Birgina suhbat orqali yangi kitoblarga qiziqish uyg‘ondi, yangi o‘quvchilar paydo bo‘ldi.

🤩Bugun biz kitoblar haqida shunchaki gaplashmadik — ularni his qildik, yashadik va bir-birimizga ulashdik. Aynan mana shunday lahzalar mutolaaning haqiqiy zavqini his qildiradi.

Faoliyatimizni kuzatib borish uchun telegram sahifamizga obuna bo’ling.
https://t.me/mutolaaclubi
Telegram Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11😍1💘1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
📢Notiqlik va Debate Klublari yangiliklari
🇺🇿O'zDJTU 🇺🇿😊 2-ingliz fakulteti

📌 1- va 2-mavsum talabalarimiz uchun navbatdagi notiqlik mashg‘uloti mazmunli va samarali tarzda bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulot davomida ishtirokchilar nafaqat nutq so‘zlash texnikalari, balki auditoriya bilan to‘g‘ri muloqot qilish, fikrni mantiqiy va ta’sirchan yetkazish ko‘nikmalarini ham mustahkamlashdi. Har bir talaba o‘z ustida ishlab, sahnada erkin va ishonch bilan chiqish qilishga harakat qildi.

🔅Mashg‘ulotning eng muhim qismi sifatida “Tabaqalashtirilgan stipendiya sifatli ta’lim olishga sabab bo‘ladi” mavzusida qizg‘in va mazmunli munozara tashkil etildi. Ushbu bahs davomida talabalar turli pozitsiyalarni egallab, muammoni chuqur tahlil qilishdi, dalil va qarshi dalillar keltirish orqali o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishdi. Munozara jarayoni nafaqat bilim almashish, balki fikrlash doirasini kengaytirish uchun ham muhim maydon bo‘ldi.

📝Bunday mashg‘ulotlar talabalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, jamoa oldida o‘z fikrini erkin ifoda etish va bahs madaniyatiga rioya qilish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular yoshlarning liderlik qobiliyatini oshirib, kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratadi.

🖐Biz bilan birga rivojlaning, fikringizni dadil bildiring va yetakchiga aylaning!

⬇️Bizni kuzatib boring:
🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1😍1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Nomli davlat stipendiyalariga bag‘ishlangan seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

15-aprel kuni 2-Ingliz fakultetida Navoiy stipendiyasi hamda Prezident granti uchun tayyorgarlik mavzusida muhim va foydali seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirochilar nomli davlat stipendiyalarining talablari, tanlov jarayonlari hamda muvaffaqiyatli nomzod bo‘lish strategiyalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Ushbu uchrashuvda universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limida Bo‘lim boshlig‘i Ismatova Shahnoza Miraxmatovna va fakultet ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Begmatova Sohiba Mustafoyevnalar ishtirok etdilar va talabalarni nomli stipendiyalarga nomzod bo'lish tartibi bilan tanishtirdilar.

📚 Seminar doirasida:
• Kuchli portfolio yaratish,
• Arizalarni to‘g‘ri va samarali topshirish,
• Tanlovda ajralib turish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berildi.

🎤 Tadbirda Navoiy stipendiyasi sohibasi Turdiyeva Zahro hamda Prezident granti sohibasi Shahlo Bahriddinova o‘z tajribalari, yo‘l qo‘ygan xatolari va muvaffaqiyatga erishish bosqichlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ishtirochilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.

Bunday mazmunli uchrashuvlar talabalarning kelajakdagi yutuqlariga mustahkam poydevor yaratishiga ishonamiz.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2