Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.89K photos
512 videos
2 files
714 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦

Joriy yilning 15-aprel kuni ingiliz tili-2 fakulteti tyutori A.Mirbabayeva boshchiligida o'zbek adabiyotshunos shoir va yozuvchisi Aziz Qayumov hayot va ijodiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga adibning ilmiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda ayniqsa, Alisher Navoiy merosini o‘rganishdagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir jarayonida talabalar tomonidan adib hayoti yuzasidan taqdimotlar qilindi, qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi hamda uning asarlaridan parchalar o‘qildi. Bu esa yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Maqsad – yoshlar ongida milliy qadriyatlar va adabiyotga bo‘lgan hurmatni shakllantirishdir.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Forwarded from UzSWLU sports club
"TALABA-YUGUR" koʻngillilar yugurish musobaqasi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi🔥

Perfend.com sayti orqali roʻyxatdan oʻting va quyidagi sovrinlarni qoʻlga kiriting:

1-oʻrin - bazaviy stipendiya miqdorining 50 % miqdorida (6 oy davomida) ragʻbatlantirib boriladi;

2-oʻrin - bazaviy stipendiya miqdorining 50 % miqdorida (4 oy davomida) ragʻbatlantirib boriladi;

3-oʻrin - bazaviy stipendiya miqdorining 50 % miqdorida (2 oy davomida) ragʻbatlantirib boriladi.

Agar sizning natijangiz Respublika miqyosida kuchli uchlikda qayd etilsa:

1-oʻrin - 10 000 000 soʻm miqdorida;
2-oʻrin - 8 000 000 soʻm miqdorida;
3-oʻrin - 5 000 000 soʻm miqdoridagi ragʻbatlantirishga ega boʻlasiz🫡

Roʻyxatdan oʻtishga shoshiling❗️
🇺🇿O'zDJTU 😊Ingliz tili 2-fakulteti tyutori D.Burxonova va 2521-guruh talabalari tomonidan tashkillashtirilgan “RAQS JILOSI” TANLOVI E’LON QILINADI!

Hurmatli talabalar!

Sizni “Raqs Jilosi” nomli ijodiy raqs tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz! Ushbu tanlov orqali siz o‘z iste’dodingizni namoyon etish, sahnada porlash va unutilmas taassurotlar olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Tanlov maqsadi:
Talabalar orasida raqs san’atini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratish.

🗓 O‘tkazilish sanasi: 16-aprel
📍Manzil: 2-ingliz

Ishtirok shartlari:
- Tanlovda yakka yoki jamoa tarzida qatnashish mumkin
- Raqs turi erkin (milliy yoki zamonaviy)
- Har bir chiqish 3-5 daqiqa davom etishi kerak

Baholash mezonlari:
- Ijro mahorati
- Sahna madaniyati
- Original yondashuv
- Musiqa va harakat uyg‘unligi

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @A_laziza_o8

Shoshiling! O‘z iste’dodingizni namoyon eting va “Raqs Jilosi” sahnasida porlang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GrantGO
🇺🇿Sun'iy intellekt (ML) yo'nalishi bo'yicha Najot Ta’limdan Mega grant

Moliyalashtirish: Bepul
Til talabi: Ingliz tili (kamida B1)

Kimlar uchun
➡️18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan O’zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin;
➡️Kompyuter savodxonligi va mantiqiy fikrlash ko'nikmalari talab qilinadi.

Foydali tomonlari
➡️8 oylik Sun'iy intellekt (ML) kursida bepul ta'lim olish;
➡️Xalqaro standartlarga mos o'qish imkoniyati;
➡️Eng yaxshi bitiruvchilarga IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishga ko'mak beriladi.

Dastur haqida
➡️Grant g'oliblarining 120 nafari Toshkent shahri va qolgan 180 nafari(60 nafardan) Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm shaharlarida tahsil oladi.

⏰️Oxirgi muddat: 18-aprel, 2026
➡️Batafsil: grantgo.uz/go/56822

#grantlar_va_stipendiyalar #bepul
#Oʻzbekiston

💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🔥🔥🔥
“Mutolaa”da jarayon…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 15-aprel
kuni Ozbekiston Davlat Jaxon tillari universiteti Ikkinchi ingliz fakulteti tyutori Hazratova Sh tomonidan talabalar bilan “Saida Zunnunova tavalludining 100yilligi” ga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.

Talaba-yoshlar qalbida milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, uning she’rlari orqali vatanparvarlik, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish. Tadbir davomida Saida Zunnunovaning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va uning ijodiy merosi haqida qisqacha ma’lumot berdi. Shundanso‘ng talabalar tomonidan shoira hayoti va faoliyatihaqida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirdavomida ishtirokchilar tomonidan Saida Zunnunovaningeng sara she’rlari ifodali o‘qib berildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Talabalar SaidaZunnunovaning boy ijodi bilan yaqindan tanishdilar, uning she’riyati orqali ma’naviy ozuqa oldilar. Tadbiryoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🗣“Munozara” respublika turniriga start berildi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi.

☑️Turnirda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.
🔹“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida joriy yilning 20-aprel – 2-may oralig‘ida tashkil etiladi.

➡️Turnir nizomi va yo‘riqnomasi

➡️Tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

➡️Hududiy bosqich reja-grafigi

🏆 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
↪️1-o‘rin – 30 million so‘m;
↪️2-o‘rin – 20 million so‘m;
↪️3-o‘rin – 15 million so‘m.

⚫️Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🟦🟦🟦 🟦🟦
“Munozara” respublika turniring Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili 2-fakulteti bosqichiga start berildi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi.

Dastlabki bosqichda saralangan jamoalar keyingi bosqichda fakultetlarning saralangan jamoalari bilan bellashadi.
Yakunda finalga yetib borgan 3 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib borishadi

🗓Sana: 16-aprel (Payshanba)
Vaqt: 15:00
📍Joy: 205-xona (Ma’ruzalar xonasi)

Munozara mavzusi:Plastik mahsulotlar butunlay ta'qiqlanishi kerak
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🤩MUTOLAAda keyingi qizg’in davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bugun 15.04.2026-sanada 🇺🇿O’zDJTU 😊Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti qoshida tashkil topgan “Mutolaa” klubi tomonidan 🧸BOOK TALKS:3ta sabab bilan kitob tavsiya” ruknida asarlar muhokamasi uchrashuvi tashkil etildi.

🖊Bugungi yig‘ilishimiz iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar o‘zlari sevgan asarlarni nafaqat tavsiya qilishdi, balki ularni shunchalik mahorat bilan tasvirlab berdilarki, har bir tinglovchi go‘yo o‘sha asarning ichiga kirib qolgandek bo‘ldi.

➡️Uchrashuv davomida T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, E.M.Remarkning “Qarzga olingan umr”, Jorj Oruelning “1984”, Iqbol Mirzo qalamiga Mansub “Bonu” hamda shu kabi bir qancha asarlar talabalar tomonidan tengdoshlariga tavsiya qilindi.

⏭️Har bir ta’rif ortida chinakam his-tuyg‘u, samimiyat va kitobga bo‘lgan muhabbat sezilib turdi. Eng quvonarlisi — bu jarayon boshqalarni ham mutolaaga ilhomlantirdi. Birgina suhbat orqali yangi kitoblarga qiziqish uyg‘ondi, yangi o‘quvchilar paydo bo‘ldi.

🤩Bugun biz kitoblar haqida shunchaki gaplashmadik — ularni his qildik, yashadik va bir-birimizga ulashdik. Aynan mana shunday lahzalar mutolaaning haqiqiy zavqini his qildiradi.

Faoliyatimizni kuzatib borish uchun telegram sahifamizga obuna bo’ling.
https://t.me/mutolaaclubi
Telegram Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11😍1💘1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
📢Notiqlik va Debate Klublari yangiliklari
🇺🇿O'zDJTU 🇺🇿😊 2-ingliz fakulteti

📌 1- va 2-mavsum talabalarimiz uchun navbatdagi notiqlik mashg‘uloti mazmunli va samarali tarzda bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulot davomida ishtirokchilar nafaqat nutq so‘zlash texnikalari, balki auditoriya bilan to‘g‘ri muloqot qilish, fikrni mantiqiy va ta’sirchan yetkazish ko‘nikmalarini ham mustahkamlashdi. Har bir talaba o‘z ustida ishlab, sahnada erkin va ishonch bilan chiqish qilishga harakat qildi.

🔅Mashg‘ulotning eng muhim qismi sifatida “Tabaqalashtirilgan stipendiya sifatli ta’lim olishga sabab bo‘ladi” mavzusida qizg‘in va mazmunli munozara tashkil etildi. Ushbu bahs davomida talabalar turli pozitsiyalarni egallab, muammoni chuqur tahlil qilishdi, dalil va qarshi dalillar keltirish orqali o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishdi. Munozara jarayoni nafaqat bilim almashish, balki fikrlash doirasini kengaytirish uchun ham muhim maydon bo‘ldi.

📝Bunday mashg‘ulotlar talabalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, jamoa oldida o‘z fikrini erkin ifoda etish va bahs madaniyatiga rioya qilish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular yoshlarning liderlik qobiliyatini oshirib, kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratadi.

🖐Biz bilan birga rivojlaning, fikringizni dadil bildiring va yetakchiga aylaning!

⬇️Bizni kuzatib boring:
🌐Instagram 🌐Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1😍1