Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.87K photos
512 videos
2 files
711 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
Ingliz tili amaliy fanlar II kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan ochiq havoda “Jamiyat va insonlar hayoti: ekologik muammolar va ularning yechimlari” mavzusida dars tashkil etildi 🌿

Mashg‘ulot zamonaviy ta’lim talablari va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlarga mos holda o‘tkazildi. Talabalar ochiq havodagi faol mashg‘ulotlar orqali jamoada ishlash, fikrlar almashinuvi, juftlikda ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Dars davomida ekologik muammolar tahlil qilinib, ularning yechimlari ustida ishlanib, talabalarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi 🌱
5
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 14-aprel kuni soat 10:00 da Ingliz tili 2-fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlari – 2” kafedrasi tomonidan xalqaro darajadagi mutaxassis ishtirokida ilmiy-amaliy trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Iordaniya davlatidan tashrif buyurgan, xalqaro tajribaga ega ingliz tili mutaxassisi Ahmad Altamimi ishtirok etdi. Trening “AI in academia: learning, teaching and research” mavzusiga bag‘ishlanib, zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan samarali foydalanish, ingliz tilini o‘qitish metodikasining ilg‘or yondashuvlari, akademik yozuv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim standartlariga mos pedagogik strategiyalarni yoritishga qaratildi.
Tadbir davomida mutaxassis tomonidan: sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati;
ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy interaktiv metodlar;
akademik yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish usullari;
ilmiy tadqiqot olib borishda AI texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Trening jarayoni interaktiv ruhda o‘tib, talaba va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan yangi bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

Mazkur trening mashg‘ulotlari kafedra mudiri f.f.f.d. (PhD) M. Abduvahabova hamda kafedra katta o‘qituvchilari G. Tursunova va M. Polvanova tomonidan tashkil etildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi. Ushbu trening professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish hamda xalqaro tajribani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿 O’zDJTU😊Ingliz tili 2-fakulteti Notiqlik va Debate klublarida Munozara Clubi uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi!

🗓Sana: 16-aprel (Payshanba)
🕰Vaqt: 15:00
📍Joy: 205-xona (Ma’ruzalar xonasi)
Ushbu bosqich O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Munozara Clubi uchun saralash bosqichi hisoblanadi. Kelgusida esa universitet fakultetlari orasidan saralangan jamoalargina final bosqichiga yetib boradi.
Bu safargi asosiy ishtirokchilar Notiqlik va Debate klublari a’zolari bo‘lib, jarayon qizg‘in va murosasiz kechishi kutilmoqda.
🔜Dastlabki bosqichda saralangan jamoalar keyingi bosqichda fakultetlarning saralangan jamoalari bilan bellashadi.
🏆Yakunda finalga yetib borgan 3 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
⚠️Demak, jang oson bo‘lmaydi!
🎯Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
👥Hurmatli universitetimizning munozaraga qiziquvchi ustozlari, faol talabalar hamda barcha havaskorlarni saralash jarayonini jonli kuzatishga taklif qilamiz. Real muhitdagi munozarani ko‘rish — bu o‘zgacha tajriba!
📌Eslatma:
Munozara mavzusi bugun, 15-aprel soat 16:00 gacha e’lon qilinadi.
👉Bizni kuzatishda davom eting!

⬇️Bizni kuzatib boring:
🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦

" Amir Temur va temuriylar merosi" nomli insholar tanlovi bo'lib o'tdi!

Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz tili 2-fakultetida

Tanlov fakultet tyutori
S.Muxitdinova
tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlov davomida ishtirokchilar faol qatnashib, o'zlarining bilimlari va g'oyalarini namoyish etishdi va sertifikat bilan taqdirlandilar.

🏆Tanlov g'oliblari:
🥇Mammatjonova Sevinch
🥈Abdixoliqova Hulkar
🥉Abdullayeva Marjona

“Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi yoshlar uchun katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘ldi. G'oliblarimizga omad tilaymiz va kelgusi bosqichlarda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 15 aprel kuni Ingiliz tili 2 fakultetida tyutor Murodova N tomonidan O’zbekiston qaxramoni,xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.

• Badiy suhbatda talabalar bilan shoirning hayoti va ijodi bilan tanishtirildi. Shoirning badiy asarlari va sherlari haqida malumot berildi. Talabalar Abdulla Oripovning sevimli sherlaridan ifodali o’qishdi.

• Bunday tadbirlar talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tqazishga va bilimlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Joriy yilning 15-aprel kuni ingiliz tili-2 fakulteti tyutori A.Mirbabayeva boshchiligida o'zbek adabiyotshunos shoir va yozuvchisi Aziz Qayumov hayot va ijodiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga adibning ilmiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda ayniqsa, Alisher Navoiy merosini o‘rganishdagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir jarayonida talabalar tomonidan adib hayoti yuzasidan taqdimotlar qilindi, qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi hamda uning asarlaridan parchalar o‘qildi. Bu esa yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Maqsad – yoshlar ongida milliy qadriyatlar va adabiyotga bo‘lgan hurmatni shakllantirishdir.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1