Ingliz tili amaliy fanlar II kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan ochiq havoda “Jamiyat va insonlar hayoti: ekologik muammolar va ularning yechimlari” mavzusida dars tashkil etildi 🌿
Mashg‘ulot zamonaviy ta’lim talablari va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlarga mos holda o‘tkazildi. Talabalar ochiq havodagi faol mashg‘ulotlar orqali jamoada ishlash, fikrlar almashinuvi, juftlikda ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Dars davomida ekologik muammolar tahlil qilinib, ularning yechimlari ustida ishlanib, talabalarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi 🌱

❤4
2026-yil 14-aprel kuni soat 10:00 da Ingliz tili 2-fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlari – 2” kafedrasi tomonidan xalqaro darajadagi mutaxassis ishtirokida ilmiy-amaliy trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Iordaniya davlatidan tashrif buyurgan, xalqaro tajribaga ega ingliz tili mutaxassisi Ahmad Altamimi ishtirok etdi. Trening “AI in academia: learning, teaching and research” mavzusiga bag‘ishlanib, zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan samarali foydalanish, ingliz tilini o‘qitish metodikasining ilg‘or yondashuvlari, akademik yozuv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim standartlariga mos pedagogik strategiyalarni yoritishga qaratildi.
Tadbir davomida mutaxassis tomonidan: sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati;
ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy interaktiv metodlar;
akademik yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish usullari;
ilmiy tadqiqot olib borishda AI texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Trening jarayoni interaktiv ruhda o‘tib, talaba va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan yangi bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.
Mazkur trening mashg‘ulotlari kafedra mudiri f.f.f.d. (PhD) M. Abduvahabova hamda kafedra katta o‘qituvchilari G. Tursunova va M. Polvanova tomonidan tashkil etildi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi. Ushbu trening professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish hamda xalqaro tajribani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!📱 Telegram.📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM