Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.87K photos
512 videos
2 files
711 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
📌 PSIXOLOGIK SUHBAT O‘TKAZILDI

2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixologik suhbat tashkil etildi. Unda psixolog Z. Xayrullaeva, mutaxassis O. Artkova hamda tyutor C. Muxitdinova ishtirok etdi.

🧠 Suhbat davomida talabalarning ta’limga bo‘lgan motivatsiyasi, ichki va tashqi omillari, o‘quv jarayoniga munosabati tahlil qilindi. Shuningdek, ularning qiziqishlari va duch kelayotgan qiyinchiliklari muhokama qilinib, amaliy tavsiyalar berildi.

💬 Jarayonda ochiq muloqot, empatik tinglash va refleksiya usullaridan foydalanildi.

🎯 Suhbat yakunida talabalarning ichki motivatsiyasini oshirish, maqsad qo‘yish va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid tavsiyalar berildi.

Tadbir talabalarning ta’lim samaradorligini oshirish va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida 🇺🇿"Lider qizlar" klubi koordinatori Dilfuza Nasrullayeva hamda "Qizlarjon" klubi koordinatori Dilso'z Hoshimova tashabbusi bilan “Level Up: Bahor mavsumi” doirasida "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klublari tomonidan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

📖 Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan.

📚 Tanlovdan oldin o‘qilishi lozim bo‘lgan asarlar:
— O‘tkir Hoshimov — “Ikki eshik orasi”
— O‘lmas Umarbekov — “Odam bo‘lish qiyin”
— O‘tkir Hoshimov — “Dunyoning ishlari”

📝 Tanlov shartlari:
— Og‘zaki savol-javob (asarlar yuzasidan)
— Test sinovi
— “Mening sevimli kitobim” mavzusida taqdimot

🗓 Sana: 18-aprel, 2026-yil
📍 Manzil: Ingliz tili ikkinchi fakulteti

📥 Ishtirok etish istagidagi talabalar murojaat uchun:
Telegram: @goyibnazarovaoqilaxon

🏆 Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi hamda maxsus sertifikatga ega bo'ladilar.

🔥Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌿📖

📱Bizni kuzatishda davom eting:
😎Telegram | Telegram
📱Instagram | Instagram
2
❗️❗️❗️

🎉 Nomdor stipendiyalarga erishmoqchimisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Unda bu webinar aynan siz uchun!

🗓 15-aprel kuni, 2-Ingliz fakultetida Navoiy stipendiyasiga va Prezident Grantiga tayyorlanish va muvaffaqiyatli nomzod bo‘lish yo‘llari haqida maxsus tadbir o‘tkaziladi.

📚 Seminar davomida siz:
• Nomdor stipendiya nima, uning talablari va tanlov jarayoni haqida aniq, tushunarli ma’lumot olasiz.
• Kuchli portfolioni qanday yaratish, arizani to‘g‘ri to‘ldirish va e’tibor tortadigan nomzod bo‘lish bo‘yicha amaliy strategiyalarni o‘rganasiz.

🎤 Tadbirni Navoiy stipendiyasi sohibasi — Turdiyeva Zahro va Prezident Granti sohibasi- Shahlo Bahriddinova olib boradi. Ular o‘z tajribalari, qilgan xatolari, foydali usullari va muvaffaqiyatgacha bo‘lgan aniq bosqichlari bilan o‘rtoqlashadi. Barcha savollaringizga batafsil javob beriladi.

📆Sana:2026 yil. 15-aprel

📍 Manzil: O'zDJTU, xorijiy til va adabiyoti 2-fakulteti, 201-xona

Soat: 11:00

📩 Ro'yxatdan o'tish uchun: @shahlo_bahriddinova
🔥31🤩1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
📚BOOK TALKS: 3 sabab bilan kitob tavsiya!

🇺🇿O’zDJTU 😊Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti qoshidagi 🤩Mutolaa klubi yangi, qiziqarli ruknni boshlaydi!

Bu safar har bir ishtirokchi o‘qigan kitobini boshqalarga 3 ta eng muhim sabab orqali tavsiya qiladi 🎤

🔹Nima uchun aynan shu kitob?
🔹Sizga qanday ta’sir qildi?
🔹Nima bilan boshqalardan farq qiladi?

❗️Ortiqcha tafsilotlar yo‘q, mazmunni ochib yubormaymiz — faqat eng muhim fikrlar.

💬Savol bitta:
Qaysi kitob boshqalarning ham o‘qishiga arziydi?

Eng kuchli tavsiya egasi — keyingi hafta uchun umumiy kitobni tanlaydi!

📅15-aprel - chorshanba, soat 13:30
📍Axborot-resurs markazi, 2-qavat

Murojaat uchun: @Tulipkhan

☕️ Samimiy muhit va mazmunli suhbatlar sizni kutmoqda!

📖Biz bilan o‘qing, fikr bildiring va o‘sib boring.

😎Klubimiz faoliyatini kuzatib borish uchun obuna bo’ling👇
https://t.me/mutolaaclubi

📲Bizni kuzatib boring:
😎Telegram 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21❤‍🔥1🔥1😍1🤝1
2026-yil 14-aprel kuni Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Xurmatoy Tojiboyeva va Aziza Raxmonqulova tomonidan olib borildi.

Mazkur mashg‘ulot “Holidays and festival” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida o‘quvchilar:

— "Holidays and festivals" mavzusiga oid lugʻatlar oʻrganishdi;
— Mavzuga oid "warm up" mashg'ulotlar bajarishdi;
— Uy vazifalari tekshirildi
– mavzuga oid qiziqarli oʻyinlar oʻynashdi;

Oʻquvchilarga mavzu yuzasidan turli topshiriq va vazifalar berildi
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 13 aprel sanasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori Murodova N tomonidan Uchtepa tumanida yashovchi talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, dars jarayonlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi va ijara xonadonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish to’g’risida kerakli ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan berilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1