Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.9K photos
512 videos
2 files
715 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 10-aprel kuni "Ingliz tili nazariy aspektlari 2" kafedrasi katta o‘qituvchilari Shakirova M. va Husanova Sh. rahbarligida Xalqaro Ingliz tili Olimpiadasi (IIOE–2026)ning 2-bosqichi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur bosqichda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 3-kurs talabalari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurroq namoyon etdilar. Olimpiada xalqaro hamkorlik doirasida o‘tkazilib, unda Turkmaniston va boshqa davlatlar oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan bir qatorda mahalliy talabalar ham faol qatnashdilar.
2-bosqich sinovlari yanada murakkab va tahliliy yo‘nalishda tashkil etilib, quyidagi bo‘limlarni qamrab oldi:
🔹 Reading (murakkab matnlarni tahlil qilish)
🔹 Listening (tinglab tushunish va xulosa chiqarish)
🔹Grammar (chuqurlashtirilgan grammatik bilimlar)
Vocabulary (so'z boyligi)

Ishtirokchilarga belgilangan vaqt davomida topshiriqlarni mustaqil bajarish imkoniyati yaratildi. Talabalar yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etib, o‘zlarining ingliz tilidagi kompetensiyalarini amalda ko‘rsatdilar.
Mazkur bosqich talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos bilimlarni shakllantirish hamda eng iqtidorli ishtirokchilarni aniqlashga xizmat qildi.
Umuman olganda, olimpiadaning 2-bosqichi yuqori saviyada, shaffof va adolatli tarzda o‘tkazildi. Talabalar tomonidan katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tili Amaliy fanlar II kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Young Scholars Club” barcha talabalar uchun tanlov e’lon qiladi.

22-aprel — Butunjahon Yer kuni munosabati bilan ekologik muammolar, ularning yechimlari va atrof-muhitni asrash mavzusida handmade va AI posterlar tanlovi o‘tkaziladi.
"Our Power, Our Planet" - 2026 yil Butunjahon yer kuni uchun umumiy mavzu.

📌 Muhim talab: Har bir poster uchun mavzuga mos slogan (shior) bo‘lishi shart.

📌 Kimlar uchun: Barcha talabalar
📌 Topshirish joyi: Ingliz tili Amaliy fanlar II kafedrasi, 105-xona (3-bino)

Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌍
3
“Aleksandr Faynbergning ijodini o'rganish” nomli tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun 2-ingliz fakulteti XTA2-2518 guruhi talabasi Xoliyorova Sohiba tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aleksandr Faynberg ijodini oʻrganish” nomli tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov Aleksandr Faynberg ijodini chuqurroq o‘rganish, uning she’riy merosini audiomatn orqali talqin etish maqsadida tashkil qilindi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar:

🥇 1-o‘rin — Mammatjanova Mashhura

🥈 2-o‘rin — Nuraddinova Oydin

🥉 3-o‘rin — Muxiddinova Ruxshona
Qolgan faol talabalar ham rag’batlantirildi!

Tanlov ishtirokchilariga ijodiy muvaffaqiyatlar, g‘oliblarga esa kelgusida yanada katta yutuqlar tilaymiz!
Adabiyot va ijodga bo‘lgan muhabbat bardavom bo‘lsin! 📚
2🔥1🤝1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🗣️ Волонтёрство как образ жизни!

Под руководством кафедры политических наук, УзГУМЯ состоится встреча в формате расширенного тренинг-семинара.
 
Это открытая встреча-тренинг для студентов, где разберём, как устроено современное волонтёрство, с чего начать и как превратить участие в проектах в реальный опыт и возможности.

Хедлайнер встречи

Ширин Абидова, советник директора Агентства по делам молодёжи и руководитель Ассоциации волонтёров Узбекистана.
Также в мероприятии примет участие Муниса Муллоджанова основатель волонтёрской организации «Солнышко».

Что тебя ждёт?

 
атмосфера добра
понимание, как волонтёрство становится частью жизни
открытый диалог и ответы на вопросы
новые знакомства и идеи для собственных инициатив

📅 Дата:

16 апреля

🕒 Время:

11:00

📍 Локация будет сообщена в зависимости от количества зарегистрированных участников. 

Для участия нужно заполнить короткую форму:

https://forms.gle/GfCwrGKnX9P8NFDr7

Дедлайн:

14 апреля 2026; 23:00
Ingliz tili ikkinchi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Adiblar xiyobonida, marhum shoir Aleksandr Faynberg haykali qoshida sport tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda
Mansurova Gulchehra Ubaydullaevna hamda Hamidova Shahnоза Sirojiddinovna
boshchiligida talabalar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida turli sport mashg‘ulotlari va qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro do‘stona muhitda kuch sinashib, ijobiy kayfiyatga ega bo‘ldilar. Bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1
🇬🇧 Buyuk Britaniyada ta’lim va xalqaro grantlar sirlari: Ikki karra tajriba!

​Siz ham dunyoning TOP universitetlarida o‘qishni va nufuzli grantlarni qo‘lga kiritishni xohlaysizmi? Unda ushbu uchrashuv aynan siz uchun!
​15-aprel kuni Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondida Buyuk Britaniya ta’lim tizimi va xalqaro grantlar yutish strategiyalariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

👨‍🏫 Spikerlarimiz bilan tanishing:
​Uchrashuvda "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiyasi g‘oliblari va nufuzli Glazgo universiteti (University of Glasgow, QS #79) bitiruvchilari o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar:
- ​Jamshidbek Mamadjanov – Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi.
- ​Jahongir Xasanov – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi.

Uchrashuv davomida siz nimalarni bilib olasiz?
- ​Britaniya universitetlariga muvaffaqiyatli hujjat topshirish yo‘llari;
- ​Xalqaro grant dasturlarida g‘olib bo‘lish sirlari;
- ​Glazgo universitetidagi hayot va ta’lim.

​Ma'lumot uchun:
🇺🇿 Tadbir tili: o‘zbek, rus va ingliz tillarida
📅 Sana: 15-aprel
🕐 Vaqt: 16:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Qushbegi ko‘chasi 8-uy, "Ziyo Forum" Yoshlar markazi.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish: @ziyoforumbot orqali

📷Instagram | 😁 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🌄 TABIAT QO‘YNIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

2026-yil 12-aprel kuni Toshkent – Qizil Tog‘ yo‘nalishida tyutor Utekov Bekzod Marat o‘g‘li boshchiligida guruh talabalari uchun sayohat tashkil etildi.

👥 Sayohatda jami 55 nafar talaba ishtirok etib, ular uchun maroqli va mazmunli dam olish muhiti yaratildi. Talabalar tabiat qo‘ynida toza havodan bahramand bo‘lib, kundalik o‘quv jarayonidan biroz hordiq chiqarish imkoniga ega bo‘ldilar.

🌿 Sayohat davomida go‘zal tabiat manzaralari, tog‘ havosi va sokin muhit talabalar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jamoaviy o‘yinlar, suhbatlar va birgalikdagi faoliyatlar orqali talabalar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yanada mustahkamlandi
.
📸 Shuningdek, sayohat jarayonida esdalik uchun suratlar olinib, quvnoq va samimiy lahzalar muhrlab qo‘yildi.

🎯 Mazkur tadbir talabalarning jismoniy va ruhiy hordiq chiqarishi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamoaviy muhitni rivojlantirishga xizmat qildi.
6🔥2