Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.9K photos
512 videos
2 files
715 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿 😊 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti talaba-qizlari “Universitet malikasi” tanlovida yorqin natijalar qayd etdi

👑O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovida Ingliz tili 2-fakulteti talaba-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim, iste’dod va har tomonlama salohiyatini yuqori darajada namoyon etdilar.

📖 Tanlov davomida ishtirokchilar sport, kitobxonlik va pazandalik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, fakultetimiz talaba-qizlari quyidagi nominatsiyalarni qo‘lga kiritdilar:
➡️Yusupova Sevinch – Miss kitobxon
➡️Bahodirova Madina – Miss go‘zallik
➡️Hasanova Gavharoy – Miss sportchi nominatsiyalarini qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek, Mavlonova Saodat ham tanlovda faol ishtirok etib, o‘zining salohiyati va intiluvchanligi bilan alohida e’tibor qozondi.

Ushbu yutuqlar fakultetimiz talaba-qizlarining nafaqat bilimli, balki har tomonlama iqtidorli, faol va tashabbuskor ekanliklarini yana bir bor namoyon etdi.

Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi barcha ishtirokchi va g‘oliblarni samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaydi!

🌐 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 10-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi psixologi Z. Xayrullayeva hamda Ikkinchi ingliz fakulteti bo‘lim mutaxassisi O. Artikova hamkorligida 3-bosqich talabalari bilan psixoprofilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur psixoprofilaktik tadbir davomida talabalarning psixoemotsional holati, stressga chidamlilik , hamda ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasi o‘rganildi. Suhbat jarayonida ishtirokchilarning kommunikativ kompetensiyasi, emotsional intellekti va o‘z-o‘zini regulyatsiya qilish ko‘nikmalari tahlil qilindi.

Shuningdek, talabalarda uchrashi mumkin bo‘lgan situativ va shaxsiy tashvish, akademik stress hamda emotsional zo‘riqishning oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik tavsiyalar berildi. Interaktiv muloqot asosida olib borilgan suhbat davomida kognitiv-behavioral yondashuv elementlari qo‘llanilib, talabalarda ijobiy fikrlash va adaptiv xulq-atvor strategiyalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 10-aprel kuni "Ingliz tili nazariy aspektlari 2" kafedrasi katta o‘qituvchilari Shakirova M. va Husanova Sh. rahbarligida Xalqaro Ingliz tili Olimpiadasi (IIOE–2026)ning 2-bosqichi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur bosqichda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 3-kurs talabalari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurroq namoyon etdilar. Olimpiada xalqaro hamkorlik doirasida o‘tkazilib, unda Turkmaniston va boshqa davlatlar oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan bir qatorda mahalliy talabalar ham faol qatnashdilar.
2-bosqich sinovlari yanada murakkab va tahliliy yo‘nalishda tashkil etilib, quyidagi bo‘limlarni qamrab oldi:
🔹 Reading (murakkab matnlarni tahlil qilish)
🔹 Listening (tinglab tushunish va xulosa chiqarish)
🔹Grammar (chuqurlashtirilgan grammatik bilimlar)
Vocabulary (so'z boyligi)

Ishtirokchilarga belgilangan vaqt davomida topshiriqlarni mustaqil bajarish imkoniyati yaratildi. Talabalar yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etib, o‘zlarining ingliz tilidagi kompetensiyalarini amalda ko‘rsatdilar.
Mazkur bosqich talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos bilimlarni shakllantirish hamda eng iqtidorli ishtirokchilarni aniqlashga xizmat qildi.
Umuman olganda, olimpiadaning 2-bosqichi yuqori saviyada, shaffof va adolatli tarzda o‘tkazildi. Talabalar tomonidan katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tili Amaliy fanlar II kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Young Scholars Club” barcha talabalar uchun tanlov e’lon qiladi.

22-aprel — Butunjahon Yer kuni munosabati bilan ekologik muammolar, ularning yechimlari va atrof-muhitni asrash mavzusida handmade va AI posterlar tanlovi o‘tkaziladi.
"Our Power, Our Planet" - 2026 yil Butunjahon yer kuni uchun umumiy mavzu.

📌 Muhim talab: Har bir poster uchun mavzuga mos slogan (shior) bo‘lishi shart.

📌 Kimlar uchun: Barcha talabalar
📌 Topshirish joyi: Ingliz tili Amaliy fanlar II kafedrasi, 105-xona (3-bino)

Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌍
3
“Aleksandr Faynbergning ijodini o'rganish” nomli tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun 2-ingliz fakulteti XTA2-2518 guruhi talabasi Xoliyorova Sohiba tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aleksandr Faynberg ijodini oʻrganish” nomli tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov Aleksandr Faynberg ijodini chuqurroq o‘rganish, uning she’riy merosini audiomatn orqali talqin etish maqsadida tashkil qilindi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar:

🥇 1-o‘rin — Mammatjanova Mashhura

🥈 2-o‘rin — Nuraddinova Oydin

🥉 3-o‘rin — Muxiddinova Ruxshona
Qolgan faol talabalar ham rag’batlantirildi!

Tanlov ishtirokchilariga ijodiy muvaffaqiyatlar, g‘oliblarga esa kelgusida yanada katta yutuqlar tilaymiz!
Adabiyot va ijodga bo‘lgan muhabbat bardavom bo‘lsin! 📚
2🔥1🤝1