Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.91K photos
512 videos
2 files
715 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, tanlovning ahamiyati haqida so‘zlab o‘tdi. U bunday tanlovlar talaba-qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularni yetakchilik ko‘nikmalari, nutq madaniyati va sog‘lom raqobat muhiti bilan ta’minlashda muhim ekanini ta’kidladi.

Tanlov davomida talaba-qizlar uchta asosiy shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi:
1. Sport musobaqalari – yugurish, sakrash va basketbol.
2. Kitobxonlik testi – oldindan belgilangan badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinash.
3. Osh pishirish musobaqasi – milliy taomimiz oshni tayyorlashda pazandalik va ijodiy yondashuvni namoyon etish.

Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli baholandi. Bugun esa barcha baholash natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

📜 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va mukofotlar:
Miss University – Xudayqulova Shaxzoda Anvar qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti)
Mukofot: stpendiyaning 5 baravari, koʻchma toj va Germaniya davlatida 1 yillik o‘qish uchun grand
Boshqa nominatsiya g‘oliblari (Miss Pazanda, Miss Go‘zallik, Miss Kitobxon, Miss Sportchi, Miss Nafosat, Miss Iqtidor, Miss Oqila, Miss Tabassum, Miss Ijodkor, Miss Kreativ, Miss Joziba, Miss Latofat)
Mukofot: stpendiyaning 3 baravari
Qolgan barcha ishtirokchilar
Mukofot: stpendiyaning 1 baravari

Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov diplom va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tanlov talaba-qizlarning bilim, iste’dod va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊 Ingliz tili ikkinchi fakulteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Intelektual loyihalar klubi tashabbusi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan "Sohibqiron merosi" deb nomlanuvchi tanlovimiz muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, tafakkuri va tarixga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Tanlovimiz qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi, eng faol qatnashchilar esa alohida e’tirof etildi.

G'oliblarimiz:

1-o'rin: O'zbegoyimlar jamoasi
2-o'rin: Thinkers union jamoasi
3-o'rin: Ufq jamoasi

Bunday tadbirlar yoshlarimizda tarixiy merosimizga hurmat, milliy g‘urur va bilimga intilishni yanada kuchaytiradi.
Barcha ishtirokchilarga rahmat!
G‘oliblarni tabriklaymiz🌟

Bizni kuzatib boring
📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥1👏1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿 😊 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti talaba-qizlari “Universitet malikasi” tanlovida yorqin natijalar qayd etdi

👑O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovida Ingliz tili 2-fakulteti talaba-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim, iste’dod va har tomonlama salohiyatini yuqori darajada namoyon etdilar.

📖 Tanlov davomida ishtirokchilar sport, kitobxonlik va pazandalik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, fakultetimiz talaba-qizlari quyidagi nominatsiyalarni qo‘lga kiritdilar:
➡️Yusupova Sevinch – Miss kitobxon
➡️Bahodirova Madina – Miss go‘zallik
➡️Hasanova Gavharoy – Miss sportchi nominatsiyalarini qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek, Mavlonova Saodat ham tanlovda faol ishtirok etib, o‘zining salohiyati va intiluvchanligi bilan alohida e’tibor qozondi.

Ushbu yutuqlar fakultetimiz talaba-qizlarining nafaqat bilimli, balki har tomonlama iqtidorli, faol va tashabbuskor ekanliklarini yana bir bor namoyon etdi.

Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi barcha ishtirokchi va g‘oliblarni samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaydi!

🌐 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 10-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi psixologi Z. Xayrullayeva hamda Ikkinchi ingliz fakulteti bo‘lim mutaxassisi O. Artikova hamkorligida 3-bosqich talabalari bilan psixoprofilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur psixoprofilaktik tadbir davomida talabalarning psixoemotsional holati, stressga chidamlilik , hamda ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasi o‘rganildi. Suhbat jarayonida ishtirokchilarning kommunikativ kompetensiyasi, emotsional intellekti va o‘z-o‘zini regulyatsiya qilish ko‘nikmalari tahlil qilindi.

Shuningdek, talabalarda uchrashi mumkin bo‘lgan situativ va shaxsiy tashvish, akademik stress hamda emotsional zo‘riqishning oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik tavsiyalar berildi. Interaktiv muloqot asosida olib borilgan suhbat davomida kognitiv-behavioral yondashuv elementlari qo‘llanilib, talabalarda ijobiy fikrlash va adaptiv xulq-atvor strategiyalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2