Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.9K photos
512 videos
2 files
715 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida🇺🇿 "Lider qizlar" klubi koordinatorlari D. Nasrullayeva va O. Mamayunusova hamda "Qizlarjon" klubi koordinatori D. Hoshimova tashabbusi bilan "Level up: Bahor mavsumi" doirasida "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klublari tomonidan "Vatan mavzusidagi she’rlar bo‘yicha bahri bayt tanlovi" tashkil etilmoqda.

📝Ushbu tanlov orqali talaba-yoshlar o‘zlarining she’riy iste’dodini namoyon etish, yod olgan she’rlarini ifodali tarzda bayon qilish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini namoyish etish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🗓 Sana: 10-aprel
Vaqt: 13:00
📍 Manzil: Ingliz tili ikkinchi fakulteti

Ishtirok etish istagidagi talabalar quyidagi manzil orqali murojaat qilishlari mumkin:
✔️ Telegram: @mad1na_28

Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz! 🌿📖

📲Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | Telegram
📱Instagram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Kelajak soati” doirasida Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2026-yil 8-aprel sanasida O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida “Kelajak soati” loyihasi doirasida Sohibqiron Amir Temur hayoti, davlat boshqaruvi va boy tarixiy merosiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 1-kurs talabalari Hamidova Shahnoza va Xudoyberdieva Mahliyo tomonidan Amir Temurning hayot yo‘li, uning harbiy san’ati, adolatli siyosati hamda bugungi yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbir talabalarda milliy tariximizga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga qiziqish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakultetida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 8-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Abdusamadov tashabbusi bilan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida FVV akademiyasi kursantlari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish usullari hamda xavfsizlik choralariga oid muhim tavsiyalar ishtirokchilarga tushuntirildi.

Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun, 2026-yil 9-aprel kuni Ingliz tili 2-fakultetida iqtidorli talaba Malika YoqubovaningSabo qizi” nomli she’riy to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda adabiyotga qiziqish bildirganlar ishtirokida tashkil etildi.

Taqdimot davomida Malika Yoqubovaning ijodiy faoliyati, uning she’riyatga kirib kelish yo‘li, ilhom manbalari hamda “Sabo qizi” to‘plamiga kiritilgan she'rlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. So‘zga chiqqan ustozlar va talabalar yosh ijodkorning she’rlarida samimiyat, teran fikr va o‘ziga xos badiiy uslub mujassam ekanini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, taqdimot jarayonida muallifning ayrim she’rlari o‘qib eshittirildi, bu esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan she’rlar yig‘ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi. Malika Yoqubovaning ijodi bugungi kunda talabalar va yosh blogerlar orasida tobora ommalashib borayotgani, uning asarlari yoshlar qalbidan joy olayotgani e’tirof etildi.

Mazkur adabiy uchrashuv yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini keng targ‘ib etish hamda talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Fakultet jamoasi Malika Yoqubovaga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, yangi-yangi yutuqlar va ijodiy parvoz tilaydi. Uning ijod yo‘li bundan buyon ham yanada porlab, o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallashiga ishonch bildiramiz.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2🔥1👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, tanlovning ahamiyati haqida so‘zlab o‘tdi. U bunday tanlovlar talaba-qizlarning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularni yetakchilik ko‘nikmalari, nutq madaniyati va sog‘lom raqobat muhiti bilan ta’minlashda muhim ekanini ta’kidladi.

Tanlov davomida talaba-qizlar uchta asosiy shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi:
1. Sport musobaqalari – yugurish, sakrash va basketbol.
2. Kitobxonlik testi – oldindan belgilangan badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinash.
3. Osh pishirish musobaqasi – milliy taomimiz oshni tayyorlashda pazandalik va ijodiy yondashuvni namoyon etish.

Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida adolatli baholandi. Bugun esa barcha baholash natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

📜 Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va mukofotlar:
Miss University – Xudayqulova Shaxzoda Anvar qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti)
Mukofot: stpendiyaning 5 baravari, koʻchma toj va Germaniya davlatida 1 yillik o‘qish uchun grand
Boshqa nominatsiya g‘oliblari (Miss Pazanda, Miss Go‘zallik, Miss Kitobxon, Miss Sportchi, Miss Nafosat, Miss Iqtidor, Miss Oqila, Miss Tabassum, Miss Ijodkor, Miss Kreativ, Miss Joziba, Miss Latofat)
Mukofot: stpendiyaning 3 baravari
Qolgan barcha ishtirokchilar
Mukofot: stpendiyaning 1 baravari

Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov diplom va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tanlov talaba-qizlarning bilim, iste’dod va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10