Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
Joriy yilning 8-aprel kuni 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetida 🇺🇿 "Lider qizlar" klubi koordinatori Dilfuza Nasrullayeva hamda "Qizlarjon" klubi koordinatori Dilso'z Hoshimova tashabbusi bilan "Level up: Bahor mavsumi" doirasida "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klublari a’zolari tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan Kahoot intelektual o‘yini o‘tkazildi.
📚 Tadbir davomida ishtirokchilarning Amir Temurning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvi, harbiy san’ati hamda jahon tarixidagi o‘rni haqidagi bilimlari qiziqarli savollar orqali sinovdan o‘tkazildi.
🏆 O‘yin yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin: Ovlayeva Diyora
🥈 2-o‘rin: Egamberdiyeva Sarvinoz
🥉 3-o‘rin: Xayrullayeva Madina
✅ Shuningdek, tadbirga talaba-qizlar koordinatori Hulkar Rafiqova tashrif buyurib, g‘oliblarni tantanali ravishda sertifikatlar bilan taqdirladi hamda ishtirokchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
✨ Tadbir ko‘tarinki ruhda, bilim va raqobat muhitida o‘tkazildi hamda barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
#kahoot
📲Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram | Telegram
🌐 Instagram | Instagram
#kahoot
📲Bizni kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1🎉1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakultet "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klubi
Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
📲Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1
“Kelajak soati” doirasida Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2026-yil 8-aprel sanasida O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida “Kelajak soati” loyihasi doirasida Sohibqiron Amir Temur hayoti, davlat boshqaruvi va boy tarixiy merosiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda 1-kurs talabalari Hamidova Shahnoza va Xudoyberdieva Mahliyo tomonidan Amir Temurning hayot yo‘li, uning harbiy san’ati, adolatli siyosati hamda bugungi yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir talabalarda milliy tariximizga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga qiziqish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!📱 Telegram.📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakultetida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 8-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Abdusamadov tashabbusi bilan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida FVV akademiyasi kursantlari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish usullari hamda xavfsizlik choralariga oid muhim tavsiyalar ishtirokchilarga tushuntirildi.
Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!📱 Telegram.📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏1
Bugun, 2026-yil 9-aprel kuni Ingliz tili 2-fakultetida iqtidorli talaba Malika Yoqubovaning “Sabo qizi” nomli she’riy to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda adabiyotga qiziqish bildirganlar ishtirokida tashkil etildi.
Taqdimot davomida Malika Yoqubovaning ijodiy faoliyati, uning she’riyatga kirib kelish yo‘li, ilhom manbalari hamda “Sabo qizi” to‘plamiga kiritilgan she'rlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. So‘zga chiqqan ustozlar va talabalar yosh ijodkorning she’rlarida samimiyat, teran fikr va o‘ziga xos badiiy uslub mujassam ekanini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, taqdimot jarayonida muallifning ayrim she’rlari o‘qib eshittirildi, bu esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan she’rlar yig‘ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi. Malika Yoqubovaning ijodi bugungi kunda talabalar va yosh blogerlar orasida tobora ommalashib borayotgani, uning asarlari yoshlar qalbidan joy olayotgani e’tirof etildi.
Mazkur adabiy uchrashuv yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini keng targ‘ib etish hamda talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Fakultet jamoasi Malika Yoqubovaga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, yangi-yangi yutuqlar va ijodiy parvoz tilaydi. Uning ijod yo‘li bundan buyon ham yanada porlab, o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallashiga ishonch bildiramiz.
😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!📱 Telegram.📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍2🔥1👏1