Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.88K photos
512 videos
2 files
713 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿ÒzDJTU 😊🇺🇿Ingliz tili 2-fakulteti Notiqlik va Debate klublarining navbatdagi mashg‘uloti

📝8.04.2026 sanada bòlib òtgan mashĝulot o‘ziga xos ruhda, yuqori motivatsiya va jonli muhitda bo‘lib o‘tdi. Talabalar dastlab ikki jamoaga — “Yutqazganlar” hamda “JumanazarAka” jamoalariga bo‘linib, turli interaktiv faoliyatlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
🖐Dars davomida qiziqarli o‘yinlar, musiqa tinglab matnni anglash, jamoaviy ishlash hamda xotira mashqlari tashkil etildi.
🖌 Eng muhim jihati esa — mashg‘ulot Amir Temur tavalludi munosabati bilan alohida ruhda olib borildi.
📎 “Kuch — adolatda!” shiori ostida talabalar o‘zlarini Amir Temur kabi buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tasavvur qilib, yangi davlat barpo etdilar. Har bir jamoa o‘z davlati uchun mudofaa tizimi, savdo-sotiq siyosati, tashqi va ichki munosabatlar strategiyasini ishlab chiqdi.
🎤 Jarayon qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lib, haqiqiy debat muhitini yuzaga keltirdi. Natijada jamoalar kuch jihatdan teng kelib, baholash ham adolatli tarzda teng yakunlandi.
🇺🇿 Kelgusida faol ishtirok etgan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
😀 Sohibqiron Amir Temur tavalludi bizga yana bir bor shuni eslatadi:
— Buyuklik tasodif emas, balki qat’iyat, aql va adolat mahsulidir. — Har bir yosh qalbda yetuk rahbar va kuchli shaxs yashaydi. — Kelajak egalari bugundan shakllanadi.

🚀 Biz bilan birga rivojlaning, fikrlang va yetakchilik sari dadil qadam tashlang!

⬇️Bizni kuzatib boring:
🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31🥰1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿 🇺🇿 😊 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti  Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili ikkinchi fakulteti kengashi tomonidan
8-aprel kuni zakovat Dekan kubogi sakkizinchi tur oʻyini tashkil qilindi.

Musobaqaning ushbu turi buyuk sohibqiron bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlandi.

🔖 Musobaqa davomida talabalar oʻz bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorligini namoyon etdilar. Qiziqarli savollar, kuchli raqobat va yuqori intellektual muhit oʻyinlarga alohida ruh bagʻishladi.

🏅Jamoalar reyting ballarini yigʻishda davom etmoqda
Sakkizinchi tur natijalariga koʻra ushbu jamoalar eng yuqori reyting ballarga ega boʻlib turibdi:
1) Turon 157
2) Sharqiy Qirollik 138
3) Antigrob 135

Bizni oldinda soʻnggi hal qiluvchi 9-tur oʻyinlari kutib turibdi.


🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1💘1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili 2-fakulteti 📚 “Book Club” jamoasi tomonidan

🗓Joriy yilning 7-aprel kuni talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish, mutolaa jarayoniga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida

🔖Birga kitob oʻqiymiz” loyihasining navbatdagi soni tashkil etildi.

📚 Ushbu loyiha doirasida E.M.Remarkning “Lissabondagi tun” asari yuzasidan mazmunli va qizgʻin muhokama boʻlib oʻtdi.

📌 Tadbir davomida ishtirokchilar oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashib, chinakam kitobxonlar bahsiga guvoh boʻlishdi.

🎓 Shuningdek, savol-javob jarayonlari ham oʻtkazilib, barcha qatnashchilar oʻz bilim va tafakkurlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsadga erishildi va tadbir barcha uchun foydali hamda mazmunli kechdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Telegram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1