Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.88K photos
512 videos
2 files
712 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida 7- aprel Jahon salomatlik
kuni bilan munosabati bilan davra suhbati va talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida tibbiyot hodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan fakultet talabalari uchun ma’ruza hamda davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat talabalar ongida sog‘lom hayotga bo‘lgan ongli munosabatni kuchaytirishga xizmat qildi. Shu bilqn bir qatorda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini qanday shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy salomatlikni saqlash borasida amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2026-yil 8-aprel kuni Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Xurmatoy Tojiboyeva va Aziza Raxmonqulova tomonidan olib borildi.

Mazkur mashg‘ulot “Environment” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida o‘quvchilar:

— "Environment" mavzusiga oid lugʻatlar oʻrganishdi;
— Mavzuga oid "warm up" mashg'ulotlar bajarishdi;
— "Must/ Mustn't" mavzusi bilan tanishishdi;
– mavzuga oid qiziqarli oʻyinlar oʻynashdi;

Oʻquvchilarga mavzu yuzasidan turli topshiriq va vazifalar berildi
🔥2
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿ÒzDJTU 😊🇺🇿Ingliz tili 2-fakulteti Notiqlik va Debate klublarining navbatdagi mashg‘uloti

📝8.04.2026 sanada bòlib òtgan mashĝulot o‘ziga xos ruhda, yuqori motivatsiya va jonli muhitda bo‘lib o‘tdi. Talabalar dastlab ikki jamoaga — “Yutqazganlar” hamda “JumanazarAka” jamoalariga bo‘linib, turli interaktiv faoliyatlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
🖐Dars davomida qiziqarli o‘yinlar, musiqa tinglab matnni anglash, jamoaviy ishlash hamda xotira mashqlari tashkil etildi.
🖌 Eng muhim jihati esa — mashg‘ulot Amir Temur tavalludi munosabati bilan alohida ruhda olib borildi.
📎 “Kuch — adolatda!” shiori ostida talabalar o‘zlarini Amir Temur kabi buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tasavvur qilib, yangi davlat barpo etdilar. Har bir jamoa o‘z davlati uchun mudofaa tizimi, savdo-sotiq siyosati, tashqi va ichki munosabatlar strategiyasini ishlab chiqdi.
🎤 Jarayon qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lib, haqiqiy debat muhitini yuzaga keltirdi. Natijada jamoalar kuch jihatdan teng kelib, baholash ham adolatli tarzda teng yakunlandi.
🇺🇿 Kelgusida faol ishtirok etgan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
😀 Sohibqiron Amir Temur tavalludi bizga yana bir bor shuni eslatadi:
— Buyuklik tasodif emas, balki qat’iyat, aql va adolat mahsulidir. — Har bir yosh qalbda yetuk rahbar va kuchli shaxs yashaydi. — Kelajak egalari bugundan shakllanadi.

🚀 Biz bilan birga rivojlaning, fikrlang va yetakchilik sari dadil qadam tashlang!

⬇️Bizni kuzatib boring:
🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31🥰1