Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.87K photos
512 videos
2 files
710 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
📢 DIQQAT, E’LON!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotla va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda startaplarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Seminar-treninglar grafigi:


📍 08-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili
3-fakulteti, Tarjimonlik fakulteti

📍 14-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti Rus filologiyasi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti

🔹 Barcha professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar seminar-treninglarda faol ishtirok etishga taklif etiladi.

#SeminarTrening #Innovatsiya #Startap #IlmiyFaoliyat
2026-yil 5-aprel kuni Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Jasmina Olimova va Farangiz Bozorova tomonidan olib borildi.

Mazkur mashg‘ulot "Daily routine” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida o‘quvchilar:

— Mazkur mavzuga oid lugʻatlar oʻrganishdi;
— "Warm up" mashg'ulotlar bajarishdi;
— Ingliz tilida kundalik erkin muloqot qilish qobiliyatlarini oshirishdi;
– mavzuga oid qiziqarli oʻyinlar oʻynashdi;

Oʻquvchilarga mavzu yuzasidan turli topshiriq va vazifalar berildi
1👍1
☀️Talabalar ijodi yarmarkasi☀️

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿“Lider qizlar” klubi koordinatori Dilfuza Nasrullayeva hamda "Qizlarjon" klubi koordinatori Dilso'z Hoshimova tashabbusi bilan Level up: Bahor mavsumi doirasida “Qizlarjon” va "Lider qizlar" klublari a’zolari tomonidan ijodiy yarmarka tashkil etilmoqda.

🗓 Sana: 14-aprel 2026
Vaqt: 11:00 – 16:00
📍 Joy: Fakultet hovlisi

🎨 Talabalar o‘z ijodiy mahsulotlarini namoyish etadi va sotadi.

🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

📨Ishtirok etish istagidagi talabalar murojaat uchun:
Telegram: @Erka_boyevnaS

🔥 Yangiliklardan xabardor bo‘lishni istaysizmi? Biz bilan bo‘ling va tadbirni qo‘ldan boy bermang!

📲Bizni kuzatib boring:
💬Telegram | Telegram
📱Instagram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida 🇺🇿"Lider qizlar" klubi koordinatori Dilfuza Nasrullayeva hamda "Qizlarjon" klubi koordinatori Dilso'z Hoshimova tashabbusi bilan “Level Up: Bahor mavsumi” doirasida "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klublari tomonidan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

📖 Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan.

📚 Tanlovdan oldin o‘qilishi lozim bo‘lgan asarlar:
— O‘tkir Hoshimov — “Ikki eshik orasi”
— O‘lmas Umarbekov — “Odam bo‘lish qiyin”
— O‘tkir Hoshimov — “Dunyoning ishlari”

📝 Tanlov shartlari:
— Og‘zaki savol-javob (asarlar yuzasidan)
— Test sinovi
— “Mening sevimli kitobim” mavzusida taqdimot

🗓 Sana: 18-aprel, 2026-yil
📍 Manzil: Ingliz tili ikkinchi fakulteti

📥 Ishtirok etish istagidagi talabalar murojaat uchun:
Telegram: @goyibnazarovaoqilaxon

🏆 Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi hamda maxsus sertifikatga ega bo'ladilar.

🔥Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌿📖

📱Bizni kuzatishda davom eting:
😎Telegram | Telegram
📱Instagram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👏1💘1
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida 🇺🇿"Lider qizlar" klubi koordinatorlari Dilfuza Nasrullayeva va Ozoda Mamayunusova hamda "Qizlarjon" klubi koordinatori Dilso'z Hoshimova tashabbusi bilan "Level up: Bahor mavsumi" doirasida "Qizlarjon" va "Lider qizlar" klublari a’zolari tomonidan “Universitetdagi bir kunim” mavzusida video tanlovi e’lon qilinadi!

🎥Ushbu tanlov orqali siz o‘z talabalik hayotingizning eng qiziqarli, esda qolarli va ilhomlantiruvchi lahzalarini video orqali namoyish etishingiz mumkin.

📌 Tanlov shartlari:
— Video mavzudan chetlashmagan holda tayyorlanishi kerak
— Video davomiyligi 1–2 daqiqa bo‘lishi lozim
— Kreativ va o‘ziga xos yondashuv yuqori baholanadi

🏆Eng yaxshi videolar saralanib, mualliflari sertifikatlar bilan taqdirlanadi hamda alohida e’tirof etiladi.

🗓 Muddat: 8-apreldan 15-aprelgacha

📥 Tayyor videolarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
Telegram: @sherzad0vna

✔️O‘z iste’dodingizni namoyon eting va eng kreativ ishtirokchilardan biriga aylaning! 🎬

📲Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | Telegram
📱Instagram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 Bu video faqatgina yuqori daromad topmoqchi bo'lganlar uchun!

WeTeach X UzSWLU 🚀
Yurtimizning eng nufuzli oliygohlaridan biri — UzSWLU bilan WeTeach hamkorlikni boshladi! 🔥


Bu nima uchun muhim?
Endilikda ustoz bo‘lishni istaganlar yoki allaqachon dars berayotganlar uchun imkoniyatlar yomg‘iri boshlanadi! 🌧


WeTeach — O‘zbekistonda ingliz tili ustozlarini:
🌍 xalqaro darajada tayyorlaydigan,
💼 ish bilan ta’minlaydigan,
📈 va doimiy rivojlanish yo‘lini ko‘rsatadigan birinchi va yagona agentlik!


Tez orada yangiliklar bilan qaytamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ismoil Isroilov | Work
Seminarga hoziroq ro'yhatdan o'ting

https://forms.gle/tfWc3vogvZFVwYFS8
Ilm yo‘lida yangi yutuq!

Ilm-fan sari dadil qadam tashlayotgan yoshlarimiz safida yana bir iqtidor egasi o‘z muvaffaqiyati bilan e’tirof etildi!

O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti 2501-guruh talabasi Zarifboyeva Shohista ilmiy maqolalar tanlovida faol ishtirok etib, o‘zining bilimga qiziqishi, izlanuvchanligi va ijodkorligi bilan ajralib turdi hamda munosib ravishda “Millat iftixori” medali bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuqqa erishishda tyutor Sodiqova Durdona Kosimovnaning yo‘l-yo‘riqlari va ko‘magi muhim ahamiyat kasb etdi.

Ushbu yutuq — ilmga intilish, izlanishdan to‘xtamaslik va o‘z ustida ishlashning naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etadi. Bu natija, shuningdek, yurtimiz yoshlarining ilmiy salohiyati tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Bunday muvaffaqiyatlar barcha yoshlar uchun ilhom va kuch bag‘ishlaydi!
312❤‍🔥3🥰1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿O'zDJTU 😊Ingliz tili 2-fakulteti 👍Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan "Sohibqiron merosi" deb nomlangan tanlovimizga taklif etamiz.

Quyidagi shartlardan iborat:

1-shart 💙 bamboozle(qiziqarli savol-javob)
2-shart💙Quvnoq xarita
3-shart💙Shaxmat va shashka



Jamoada ishtirokchilar soni: 5ta
📍O'tkazilish joyi: 2-ingliz binosi
🗓Sana: 9-aprel
🕰Vaqt: 15:00

Ro'yxatdan o'tish uchun : @A_laziza_o8

🌐Bizni kuzatib boring:
📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida 7- aprel Jahon salomatlik
kuni bilan munosabati bilan davra suhbati va talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida tibbiyot hodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan fakultet talabalari uchun ma’ruza hamda davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat talabalar ongida sog‘lom hayotga bo‘lgan ongli munosabatni kuchaytirishga xizmat qildi. Shu bilqn bir qatorda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini qanday shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy salomatlikni saqlash borasida amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1