Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.82K photos
507 videos
2 files
698 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Ingliz tili 2-fakulteti tyutori D. Burxonova boshchiligida 2522-guruh talabalari ishtirokida buyuk sarkarda va mohir davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Amir Temurning boy hayoti, uning dono davlat boshqaruvi, strategik fikrlashi hamda yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan yuksak fazilatlari haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etildi.

Buyuk ajdodlar – buyuk kelajak poydevori!
Ularning bebaho merosi bizni doimo ilhomlantirib, yangi marralar sari undaydi!

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling

📱Telegram. 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1🥰1👏1🤩1💘1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xalqaro bo‘lim xodimlari Ingliz tili ikkinchi fakultetiga tashrif buyurdi.

Bugun Xalqaro bo‘limi xodimlari Ingliz tili ikkinchi fakultetiga tashrif buyurib, fakultet professor-o‘qituvchilari uchun uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlik doirasidagi maqsadli ko‘rsatkichlar, ularning mazmun-mohiyati hamda ushbu ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladigan yangi tashabbuslar va kreativ yondashuvlar ham tushuntirildi.

Tadbir yakunida berilgan ma'lumotlar barcha professor-o‘qituvchilarga yetkazilib, kelgusidagi ish faoliyatida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili ikkinchi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Ingliz tili ikkinchi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, fakultetning maqsadli ko‘rsatkichlari, xalqaro va ilmiy faoliyatga oid masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida hozirgi kunga qadar maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, bu borada hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Jumladan, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etishi, xalqaro konferensiyalarda ishtiroki, xorijiy hamkorlikni kengaytirish hamda grant loyihalarida faol qatnashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarining sifatli tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va samarali o‘tilishi, talabalarning darslarda faolligi va davomati, professor-o‘qituvchilarning darslarda muntazam ishtirok etishi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, o‘quv jarayoniga oid barcha ma’lumotlarni Hemisphere elektron platformasi orqali o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritib borish, baholash natijalarini tizimga joylashtirish hamda elektron ta’lim tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘nggida ilmiy darajaga ega bo‘lgan hamda ilmiy unvonni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar fakultet jamoasi oldida munosib taqdirlanib, ularning mehnatlari e’tirof etildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi

📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!

📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.

📚 Barchasi juda oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.

📚Test savollari "1000KITOB" loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Batafsil — WikiKitob II

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📢 DIQQAT, E’LON!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotla va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda startaplarni moliyalashtirish hamda rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Seminar-treninglar grafigi:


📍 08-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili
3-fakulteti, Tarjimonlik fakulteti

📍 14-aprel 2026-yil, soat 11:00
Manzil: O‘zDJTU asosiy bino, 2-qavat, faollar zali
Ishtirokchilar: Ingliz filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti Rus filologiyasi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti

🔹 Barcha professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar seminar-treninglarda faol ishtirok etishga taklif etiladi.

#SeminarTrening #Innovatsiya #Startap #IlmiyFaoliyat
2026-yil 5-aprel kuni Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Jasmina Olimova va Farangiz Bozorova tomonidan olib borildi.

Mazkur mashg‘ulot "Daily routine” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida o‘quvchilar:

— Mazkur mavzuga oid lugʻatlar oʻrganishdi;
— "Warm up" mashg'ulotlar bajarishdi;
— Ingliz tilida kundalik erkin muloqot qilish qobiliyatlarini oshirishdi;
– mavzuga oid qiziqarli oʻyinlar oʻynashdi;

Oʻquvchilarga mavzu yuzasidan turli topshiriq va vazifalar berildi
1👍1