Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Registrator ofisi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarka yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov ochib berib, bunday yarmarkalar talabalarning kelajak kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shuningdek, Uchtepa tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azizbek Azimov so‘zga chiqib, tadbirning ahamiyati, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni amaliy faoliyatga jalb etishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Yarmarkada 50 dan ortiq xususiy va davlat tashkilotlari, jumladan yirik brendlar va turli korxona-muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Unda universitetning bitiruvchi talabalari faol qatnashib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlariga mos ish o‘rinlarini topish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, foydali tavsiyalar oldilar hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Yarmarka talabalarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajak rejalari ustida jiddiy o‘ylashiga turtki bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Edu.uz
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi
📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!
📚 "WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.
📚 Barchasi juda oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.
📚 Test savollari "1000KITOB" loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!
Batafsil — WikiKitob II
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Batafsil — WikiKitob II
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
♟ ELITE DRAUGHTS CLUB ga taklif qilamiz!
Siz mantiqiy o‘yinlarni yoqtirasizmi? Strategiya tuzishni, raqibni yengishni xohlaysizmi?
📌 Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!
🇺🇿 🇺🇿 😊 OʻzDJTU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz 2-fakultetida yangi “Elite Draughts Club” (Shashka to‘garagi) ochildi!
Bu yerda siz:
✨ Shashka o‘yinini professional darajada o‘rganasiz
✨ Yangi do‘stlar topasiz
✨ Turnir va musobaqalarda qatnashasiz
✨ Mantiqiy fikrlash va strategiyangizni rivojlantirasiz
📍 Joylashuv: 2-ingliz fakulteti
🔥 O‘z qobiliyatingizni sinab ko‘ring va g‘oliblar safidan joy oling!
✉️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @maxsetovnaa_1
Elite Draughts Club — bu shunchaki o‘yin emas, bu strategiya va g‘alaba yo‘li!
https://t.me/draughters
✅ Bizni kuzatib boring:
✅ Telegram ✅ Instagram
Siz mantiqiy o‘yinlarni yoqtirasizmi? Strategiya tuzishni, raqibni yengishni xohlaysizmi?
Bu yerda siz:
Elite Draughts Club — bu shunchaki o‘yin emas, bu strategiya va g‘alaba yo‘li!
https://t.me/draughters
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3❤1🥰1💘1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Speaking Club jamoasi
💬 Speaking Club yana o‘ziga xos kayfiyatda o‘tdi! Bu safargi uchrashuv oddiy dars emas, balki haqiqiy inglizcha muhitga aylanishi bilan ajralib turdi. Ishtirokchilar qiziqarli savollar, noodatiy mavzular va erkin suhbatlar orqali o‘zlarini sinab ko‘rishdi.
🏅 Eng quvonarlisi — 1 oy davomida speaking club’da faol qatnashgan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi!
🔥 Oldinda bundan ham qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda!
Faol bo‘ling, biz bilan qoling 😉
Bizni kuzatib boring:
🔗 https://t.me/oopspeaking�
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
uchun maxsus!
- Davomiy mutolaa bilan shug’ullanasizmi?
- Asarlar muhokamasiga qiziqasizmi?
- Kitobxonlar davrasida bo’lishni istaysizmi?
Bu yerda biz nafaqat kitob o’qiymiz, balki:
- yozuvchini his qilamiz;
- qahramonlarga aylanamiz;
- fikr almashamiz;
- ba’zan bahslashamiz ham😉.
Murojaat uchun:
@Tulipkhan
O’zingiz keling. Qolganini birga yaratamiz.
- Mutolaa Club
“Turn pages into voices”📚✨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3💘1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
⚜️“Sohibqiron” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin (3 nafar) – Aqlli ko‘zoynak;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Led stol lampasi;
🥉3-o‘rin (3 nafar) – Airpods Pro 2.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Ingliz tili 2-fakulteti tyutori D. Burxonova boshchiligida 2522-guruh talabalari ishtirokida buyuk sarkarda va mohir davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan mazmunli tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Amir Temurning boy hayoti, uning dono davlat boshqaruvi, strategik fikrlashi hamda yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan yuksak fazilatlari haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etildi.
Buyuk ajdodlar – buyuk kelajak poydevori!
Ularning bebaho merosi bizni doimo ilhomlantirib, yangi marralar sari undaydi!
😊 Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling📱 Telegram.📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1🥰1👏1🤩1💘1
Xalqaro bo‘lim xodimlari Ingliz tili ikkinchi fakultetiga tashrif buyurdi.
Bugun Xalqaro bo‘limi xodimlari Ingliz tili ikkinchi fakultetiga tashrif buyurib, fakultet professor-o‘qituvchilari uchun uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlik doirasidagi maqsadli ko‘rsatkichlar, ularning mazmun-mohiyati hamda ushbu ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladigan yangi tashabbuslar va kreativ yondashuvlar ham tushuntirildi.
Tadbir yakunida berilgan ma'lumotlar barcha professor-o‘qituvchilarga yetkazilib, kelgusidagi ish faoliyatida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Ingliz tili ikkinchi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
Ingliz tili ikkinchi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, fakultetning maqsadli ko‘rsatkichlari, xalqaro va ilmiy faoliyatga oid masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida hozirgi kunga qadar maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, bu borada hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Jumladan, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etishi, xalqaro konferensiyalarda ishtiroki, xorijiy hamkorlikni kengaytirish hamda grant loyihalarida faol qatnashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quv jarayonlarining sifatli tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va samarali o‘tilishi, talabalarning darslarda faolligi va davomati, professor-o‘qituvchilarning darslarda muntazam ishtirok etishi masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, o‘quv jarayoniga oid barcha ma’lumotlarni Hemisphere elektron platformasi orqali o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritib borish, baholash natijalarini tizimga joylashtirish hamda elektron ta’lim tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘nggida ilmiy darajaga ega bo‘lgan hamda ilmiy unvonni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar fakultet jamoasi oldida munosib taqdirlanib, ularning mehnatlari e’tirof etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2