Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.88K photos
512 videos
2 files
712 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 4-aprel sanasida ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bòlimi mutaxassisi O.Artikova tashabbusi bilan Universitetimizning iqtidorli talabalaridan biri, Xorijiy til va adabiyoti 2-fakultetining 3-bosqich talabasi, “Hokim stipendiyasi” sohibi,
Ogahiy nomidagi stipendiya sohibi, 50 dan ortiq maqolalar va 5 ta kitob muallifi, “UNIKOM Scholar” almashinuv dasturi ishtirokchisi, JACAFA va EYUF grantlari yarim finalchisi va O‘zbekistonning “TOP 100” talabasi ro’yxatidan joy olgan Ziyoda Saparbayeva bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

Davra suhbatida 1 bosqich talabalariga  nomdor stipendiyalar, maqolalar yozish tartibi haqida foydali ma'lumotlar berildi.


😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Ismoil Isroilov | Work
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Student today. $2000+/month teacher by next year.

WeTeach experts are breaking down exactly how during the seminar — live, at UzSWLU, on April 11.

If you're serious about building a teaching career worth having, this is your chance!

📍 UzSWLU | April 11 | 15:00
🔒 40 seats only - filling fast.

👇 Register now:

https://forms.gle/tfWc3vogvZFVwYFS8
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili ikkinchi fakultetida ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida Uchtepa tumani IIO FMB JQB t/v leytenant Sh.Sh. Nurahmadovlar tashrif buyurib, talabalar bilan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, internetdan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga qonunlarga hurmat bilan qarash, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar. Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlar uchun foydali tavsiyalar berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlarning asosiy maqsadi – yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli salbiy holatlardan asrash hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Tadbir yakunida talabalar bunday uchrashuvlar ularning bilim va dunyoqarashini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalari “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da faol ishtirok etdi.

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Registrator ofisi tomonidan tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da Ingliz tili ikkinchi fakultetining bitiruvchi talabalari ham faol qatnashdi.

Jumladan, 4-kurs talabasi Shaxnoza Sirojiddinovna ham yarmarkada ishtirok etib, turli tashkilotlar vakillari bilan suhbatlashdi hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mavjud ish imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Mazkur yarmarka talabalar uchun ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, amaliy tajriba orttirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatini belgilab olishda muhim imkoniyat bo‘ldi.
Bunday tadbirlar yoshlari
ng bandligini ta’minlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash hamda malakali kadr sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦

O‘ZDJTUDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Registrator ofisi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur yarmarka yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov ochib berib, bunday yarmarkalar talabalarning kelajak kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shuningdek, Uchtepa tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azizbek Azimov so‘zga chiqib, tadbirning ahamiyati, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni amaliy faoliyatga jalb etishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

Yarmarkada 50 dan ortiq xususiy va davlat tashkilotlari, jumladan yirik brendlar va turli korxona-muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Unda universitetning bitiruvchi talabalari faol qatnashib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlariga mos ish o‘rinlarini topish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, foydali tavsiyalar oldilar hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Yarmarka talabalarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ish bozoridagi talablarni tushunish va kelajak rejalari ustida jiddiy o‘ylashiga turtki bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1