Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.87K photos
512 videos
2 files
710 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

🎓Hurmatli aziz talabalar!

⚡️Sizlarni buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan intellektual Kahoot o‘yiniga taklif etamiz.

Mazkur tadbir 🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili Ikkinchi fakulteti 🇺🇿“Lider qizlar” klubi koordinatori Dilfuza Nasrullayeva hamda "Qizlarjon" klubi koordinatori Dilso'z Hoshimova tashabbusi bilan Level up: Bahor mavsumi doirasida “Qizlarjon” klubi a’zolari tomonidan tashkil etilmoqda.

📚 Tadbir davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati hamda jahon tarixidagi o‘rni haqida qiziqarli savollar orqali bilimlaringiz sinovdan o‘tkaziladi.

🏆 Eng faol ishtirokchilar orasidan 3 nafar g‘olib aniqlanib, ular maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

🗓Sana: 8-aprel
Vaqt: 12:30
📍Joy: Ingliz tili ikkinchi fakulteti
📞Murojaat uchun: @ravwan0va

🏹Barchangizni ushbu intellektual o‘yinda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📲Bizni kuzatib boring:
✈️Telegram | 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2❤‍🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

Joriy yilning 3-aprel sanasida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori M.Xudayberdiyeva hamda 2531-guruh talabalari bilan Islom Sivilizatsiyasi Markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar har bir davr yaʼni eng qadimgi odamlarning turmush tarzi, islomgacha boʻlgan davr, birinchi renessans, ikkinchi renessans hamda ulugʻ ajdodlarimiz haqida yetarli fikrlarga ega boʻlishdi.

Bunday tashriflardan koʻzlangan maqsad: yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrgatishdan iborat.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5💘2❤‍🔥1🔥1🥰1👏1🤩1
E’LON

Ingliz tili amaliy fanlar II kafedrasi qoshidagi Yosh olimlar to‘garagi navbatdagi davra suhbatiga barcha talabalarni taklif etadi.

🗓 Sana: 7-aprel
Vaqt: 13:30
📍 Joy: Ingliz tili II fakulteti, 105-xona

🎯Mavzu: Social Issues: Stereotypes

Barcha qiziquvchi talabalar ishtirok etishlari mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 4-aprel sanasida ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bòlimi mutaxassisi O.Artikova tashabbusi bilan Universitetimizning iqtidorli talabalaridan biri, Xorijiy til va adabiyoti 2-fakultetining 3-bosqich talabasi, “Hokim stipendiyasi” sohibi,
Ogahiy nomidagi stipendiya sohibi, 50 dan ortiq maqolalar va 5 ta kitob muallifi, “UNIKOM Scholar” almashinuv dasturi ishtirokchisi, JACAFA va EYUF grantlari yarim finalchisi va O‘zbekistonning “TOP 100” talabasi ro’yxatidan joy olgan Ziyoda Saparbayeva bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

Davra suhbatida 1 bosqich talabalariga  nomdor stipendiyalar, maqolalar yozish tartibi haqida foydali ma'lumotlar berildi.


😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Ismoil Isroilov | Work
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Student today. $2000+/month teacher by next year.

WeTeach experts are breaking down exactly how during the seminar — live, at UzSWLU, on April 11.

If you're serious about building a teaching career worth having, this is your chance!

📍 UzSWLU | April 11 | 15:00
🔒 40 seats only - filling fast.

👇 Register now:

https://forms.gle/tfWc3vogvZFVwYFS8
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili ikkinchi fakultetida ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida Uchtepa tumani IIO FMB JQB t/v leytenant Sh.Sh. Nurahmadovlar tashrif buyurib, talabalar bilan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, internetdan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga qonunlarga hurmat bilan qarash, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar. Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlar uchun foydali tavsiyalar berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlarning asosiy maqsadi – yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli salbiy holatlardan asrash hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Tadbir yakunida talabalar bunday uchrashuvlar ularning bilim va dunyoqarashini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1