Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.31K subscribers
5.91K photos
512 videos
2 files
715 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🗓 Joriy yilning 2-aprel sanasida Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori D. Burxonova, Ijtimoiy-psilogik muhit bilan ishlash bo'limi mutaxasisi O.Artikova hamda fakultet ARM xodimi D. Sirojova hamkorligida 2524-guruh talabalari ishtirokida “Binafsha shu’lasi” asari tahliliga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar “Binafsha shu’lasi” asarining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda asarning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Asar yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar tashkil etilib, talabalarning tahliliy fikrlash ko‘nikmalari yanada rivojlantirildi.

🌟 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga undash hamda yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 2-aprel kuni, OʻzDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti huzuridagi Ingliz tilini oʻqitish metodikasi №2 kafedrasiga biriktirilgan tayanch doktorantlar Abdug’affarova Arofat va Israilova Dilxumor, shuningdek, kafedraning katta o‘qituvchisi Raxmatova Nargiza tomonidan “Ilmiy maqola yozish sirlari va maqola yozishdagi xatoliklar mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

📌 Seminar davomida talabalar quyidagi savollarga javob olishdi:

🔹 Ilmiy maqolalar yozishdagi asosiy e’tibor beriladigan jihatlar qaysilar?
🔹Maqola yozishda asosiy va umumiy xatoliklar qaysilar?
🔹Jurnallarga va konferensiyalarga maqola yozishda nimalarga e’tibor berish kerak?

📚Talabalar seminar mashg‘ulot davomida ushbu mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱 Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🎓 Prezident va davlat stipendiyalarini yutish sirlari

4-aprel kuni soat 11:00 da Yoshlar markazida talabalar uchun muhim taqdimot bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv davomida Prezident va nomli davlat stipendiyalariga hujjat tayyorlash jarayoni, saralash bosqichlari hamda g‘olib bo‘lish strategiyalari haqida amaliy tavsiyalar beriladi.

🎤 Spiker: Mustafoyev Eldor Ilxom o‘g‘li
— “Beruniy” davlat stipendianti
— “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi
— “Yil talabasi–2021” tanlovi g'olibi

📍 Tadbir tili: O‘zbek
Ro’yxatdan o’tish: @ziyoforumbot

Stipendiya va grantlarni yutishni istagan yoshlar uchun foydali uchrashuv!

_________________

🎓 Секреты получения Президентской и государственных стипендий

4 апрель в 11:00 в Молодёжном центре состоится важная презентация для студентов.

В ходе встречи будут даны практические рекомендации о процессе подготовки документов на Президентскую и именные государственные стипендии, этапах отбора, а также стратегиях для достижения победы.

🎤 Спикер: Мустафоев Элдор Илхом угли
— обладатель государственной стипендии «Беруни»
— обладатель нагрудного знака «Лидер инновационных идей»
— победитель конкурса «Студент года – 2021»

📍 Язык мероприятия: узбекский
Регистрация: @ziyoforumbot

Полезная встреча для молодых людей, которые хотят выиграть стипендии и гранты!

📷Instagram | 😁 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿 🇺🇿 😊 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti qoshidagi 📚 "Book Club" jamoasi hamda Ingliz tili 2-fakulteti tomonidan 📚 "BIRGA KITOB ÓQIYMIZ" loyihasining navbatdagi muhokamasi tashkil etiladi.


☕️ Loyihaning bu safargi muhokama asari sifatida Remarkning "Lissabondagi tun" asari tanlandi
🎓 Loyihamizda siz kitobxonlar jamoasi aʼzolari bilan berilgan asar yuzasidan muhokama, savol-javoblar qilishingiz mumkin va bu orqali kitobdan olgan bilimlaringizni sinovdan o‘tkazasiz.

😀 Shuningdek, siz qiziqarli mashg'ulotlar va o'yinlarda ham ishtirok etishingiz mumkin.

🖐 Yorqin lahzalarga boy bo'lgan loyihani o'tkazib yuborishni istamasangiz, albatta, loyihamizda faol ishtirok eting.

🗓 Sana: 7-aprel (seshanba)
Vaqt: 13:30
📍Joy: OʻzDJTU (Axborot-resurs markazi 2-qavat)


Safimizga qoʻshiling:
BOOK CLUB
YOSHLAR ITTIFOQI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠🧠🧠🧠

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti  Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili ikkinchi fakulteti kengashi tomonidan
3-aprel kuni zakovat Dekan kubogi yettinchi tur oʻyini tashkil qilindi.

🧠 Musobaqa davomida talabalar oʻz bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorligini namoyon etdilar. Qiziqarli savollar, kuchli raqobat va yuqori intellektual muhit oʻyinlarga alohida ruh bagʻishladi.

🏅Jamoalar reyting ballarini yigʻishda davom etmoqda
Yettinchi tur natijalariga koʻra ushbu jamoalar eng yuqori reyting ballarga ega boʻlib turibdi:
1️⃣Turon 138
2️⃣ Antigrob 118 ( qoʻshimcha koʻrsatkich hisobiga )
3️⃣ Sharqiy Qirollik 118


😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥11🔥1💘1