Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
1.3K subscribers
6.08K photos
523 videos
2 files
752 links
🇺🇿 O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ingliz tili 2-fakultetining rasmiy kanali.

Savol va takliflar uchun:
🔹Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi
🔷️Fakultet Matbuot kotibi
@Xoshimxonova0402
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 17-mart kuni 😊“Ingliz tili nazariy aspektlari 2” kafedrasi o‘qituvchisi Meyliyeva Sh. tomonidan “Ilmiy rahbar xulosasini rasmiylashtirish talablari” mavzusida ilmiy to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotdan ko‘zlangan
asosiy maqsad talabalarga ilmiy ishlar jarayonida ilmiy rahbar xulosasini to‘g‘ri va talab darajasida rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi tomonidan ilmiy rahbar xulosasining mazmuni, tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalari batafsil tushuntirib berildi. Xususan, xulosada talabaning ilmiy ishining dolzarbligi, maqsad va vazifalarining aniqligi, tadqiqot metodlarining to‘g‘ri tanlanganligi, olingan natijalarning ilmiy ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari aks ettirilishi zarurligi ta’kidlandi.


Shuningdek, xulosa yozishda ilmiy uslubga rioya qilish, aniq va lo‘nda fikr bayon etish, ortiqcha takror va umumiy gaplardan qochish kerakligi haqida ham tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot jarayonida talabalar bilan interfaol usullar asosida ishlanib, ularga namunaviy ilmiy rahbar xulosalari taqdim etildi hamda ular tahlil qilindi. Talabalar o‘zlari tayyorlayotgan ilmiy ishlar asosida xulosa yozish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. O‘qituvchi tomonidan ularning ishlari muhokama qilinib, zarur tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi.


Mashg‘ulot yakunida talabalar ilmiy rahbar xulosasini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklari qayd etildi. To‘garak mashg‘uloti yuqori saviyada va samarali tarzda tashkil etildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutorlari O. Artikova va F. Normatova tashabbusi bilan Toshkent Davlat Tibbiyot universiteti davolash ishlari bo’yicha prorektor, t.f.d, professor M. Sh.Karimov boshchiligida professor, t.f.d A.A.Eshmurzayeva, Dotsent, t.f.d F. N. Shukurova va assistent K.Sh. Normatova tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida professor, t.f.d tomonidan “Yurak qon-tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida fakultet talabalari uchun ma’ruza hamda davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbat talabalar ongida sog‘lom hayotga bo‘lgan ongli munosabatni kuchaytirishga xizmat qildi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat yurak qon-tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish va xavf-xatarlar haqida batafsil ma’lumot oldi, balki sog‘lom turmush tarzini qanday shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy salomatlikni saqlash borasida amaliy tavsiyalar bilan tanishishdi

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📢 Ingliz tili ikkinchi fakultetida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi!

😊Ingliz tili ikkinchi fakulteti bitiruvchi talabalari ishtirokida amaliyot va kelajakdagi ish faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet rahbariyati, Talabalar amaliyoti bo‘limi hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bank hodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalarga amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish, amaliyot o‘tash tartibi hamda kelajakda ish faoliyatini boshlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ofis registrator hodimlari tomonidan talabalar amaliyotini tashkil etish uchun kerakli shartnomalar tarqatildi va ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich ham qatnashib, talabalarga o‘zining qimmatli maslahatlarini berdi hamda ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur uchrashuv bitiruvchi talabalar uchun amaliy tajriba orttirish va o‘z kasbiy faoliyatini boshlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU fakultetlarida ijtimoiy-psixologik muhit uchun mas’ullar belgilandi

Universitetda ijtimoiy-psixologik barqaror muhitni ta’minlash va talaba-yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish maqsadida fakultetlar kesimida mas’ul xodimlar tayinlandi.

Mas’ullar ro‘yxati:
1. Artikova Oydin Eshquvatovna – Ingliz tili 2-fakulteti
2. Israilova Nazokat Sabirjanovna – Ingliz tili 3-fakulteti
3. Xatamova Xolida Taxirbayevna – Tarjimonlik fakulteti
4. Abdurahmonova Munisa Navzod qizi – Roman-german filologiyasi fakulteti
5. Abdullaeva Matluba Abdullaevna – Xalqaro jurnalistika fakulteti
6. Yuldasheva Madina Ravshan qizi – Rus filologiyasi fakulteti
7. Yuldosheva Maftuna Rayimovna – Sharq filologiyasi fakulteti
8. Matyakubova Dinora Anvarovna – Ingliz tili 1-fakulteti
9. O’roqboyeva Nigora Alisherovna – Ingliz filologiyasi fakulteti

Mazkur tayinlovlar universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam hisoblanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4