SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.82K subscribers
22K photos
1.59K videos
33 files
2.27K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlik doirasida yana bir muhim tashrif!

SamDVMCHBUga xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Shihezi universiteti delegatsiyasiyasi tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida:


Prof. Zhang Hui – Hayvonshunoslik va texnologiyalar fakulteti dekani;
Prof. Wurelihazi Kazihan – Hayvon genetikasi, naslchilik va reproduktsiya professori;
Assoc. Prof. Wang Zhen – Profilaktik veterinariya meditsinasi dotsenti;
Prof. Qi Yayin – Profilaktik veterinariya meditsinasi professori;
Prof. Sun Xinwen – Hayvonlar ovqatlanishi va yem texnologiyalari professori;
Prof. Liu Liangbo – Profilaktik veterinariya meditsinasi professori.


Uchrashuv davomida ikki tomonlama akademik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar olib borish, talabalar almashinuvi va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 
🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Stop_korrupsiya

Yakuniy nazorat imtihonlar vaqtida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbir

Agrotexnologiya fakulteti dekani E.Berdimuratov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i F.Turayev, Talabalar orasida ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga mas’ul rektor maslahatchisi Z.Shodmonov hamda professor-oʻqituvchilar Agronomiya va O‘simlikshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan huquqiy savodxonlikni oshirish. 2024-2025 o‘quv yili bahorgi semestri uchun rejalashtirilgan fanlardan yakuniy baholashlarni o‘tkazish vaqtida shaffoflikni ta’minlash maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishdi.


Targ‘ibot tadbirida xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan, eng yomon illatlardan biri ekanligi va korrupsiyaga qarshi birgalikda, qatʼiyat bilan kurashish taraqqiyotimizning muhim omillaridan biri ekanligini taʼkidlandi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#TAVALLUD_MUBORAK

🌺 Bugun Biotexnologiya fakulteti "Veterinariya farmasevtikasi' kafedrasi lobaranti Humoyun Rahmatullayevning tavallud kuni.

💐Hurmatli Humoyun Rahmatullayev , Sizga fakultet va universitet jamoasi nomidan mustahkam sogʻlik, quvonchlarga toʻla uzoq va farovon umr, kasb-faoliyatingizga muvaffaqiyat hamda fakultet va universitet ravnaqi yoʻlida amalga oshirayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!!!

🌺YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
💥DIQQAT E'LON!!!

📌Joriy yilning 12-may kuni soat 15-30 da universitet 6-bino 5-qavatda bo'lib o'tadigan "Ranglar sehriʼʼ toʻgʻaragining navbatdagi mashgʻulotimizga tasviriy sanʼatga qiziqqan iqtidorli yoshlarni taklif etamiz!

☎️Agar sizda ham o'z qobiliyatingiz va iste'dodingizni namoyish qilish istagi bo'lsa quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling:
+998887393322

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Milliy_sertifikat

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti Biotexnologiya fakulteti 2-bosqich talabalari N.Tolmasova, D.Mamaniyozova va O.Sunnatovalar Turk tili bo'yicha B1 va B2 sertifikatlariga ega bo'lishdi.

💐Talaba qizlarni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga omad tilaymiz💐

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Universitet_faxri

Biotexnologiya fakulteti talabasi “VATAN IFTIXORI” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi!

🎗Joriy yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi, Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlov bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tanlovda Biotexnologiya fakulteti dekani dotsent A.A. Nurniyozov rahbarligida 103-guruh talabasi Shoiraboni Niyozqulova ilmiy-amaliy ishi bilan ishtirok etdi va muvaffaqiyatli natija qayd etdi!

💥Ilmiy izlanishlari va ijodiy yondashuvi evaziga Shoirabonu Niyozqulova “VATAN IFTIXORI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎗Uning ilmiy rahbari dotsent A.A.Nurniyozov esa “BEST PUBLICATION”ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Aprobatsiya

Ilmiy tadqiqot ishining aprobatsiyasi


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha Mustaqil tadqiqotchi Bozorov Jamshid Arabovichning “Broyler jo‘jalarni vitamin-mineralli qo‘shimchalardan foydalanib oziqlantirish natijasida kuzatiladigan kilinik-fiziologik va gematologik o‘zgarishlarni o‘rganish” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (PhD) ishining MЕGA loyiha doirasida bajarilgan ilmiy ishining aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Aprobatsiya ishida mamlakatmizning Broyler jo‘jalarni vitamin-mineralli qo‘shimchalardan foydalanib ularda kilinik-fiziologik va gematologik o‘zgarishlar qiyosiy tasiri o‘rganildi va tahlil qilinib, aprobatsiya komissiyasi a'zolarining tegishli xulosalari berildi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami