Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
713 subscribers
20.6K photos
1.54K videos
31 files
2.14K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamkorlik memorandumi imzolandi

Nurobod innovatsion tumani hokimligi hamda SamDVMCHBU o‘rtasida professor o‘qituvchilarining tijoratlashtirishga tayyor ilmiy ishlanmalari, ilmiy-amaliy hamda startap loyihalarini innovatsion tumanga joriy qilish hamda innovatsion tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish maqsadida universitet olimlari, doktorantlari va ilmiy izlanuvchilari tuman "Ilmiy poligon" sifatida foydalanish masalalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida hamkorlik memorandumi imzolandi

Shuningdek, "Inkubatsiya markazlari" faoliyatini jonlantirish, "InnoX" biznes-akseleratsiya dasturlari orqali yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini "G‘oyadan mahsulotgacha" tamoyili asosida tayyorlash, "Bo‘lajak olim" tanlovi orqali loyihalarni moliyalashtirishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish maqsadida Universitet va Samarqand Yoshlar texnoparki o‘rtasida memorandum imzolandi.


🏛@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#карера_куни

Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетида “Ветеринария ва чорвачилик соҳаларида кадрлар тайёрлаш сифатини оширишнинг устувор вазифалари” мавзусида республика ўқув семинари ҳамда университет битирувчиларининг иш билан бандлигини таъминлаш мақсадида “Карера куни” ўтказилди.

🏛@SDVUM_olami
#Stop_korrupsiya

SamDVMCHBU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish hammamizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.To‘rayev ta’lim jarayoni va jamiyat hayotidagi boshqa sohalarda korrupsion holatlarga guvoh bo‘lganda yoki ushbu holatlarga bevosita duch kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi to‘g‘risida tushuncha berdi.

Shuningdek, suhbat davomida rektor maslahatchisi Z.Shodmonov davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, Universitetimizni Korrupsiyadan holi muassasaga aylantirishda fidoiy professor o‘qtuvchilardan tortib talaba yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish borasida fikrlar bildirdi.


🏛@SDVUM_olami
#In_vitro

SamDVMCHBUda IN VITRO ilmiy-amaliy laboratoriyasi ochilish marosimi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida o‘tkazilgan “Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida IV-respublika o‘quv-uslubiy seminari hamda 2024/2025-o‘quv yilida Universitet bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “Karyera kuni”da Biotexnologiya fakulteti Biotexnologiya kafedrasi qoshida tashkil etilgan IN VITRO ilmiy-amaliy laboratoriyasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉
BATAFSIL

🏛@SDVUM_olami