Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
717 subscribers
20.3K photos
1.51K videos
27 files
2.11K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Tyutor_faoliyati
#ijara_xonadoni

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti tyutori S.Sherboyeva hamda 106-guruh sardori A.Zokirov talabalarning yashash sharoitlarini o'rganish maqsadida ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar oldi.

Ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib, xonadondagi elektr jixozlari xavfsizligi, oshxona hamda boshqa maishiy xonalarning talab darajasiga muvofiqligini o'rgandi.

Shuningdek, elektr energiyasi orqali ishlaydigan maishiy texnikalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo'yicha tavsiyalar berdi.

🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Bugun, 27-aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☁️ +33°...+20°, Bulutli

Hozir: ☁️ +20°, ↖️ 6.2 m/s

Tong: ☁️ +25°
Kun: ☁️ +32°
Oqshom: ☁️ +30°
Namlik: 15%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 4.9 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:37
Quyosh botishi: 19:21

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi

🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Agrotexnolog_tavsiyasi

QISHLOQ XO'JALIGI - O'ZBEKISTON IQTISODIYOTI UCHUN O'SISH NUQTASI!

SamDVMCHBUniversitetining professor- o’qituvchilari G’.Obruyev, G.Otayarova, Z.Mo’minova, Sh.Xudayberdiyevalar tamonidan joriy yilning 21-23-aprel kunlari mahallada ilmiy asoslangan holda qishloq xo’jaligi (tomorqa, chorva mollari, o’simliklar karantini) yo’nalishida uslubiy ko’maklashish hamda aholi o’rtasida o’quv mashg’ulot Master klasslarni olib borish maqsadida Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanining bir qator mahalla va qishloqlarida bo'ldilar hamda aholi tomorqalarida bo'lib kerakli tavsiyalar berilib, ilmiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi.


Jumladan Xoncharbog', To'rttom, Temurxo'ja, To'qboy MFY raislari rahbarligida aholisining tomorqaga ishlov berish jarayonlari taqsinga sazovor!

🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Amaliy mashg‘ulot — nazariy bilimlarni mustahkamlash garovi!

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetining 202-guruh talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi” fanidan “O‘pka faoliyatini o‘rganish usullari, nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi” mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar.

Mashg‘ulot davomida talabalar qoramollar ustida nafas olish va nafas chiqarish mexanizmlarini tekshirib, o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rdilar.

Amaliy dars jarayonida ularga “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti I.Fayzullayev tomonidan mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ustoz nafas a’zolari faoliyati, o‘pkada kechadigan asosiy fiziologik jarayonlar va ularni o‘rganish metodikalarini nazariy hamda amaliy tarzda ko‘rsatib berdi.


🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_Veteriniya_kuni

26-aprel — Xalqaro Veterinariya kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining fidokorona mehnati bilan soha rivojiga beqiyos hissa qoʻshayotgan professor-o‘qituvchilari faxriy ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🎗Bu nishon — ularning yillar davomida ko‘rsatgan mashaqqatli mehnati, ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi va yosh avlod tarbiyasidagi o‘ziga xos o‘rnining e'tirofidir.

💥Mazkur kun munosabati bilan jamiyat rivoji va sohaning taraqqiyoti uchun samarali xizmat koʻrsatgan barcha veterinarlarni, ustozlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

💐Yutuqlaringiz bardavom, mehnatlaringiz yanada sharafli bo‘lsin!

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti — bilim va taraqqiyot maskanidir
!

🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_Veteriniya_kuni

SamDVMCHBUniversitetining professor-oʻqituvchilari ham 26-aprel "Xalqaro Veterinariya kuni" munosabati bilan hamkasblar va talabalarni samimiy muborakbod etib, yoshlarga yanada ilmga mehr qoʼyish, kasbiga sadoqat bilan xizmat qilish, doimo o‘z ustida ishlash va Vatan manfaatlari yoʼlida fidoyilik koʼrsatishlari zarurligini alohida taʼkidlab, oʼz tilaklarini bildirishdi.

🎗Darhaqiqat, har bir tilakda ustozlarning yillar davomida to‘plagan tajribasi, mehr-muhabbati va yosh avlodga boʼlgan ishonchi mujassamdir.


🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_Veteriniya_kuni

📌"Xalqaro Veterinariya kuni"ga bag‘ishlangan bayramona tadbir kun davomida mehmonlar va talaba yoshlar uchun quvonch va shodlik tuhfa etdi.

📸Ayniqsa, birgalikda tushgan foto-suratlarda ilm, mehr va fidoyilikni aks ettirgan o‘zgacha lahzalar saqlanib qoldi.

👏Bu kun unutilmas xotiralarga boy boʼlib, tarix zarvaraqlariga abadiy muhrlanib qoladi
.

🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Bugun, 28-aprel kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +35°...+22°, Ochiq havo

Tong: ☁️ +27°
Kun: ☀️ +33°
Oqshom: ☁️ +31°
Namlik: 15%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 7 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.

Oy: Yangi oy
Quyosh chiqishi: 05:36
Quyosh botishi: 19:22

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi

 🏛Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami