Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
714 subscribers
20.2K photos
1.5K videos
27 files
2.11K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷Koreyaning “Korea Bentonite” qoʻshma korxonasi va SamDVMCHBU o'rtasida hamkorlik

Koreyaning “Korea Bentonite” qoʻshma korxonasi vakillari doktor Jey Rhee va Dong-Hyon Shin universitetimiz rektori, professor X.Yunusov oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzuldi.

Shartnomaga muvofiq Koreya texnologiyasi orqali ishlab chiqarilgan veterinariya preparatlarini Oʻzbekiston hududida sinovdan oʻtkazish va samarali usullardan foydalanib ishlab chiqarishni va oʻzaro hamkorlik doirasida universitetimiz mutaxassislarini malaka oshirish uchun yuborish dasturlarini amalga oshirish rejalashitirildi.

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Muhammad_Yusuf_tavalludi
#71_yilligi

🏛Joriy yilning 24-aprel kuni Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan Biotexnologiya fakulteti tyutori S.Sherboyeva tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari hamkorligida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🎗Ushbu ijodiy kecha shoirning boy adabiy merosini yodga olish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va qadriyatlarimizga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

💥Tadbir davomida talabalar shoir Muhammad Yusufning yuraklardan joy olgan, xalqimiz orasida keng tarqalgan she’rlari va ularning asosida yaratilgan qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etishdi.

Shoirning “Men o’zbekman”, “O’zbegim”, “Vatan” kabi she’rlarini ijro etgan tadbir mehmoni yosh shoir A.Jahonov his-tuygʻulari bilan uygʻunlashib, tomoshabinlarga iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir barchaga zavq bagʻishlab, Muhammad Yusuf ijodi bilan yanada chuqurroq tanishish imkonini berdi.

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#26_aprel_Xalqaro_veterinariya_kuni

26-aprel — Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti tomonidan tayyorlangan video rolik.

Ushbu sana hayvonlar salomatligini asrash, insoniyat farovonligi uchun mehnat qilayotgan, fidoiylik va mehr bilan xizmat qilayotgan barcha veterinariya sohasining vakillariga chuqur hurmat va e’tirof ifodasidir.

Veterinarlar — bu faqat kasb egalari emas, balki tirik jonzotlarga mehr, sog‘liq va hayot ulashuvchi fidoyi insonlardir. Ularning mashaqqatli mehnati va insonparvarlik ruhidagi xizmatlari har qanday e’tirofga loyiqdir!


🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_kecha
#manaviy_marifiy_tadbir
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_71_yilligi

🏛Joriy yilning 24-aprel kuni Biotexnologiya fakulteti tyutori S.Sherboyeva tashabbusi bilan  1-bosqich talabalari oʻrtasida  ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🎗Tadbir xalqimiz mehrini qozongan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag'ishlandi. Ushbu ijodiy kechaga Samarqand viloyati Maroqand ijodkorlar Kengashi raisi maslahatchisi, shoir Akbar Jahonov taklif qilindi.

Shoirning boy adabiy merosini yodga olish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va qadriyatlarimizga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida Muhammad Yusufning yuraklardan joy olgan, xalqimiz orasida keng tarqalgan she’rlari va ular asosida yaratilgan qoʻshiqlari talabalar tomonidan ijro etildi.


🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_15_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi
“Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi
https://youtu.be/6OOFashm71k sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Forwarded from VETLEGNEWS
ВЕТЕРИНАРИЯ, КЕЧА ВА БУГУН
(Ветеринария тарихидан)

Ветеринария сўзи, лотинчада veterinaris – ҳайвон парваришловчи, ҳайвон даволовчи маъноларини англатиб, ҳайвонларнинг ҳаёти ва соғлиғи муҳофаза қилинишини, ҳайвонлар касалликлари пайдо бўлиши, тарқалишининг олдини олиш ва уларни тугатиш, аҳолини ҳайвонлар ва одам учун умумий бўлган касалликлардан муҳофаза қилиш, озиқ-овқат маҳсулотларининг ветеринария, ветеринария-санитария хавфсизлигини таъминлашга ва атроф-муҳитни муҳофаза қилишнинг ветеринария-санитария муаммоларини бартараф этишга қаратилган илмий ва амалий фаолият соҳаси бўлиб ҳисобланади.

Ветеринария ҳақидаги илк эслатмалар Мисрда топилган “Эберс папируси” битикларида (Эрамиздан олдинги 1500 йиллар) келтирилган бўлиб, унда 877 та касалликлар ва уларнинг белгилари қайд этилган. Ушбу папирус битигида ҳайвонлар ҳақида бир қанча битиклар бўлиб, бунда гўштда пашшанинг ривожланиши ва сув бақасининг пайдо бўлиши каби маълумотлар келтирилган. Бу айнан ўша даврларда ҳайвонларни даволовчи алоҳида врачлар жамоаси мавжуд бўлганлигидан далолат беради.

Шунингдек, Гиппократ (Грек, эрамиздан олдинги 460-377 йиллар) табиатда юқумли касалликлар қўзғатувчиларининг мавжудлиги тўғрисидаги гипотезани ва эпидемик жой ва йил концепциясини илгари суради.

Гален (Грек, эрамиздан олдинги 129-201 йиллар) турли йирик ҳайвонларнинг тузилишини фарқли жиҳатларини ўганади.

Абу-Али Ибн Синонинг (980 - 1038 йиллар) зоология, ҳайвонларнинг касалликлари ва уларни даволаш бўйича ўрганишлари ва қўл ёзмаларидан ўша даврдаёқ фойдаланила бошланган ва унинг “Тиб қонунлари” 12 асрда лотин тилига таржима қилиниб, амалиётда кенг фойдаланилган.

Шунингдек, бир қатор қўлёзмалар ва битикларда ҳайвонларнинг хусусан отларнинг анатомияси ва патологияси тўғрисида маълумотлар келтирилган.

ДАВОМИ БОР ⏭️

👇каналга уланиш👇👇
@VeterinariansUzbekistan
〰️〰️〰️〰️〰️〰️🔗〰️
Forwarded from VETLEGNEWS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#VETERINARIYA_RAMZI

ВЕТЕРИНАРИЯ, КЕЧА ВА БУГУН
(Ветеринария тарихидан)


👇каналга уланиш👇👇
@VeterinariansUzbekistan
〰️〰️〰️〰️〰️〰️🔗〰️