Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
714 subscribers
20.2K photos
1.5K videos
27 files
2.11K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Konferensiya

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 26-aprel - Xalqaro veterinariya kuniga bag‘ishlangan “Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi.


👉BATAFSIL

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷Koreyaning “Korea Bentonite” qoʻshma korxonasi va SamDVMCHBU o'rtasida hamkorlik

Koreyaning “Korea Bentonite” qoʻshma korxonasi vakillari doktor Jey Rhee va Dong-Hyon Shin universitetimiz rektori, professor X.Yunusov oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzuldi.

Shartnomaga muvofiq Koreya texnologiyasi orqali ishlab chiqarilgan veterinariya preparatlarini Oʻzbekiston hududida sinovdan oʻtkazish va samarali usullardan foydalanib ishlab chiqarishni va oʻzaro hamkorlik doirasida universitetimiz mutaxassislarini malaka oshirish uchun yuborish dasturlarini amalga oshirish rejalashitirildi.

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Muhammad_Yusuf_tavalludi
#71_yilligi

🏛Joriy yilning 24-aprel kuni Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan Biotexnologiya fakulteti tyutori S.Sherboyeva tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari hamkorligida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🎗Ushbu ijodiy kecha shoirning boy adabiy merosini yodga olish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va qadriyatlarimizga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

💥Tadbir davomida talabalar shoir Muhammad Yusufning yuraklardan joy olgan, xalqimiz orasida keng tarqalgan she’rlari va ularning asosida yaratilgan qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etishdi.

Shoirning “Men o’zbekman”, “O’zbegim”, “Vatan” kabi she’rlarini ijro etgan tadbir mehmoni yosh shoir A.Jahonov his-tuygʻulari bilan uygʻunlashib, tomoshabinlarga iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir barchaga zavq bagʻishlab, Muhammad Yusuf ijodi bilan yanada chuqurroq tanishish imkonini berdi.

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#26_aprel_Xalqaro_veterinariya_kuni

26-aprel — Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti tomonidan tayyorlangan video rolik.

Ushbu sana hayvonlar salomatligini asrash, insoniyat farovonligi uchun mehnat qilayotgan, fidoiylik va mehr bilan xizmat qilayotgan barcha veterinariya sohasining vakillariga chuqur hurmat va e’tirof ifodasidir.

Veterinarlar — bu faqat kasb egalari emas, balki tirik jonzotlarga mehr, sog‘liq va hayot ulashuvchi fidoyi insonlardir. Ularning mashaqqatli mehnati va insonparvarlik ruhidagi xizmatlari har qanday e’tirofga loyiqdir!


🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_kecha
#manaviy_marifiy_tadbir
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_71_yilligi

🏛Joriy yilning 24-aprel kuni Biotexnologiya fakulteti tyutori S.Sherboyeva tashabbusi bilan  1-bosqich talabalari oʻrtasida  ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🎗Tadbir xalqimiz mehrini qozongan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag'ishlandi. Ushbu ijodiy kechaga Samarqand viloyati Maroqand ijodkorlar Kengashi raisi maslahatchisi, shoir Akbar Jahonov taklif qilindi.

Shoirning boy adabiy merosini yodga olish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va qadriyatlarimizga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida Muhammad Yusufning yuraklardan joy olgan, xalqimiz orasida keng tarqalgan she’rlari va ular asosida yaratilgan qoʻshiqlari talabalar tomonidan ijro etildi.


🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami