Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
714 subscribers
20.2K photos
1.5K videos
27 files
2.11K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi doirasida rassomchilik kórik tanlovi oʻtkazildi.

🎨Natijalariga koʻra:

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Biz giyohvandlikga qarshimiz" mavzusida talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan rasmlar tanlovi g'oliblari aniqlandi:

🥇 Sulaymonova Durdona Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti;

🥈 Eshonqulova Nozliya Biotexnologiya fakulteti;

🥉 Axrorov Abror Zoinjeneriya fakulteti.

Gʻolib va sovrindorlarni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Bugun dunyodagi eng katta kutubxona ochilgan kun!

1800-yil 24-aprel – bugun dunyo tarixidagi eng katta kutubxona – AQSH Kongress kutubxonasi tashkil etilgan kun.

Ushbu kutubxona nafaqat hajmi, balki o‘zida jamlagan bilim xazinasi bilan ham ajralib turadi:

↪️170 milliondan ortiq hujjat, kitob, qo‘lyozma va rasmiy yozuvlar;
↪️450 dan ortiq tillarda yozilgan asarlar;
↪️Millionlab insonlar kutubxonadan foydalanishadi.

AQShga borib qolsangiz kirib o‘tish esdan chiqmasin-a? 😉

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Konferensiya

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 26-aprel - Xalqaro veterinariya kuniga bag‘ishlangan “Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi.


👉BATAFSIL

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷Koreyaning “Korea Bentonite” qoʻshma korxonasi va SamDVMCHBU o'rtasida hamkorlik

Koreyaning “Korea Bentonite” qoʻshma korxonasi vakillari doktor Jey Rhee va Dong-Hyon Shin universitetimiz rektori, professor X.Yunusov oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzuldi.

Shartnomaga muvofiq Koreya texnologiyasi orqali ishlab chiqarilgan veterinariya preparatlarini Oʻzbekiston hududida sinovdan oʻtkazish va samarali usullardan foydalanib ishlab chiqarishni va oʻzaro hamkorlik doirasida universitetimiz mutaxassislarini malaka oshirish uchun yuborish dasturlarini amalga oshirish rejalashitirildi.

🏛 Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami