Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
714 subscribers
20.2K photos
1.5K videos
27 files
2.11K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
💥Mashg'ulotlar davom etmoqda

Joriy yilning 23-aprel kuni SamDVMCHBU 1-bino, 119-xonada “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida tashkil etilgan “Kompyuter bilimdoni” klubi a'zosi S.Eshonqulov tomonidan “Ms Excel dasturida funksiyalar bilan ishlash” mavzusida amaliy to'garak mashg'uloti o‘tkazildi.

🔆Talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida o'tkazilgan ushbu mashg'ulot yuqori kayfiyatda va qiziqarli tarzda o'tdi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
🔈IQTIDORLI YOSHLAR DIQQATIGA❗️

SIZLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK BOR🔈

QANDAY DEYSIZMI


📣 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” “Data science” o‘quv kursiga 2025/2026 o‘quv yili uchun tanlov e‘lon qiladi.

👨‍🎓 2025-yil 1-apreldan boshlab oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichni muvaffaqiyatli tugatayotgan talabalar uchun https//dscience.uz/#price sayitidagi platforma orqali onlayn hujjat topshirish boshlandi.

Murojaat uchun: T.Tuyg‘unov
Telefon:
+99893-726-87-21

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Joriy yilning 23-aprel kuni SamDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakulteti 3-bosqich talabalari tyutori J.Yusupov, universitet profilaktika katta inspektori mayor A.Tojiyev, universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi M.Nurovlar boshchiligida 1-va 2-sonli TTJlarda profilaktik tadbir tashkil etildi.

🎗Tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, talabalar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, odob-axloq qoidalariga amal qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

💥 Masʼullar tomonidan talabalar hayotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanish, sababsiz yot hududlarda kechki vaqtlarda yurganlik uchun javobgarlik, shuningdek, TTJda tartib-intizomiga qat’iy rioya qilish lozimligi haqida alohida soʻz yuritildi.

🎗Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida esa bunday profilaktik suhbatlarning doimiy o‘tkazilishi muhimligi qayd etildi.
#Stop_korrupsiya

2025-yil 15-apreldagi viloyat hokimligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishi bayoni 20-bandining ijrosi yuzasidan Universitetda “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida “Korrupsiyaga qarshi kurash, hammamizning burchimizdir” mavzusi asosida semenar o‘tkazil
di.

Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi F.Turayev, rektor maslahatchisi Z.Shodmonov universitetda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini-olish, yuzaga kelish sababi va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, professor-oʻqituvchilar va talabalar orasida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida fikrlarini bildirdi

Murojaat uchun
+99855-707-76-86 ishonch telefoni, “https://ssuv.uz/uz/pages/view?slug=koruption” rasmiy sayt, SDVU_coruption-bot yaratilganligi aytib o‘tildi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#26_aprel_Xalqaro_veterinariya_kuni

26-aprel - Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan SamDVMCHBU professor-o'qituvchilari va talabalari o'rtasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rovnoma

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT RUHI

🎗SAMDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakulteti professor o'qituvchilari, fakultet tyutorlari va iqtidorli talabalari tomonidan "MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT RUHI" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Darhaqiqat, har bir millatning o‘ziga xos tarixi, madaniyati va an’analari bo‘ladi. Ana shu boy meros asrlar davomida shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib keladi. Milliy qadriyatlar esa shu merosning eng muhim bo‘lagi bo‘lib, xalqning hayot tarzi, tafakkuri, e’tiqodi va or-nomusini ifodalaydi. Aynan shu qadriyatlar millatni boshqa elatlardan ajratib turadi, unga o‘ziga xoslik baxsh etadi.

🎗Suhbat davomida milliy qadriyatlar — bu ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas meros. Ular nafaqat tarixiy xotira, balki bugungi kunimizda jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yosh avlodni tarbiyalovchi vositadir. Oila, mehmondo‘stlik, kattaga hurmat, yoshlarga mehr, halollik, sabr-toqat kabi qadriyatlar xalqimizning ichki dunyosini aks ettiradi.


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#LIVE

Ayni damlarda SamDVMCHBU faollar zalida "Xalqaro veterinariya kuni"ga bag‘ishlangan “Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda

🔴 JONLI EFIR

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
⚡️Diqqat e'lon!⚡️

Joriy yilning 24-aprel kuni soat 16:00 da 2-sonli TTJ da "Besh muhim tashabbus" markazi qoshida tashkil etilgan "Tikuvchilik" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tadi!

🎗Mashg'ulotni Biotexnologiya fakulteti 1-bosqich talabalari tyutori S.Sherboyeva olib boradi.

📱Murojaat uchun: +998 93 838 88 82

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik_davr_talabi

"JINOYATGA EMAS, ADOLATGA SHERIK BO‘LAYLIK!"

🏛SamDVMCHBuniversiteti Biotexnologiya fakulteti 2-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan "Biz yoshlar diniy-ekstremizm, terrorizm va jinoyatchilikka qarshimiz" mavzusidagi ijtimoiy videoroligini eʼtiboringizga havola etamiz!

Unda yoshlarimizning ogohlik va hushyorlikka chaqiruvchi fikrlari, ekstremistik gʼoyalarga berilmaslik, yot oqimlarga qarshi kurashishdagi faolligi, shuningdek, sogʼlom jamiyat qurishda yoshlarning oʼrni aks ettirilgan. Videorolikda talabalarning ona-Vatanga sadoqatli, ilmli va vatanparvar bo'lib voyaga yetayotganini ko‘rish mumkin.

⚠️Bu videorolik orqali biz yoshlar, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrash yo‘lida har qanday buzg'unchi harakatlarga qarshi birgalikda kurashishga chaqiramiz
!

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami