Forwarded from Enigma Uz
BECHORALAR
Poor Things, 2023 R
#premyera #comedy #drama #romance
Gʻalati bir olim tomonidan hayotga qaytarilgan yosh ayol kasbi huquqshunos boʻlgan odam bilan dunyo boʻylab aqlni shoshirib qoʻyuvchi sayohatga otlanadi, toʻgʻrirogʻi, qochib ketadi. O'z borligʻining andishasidan yiroq boʻlgan qahramonimiz, tenglik va ozodlik tarafdori bo'lish niyatida rivojlanib borishining ajoyib sayohatiga guvoh boʻlamiz.
Tarmoqlarda treyleri paydo boʻlgandan tortib to Oskarda Oppenhaymerdan eng oliy nominatsiyadagi sovrinni tortib olishiga sal qolguncha odamlar ogʻzidan tushmagan 2023-yil xitidan endi oʻzbek tilida bahramand boʻlishingiz mumkin. Boshqa haypli filmlardan farq qilib, tushunish judayam oson boʻlmagan gʻalati filmning bu darajada mashxur boʻlishi koʻngilni quvontiradi aslida. Bu insonlar haqiqiy sanʼat asarini qadrlashni boshlaganliklaridan dalolat.
Xullas, koʻp gapirmaymiz film haqida. Oyda-yilda bir film koʻradigan odamlarni ham "qani, bir koʻraylikchi nima ekan bu" deya oʻziga jalb qila olgan film tarjimasi shu kunlarda boshlanadi.
Tarjima murakkabligi sabab sizlardan tarjimonni qoʻllab quvvatlashingizni iltimos qilamiz. Donat summasini 200 ming soʻm qilib belgiladik. Bundoq olib qaralganda, 2000+ obunachilar uchun hech boʻlmasa 5ming soʻmdan tashlaganda ham yigʻib qoʻyiladigan mablagʻ oʻylashimcha sizlar uchun qiyinlik qilmaydi.
Donat uchun:
Filmning oʻzbekcha treyleri quyida keltirildi.
@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!

9860040102482839
J/TFilmning oʻzbekcha treyleri quyida keltirildi.
@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
Telegram
Enigma Uz
🔥10❤1
Yettinchi qit'a (Der siebente Kontinent, 1989)
Dir: Michael Haneke
#drama #thriller
Mixael Hanekening ilk mustaqil filmi va karyerasining debochasi desa bo'ladi. Shuningdek, 'Muzlatish trilogiyasi'ning birinchi qismi ham hisoblanadi.
Kino oddiy avstriyalik oilaning hayoti haqida hikoya qiladi. Birinchi ko'rishda, birinchi emas, shundoq ham kino juda zerikarli bo'lib tuyiladi, shunchaki ovqatlanish sahnalari 5 daqiqalab davom etadi. Aynan shunday uzoq, zerikarli va ezma sahnalar bilan tomoshabin kino atmosferasiga kirib, unda azoblanadi.
Kino haqida uzoq vaysashimning keragi yo'q, o'zinglar ko'ringlar. (Hali o'zim ham deshifrlamaganman)
Film treylerini tomosha qilish uchun bosing.
📝@Scripter_uz

YouTube
The Seventh Continent - Der siebente Kontinent 1989 (trailer)
👍6❤🔥2👎1