Scripter Uz
667 subscribers
81 photos
9 videos
1 file
84 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from Full Film Jacket🎬
​​#subtitir_tarjima
"Psixo)" (1960)

Rejissiyor Alfred Hitchcock Robert Blochning 1959-yili chop etilgan asari "Psixo)" asosida aynan shu nom bilan "Psixo)" 1960-yilda filmining yaratilishiga zamin yaratadi. Shubhasiz uning bu ishi o'ziga hos va durdona asarning kino tarixida o'chmas iz qoldiradi. Rejissiyor bizga dastlabki psixalogik trillerdan birini taqdim qiladi.


Film Feniks shahrida yashovchi Marion Crane ismli kotib qizning qilimishidan boshlanadi. Iloji boricha filmga spoyler bermaslik uchun shu yerida tasnif berishni to'xtataman. Hatto, Alfred Hitchcock film premyerasidan avval insonlar spoylerr qilmasliklari uchun deyarli barcha "Psixo" kitobini sotib olgan ekan.
Hitchcockning o'ziga hos uslubi, insonlarni ekran qarshida ushlab turishi, hayajonga solishi, operatorlik ishining maromidaligi va musiqalarning to'g'ri tanlashi nafaqat yaxshi atmosferani balki, mahorat darsini ham beradi desam bejiz bo'lmaydi.
"Psixo" oddiy qo'rqinchli film bo'lib qolmasdan shu bilan bir qatorda inson ruhiyatini va ong osti jarayonini o'rganishi bilan ham boshqa qo'rqinchli filmlardan ajralib turadi. Ayniqsa Marion Crane rolini ijro etgan Janet Leigh va Norman Bates roli bilan kinomanlarga tanish bo'lgan Anthony Perkins mahorat bilan qahramonlarining ruhiy holatini mohirona ochib berishgan.
Shunday qilib, "Psixo" filmi vaqt sinovida shu kungacha o'tib kelib IMDb saytidagi "Eng top 100 ta filmlar" ro'yxatidan joy olgan. Alfred Hitchcock va uning "Psixo" filmi hani-hanuzgacha bugun kun kinematografiyasiga ta'sir o'tkazib kelmoqda.

Film tarjima faoliyatimda birinchi ish. Shuning sababli donat qilib qo'llab-quvvatlasiz degan umiddaman.

Belgilangan mablag': - 150 ming so'm

💳Karta raqamni shu yerda qoldiraman:
9860170103946407 Alimjonov Muhammadjon
Donat uchun oldindan rahmat.

@Fullfilmjacket
👍1