TABIIY FANLAR «SCIENCE» | Rasmiy kanal
8.5K subscribers
8.1K photos
1.36K videos
2.06K files
2.3K links
«SCIENCE» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun maxsus kanal!

“Tabiiy fanlar – ilm-fan olamiga ilk qadam”

Reklama uchun: 👉 @talabageograflar

📮Murojaat uchun👇

👉 @tabiiyfan_sciencebot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yil fasllari nima sababdan almashadi

🌐www.youtube.com

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
O'zbekistonning_qo'riqlanadigan_hududlari_flickr_com_.jpg
218.2 KB
O'zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlari xaritasi.

Qo'riqxonalar 8 ta
Milliy bog'lar 3 ta Buyurtmaxonalar 12 ta
Ekomarkaz (ptomnik) 1 ta

Chotqol biosfera qo'riqxonasi YUNESKOning butunjahon biosfera rezervati tarmog'iga kiritilgan.

Qo'riqxonalar hozir 7 ta (Zarafshon qo'riqxonasi 2018-yil milliy tabiat bog'iga aylantirilgan)

www.flickr.com
www.wikipedia.org

★Kanalimiz☞ https://t.me/geografiyavatalim
Инспектор-психологлар ўқитувчининг иш фаолиятига аралашишга ҳаққи борми?
anonymous poll

Тарбияси оғир ўқувчилар ҳамда уларнинг ота-оналари билан ишлаши назарда тутилган – 62
👍👍👍👍👍👍👍 46%

Қаътиан ман этилган – 30
👍👍👍 22%

Мумкин эмас – 23
👍👍👍 17%

Ҳа албатта – 20
👍👍 15%

👥 135 people voted so far.
#Сўраган_эдингиз

Инспектор-психологлар ўқитувчининг иш фаолиятига аралашишга ҳаққи борми?

#Савол
Бизнинг туманда инспектор-психологлар мактабга келиб, дарсни бузиб кириб, педагоглар дарсига алоқадор маълумотлар бўйича уларни сўроқ қиляпти. Уларни бундай қилишга ваколати борми? Инспектор-психолог давомат билан шуғилланадими ёки педагог ходимлар фаолиятини ўрганадими?

#Жавоб
Биринчи навбатда шуни алоҳида таъкидлаб ўтиш лозимки, педагог ходимининг касбий фаолиятига ноқонуний тарзда аралашишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ. Бу бўйича қонунчиликда алоҳида жавобгарлик белгиланган.

Шу сабабли, инспектор-психологлар ҳам ўқитувчининг иш фаолиятига аралашишига йўл қўйилмайди. Уларга ўқитувчилар фаолиятини текшириш ваколати берилмаган.

Ички ишлар вазирлигининг тегишли буйруғи билан инспектор-психологлар зиммасига хар бир ўқувчи кесимида умумий ўрта таълим муассасаларида психологик мухитни яхшилаш, вояга етмаганлар орасида конунбузилишларга муросасиз муносабатда бўлиш ҳиссини
шакллантириш, муаммоли ўқувчилар билан уларнинг яшаш жойларида ота-оналари иштирокида манзилли ишлаш буйича вазифалар юклатилган.

Яъни, улар дарсларга мунтазам равишда қатнашмаётган вояга етмаганларни аниқлайди, дарсларга қатнашмаслик сабабларини ўрганади ҳамда ўқувчиларнинг микромуҳитини ўрганиш борасида оилаларга ташриф буюриб, ўсмир ва ота-оналар билан индивидуал суҳбатлар уюштиради.

Кўриб турганингиздек, инспектор-психологларнинг вазифаси умуман бошқа. Улар фақат муаммоли ўқувчилар билангина ишлаши лозим. Бу борада ҳуқуқлари бузилган педагог ходимлар керакли органларга шикоят қилиши мумкин.

🌐География ва таълим
🌐 Ommalashtirish.uz platformasida nima gaplar

Adashmasam bugun baholashning so‘nggi kuni, natijalarni tez orada bilib olsak kerak.

Menga o‘xshab natijalarni kutayotganlar bormisiz...?

➡️ Ommalashtirish haqida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz 👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok
Ойлик_ҳисоблаш_Янги_таъриф_бўйича.xlsx
13.5 KB
#Sõragan_edingiz
🏷 Yangi ta’rif bo‘yicha oyligingizni bilib oling


💰Shunchaki toifangizga qarab sizga ajratilgan dars soatini kiritish orqali oylik maoshingizni hisoblashingiz mumkin

P/s:. O‘zim sinab ko‘rdim😁

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz 👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok
O zbekiston Qizil kitobi II jild 2019-yil academy uz.pdf
18.1 MB
O'zbekiston Qizil kitobi.
I va II-jild.
2019-yilgi yangi nashrida Qizil kitobning I-jildga 314 ta o'simlik turi, II-jildga 206 ta hayvon turi kiritilgan.


Ushbu kitobda oldingi nashridan farqli rangli fotorasmlar berilgan. Keyingi yillarda hisoblangan miqdori haqida ma'lumot berilgan.
www.academy.uz

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
1675185641_Mamalakatimizda_joylashgam_mashhur_tabiiy_obyektlar.pptx
1.8 MB
Mamlakatimizdagi mashxur tabiiy obyektlar

Mamadaliyeva Nargiza

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati
Biosfera rezevati 2021-yil 16-sentyabrda YUNESKO butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritildi.

O‘zbek qo‘riqxonasi bilan bir qatorda tarmoqqa 21 mamlakatdan 20 ta yangi obyekt kiritilgan. Shunday qilib, tarmoq dunyoning 131 mamlakatidagi 727 ta rezervatni, shu jumladan 20 ta transchegaraviy obyektni o‘z ichiga oladi. YUNESKOning biosfera qo‘riqxonalari hozirda quruqlikning 5 foizidan ko‘prog‘ini egallaydi va ularning hududida biologik xilma-xillikni saqlash, ekologik ta’lim, tadqiqotlar va barqaror rivojlanish tutashadi.

Markaziy Osiyo o‘rmonlarining 22 foizi va O‘zbekiston o‘rmonlarining 74 foizi mana shu hududga to‘g‘ri keladi. Qo‘riqxonaning umumiy maydoni — 69 ming gektarga yaqin.

Shunday qilib, tarmoqqa kiritilgan qo‘riqxonalar soni ikkitaga yetdi: birinchisi — Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasi (1978 yilda kiritilgan, Hozirda g'arbiy qismi Ugom-Chotqol biosfera rezervati deb nomlangan).

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanali
➡️
@sciense_uz
Biosfera rezervatlari
Birinchi biosfera rezervatlari 1976-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda biosfera rezervatlari soni 411 ta bo'lib, 97 ta mamlakatga tegishli (Geografiya, 10-sinf darsligi)

2022-yilga kelib, UNESCOning butunjahon biosfera qo'riqxonalari tarkibi
dunyoning 131 mamlakatidagi 727 ta rezervatni, shu jumladan 22 ta transchegaraviy obyektni o‘z ichiga oladi.

O'rta Osiyodagi biosfera rezervatlari va tarmoqqa kiritilgan vaqti:

Qozog'iston
1. Qorg'aljin qo'riqxonasi (2012)
2. Olako'l qo'riqxonasi (2013)
3. Aqjayiq qo'riqxonasi (2014)
4. Qaton-Qarag'ay qo'riqxonasi (2014)
5. Aqsu-Jabag'ili qo'riqxonasi (2015)
6. Barsakelmes qo'riqxonasi (2016)
7. Altin-Emel milliy bog'i (2017)
8. Qaratau qo'riqxonasi (2017)

Qirg'iziston
1. Sari-Chelek qo'riqxonasi (1978)
2. Issiq Ko'l qo'riqxonasi (2001)

Turkmaniston
1. Repetek qo'riqxonasi (1978)

O'zbekiston
1. Chotqol biosfera qo'riqxonasi (1978)
2. Quyi Amudaryo biosfera rezervati (2021)

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanali
➡️
@sciense_uz
#xaritalar

Materiklar siyosiy xaritasi

➡️ Pdf shaklda yuklash uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz 👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok
⚡️Geografiya va ta'lim hamda Tabiiy fanlar SCIENCE telegram kanallarida o‘z xizmat va mahsulotlaringizni reklama orqali taklif etishingiz mumkin:

☝️Reklama shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: @talabageograflar

Murojaat uchun 👉
@ssirmatov_bot