Mitti olimlar🎓
Sevimli Kidstore dan yana yangi kitoblar😍 P.S. Vaqt topib obzor qilib beraman.
Bir kitob tarjimasi ustida ishlayotgandim, tugadi Alhamdulillah. Ertaga bu kitoblarni video va rasmlari bilan qo'yaman. Hechdan ko'ra kech, aybga buyurmang☺️
❤9🔥4
I Am Hungry — mashhur bolalar shoiri va yozuvchisi Michael Rosen ning kichik yoshdagi bolalar uchun yozilgan quvnoq va sodda hikoyalaridan biri. Kitobda och qolgan olmaxoncha orqali bolalarning kundalik hissiyotlari, ayniqsa ochlik, sabrsizlik va ovqat izlash jarayoni kulgili tarzda ko‘rsatiladi. Rasmlari yorqin va e’tiborni tortadi, matni esa qisqa va ritmik.
Yosh chegarasi:
2–6 yosh uchun juda mos. Ayniqsa bog‘cha yoshi va endi o‘qishni boshlayotgan bolalar uchun qulay.
✅Kitobning maqsadi:
bolalarda o‘qishga qiziqish uyg‘otish;
oddiy inglizcha so‘z va iboralarni oson qabul qilish;
hissiyotlarni tushunishga yordam berish;
ritm va takrorlar orqali nutq rivojiga ko‘maklashish;
ota-ona bilan birga ovoz chiqarib o‘qishga mos muhit yaratish.
Kitobda zo‘ravonlik yoki qo‘rqinchli sahnalar yo‘q, yumshoq hazil va iliq atmosfera bor.

🥰1
Forwarded from Kidstore
Zerikish foydalimi?
Zamonaviy hayot ritmi bizni "doimiy bandlik" tuzog'iga tushirib qo'ydi. Hatto ovqat pishirganda yoki yo'lda yurganda ham miyamizni podkastlar, videola yoki musiqa bilan to'ldiramiz. Ammo ilm-fan shuni ko'rsatadiki, *zerikish* — bu vaqtni boy berish emas, balki miya uchun haqiqiy "vitamin"dir.
Hozirgi kunda nafaqat o'zimizni, balki bolalarimizni ham bir soniya zeriktirmaslikka harakat qilamiz. Qo'liga telefon tutqazamiz yoki turli to'garaklar bilan kunini to'ldiramiz. Ammo olimlar buning aksini tavsiya qilishmoqda.
Onalar uchun kichik tavsiya:
🎁O'zingiz uchun: Ovqat pishirayotganda podkastni o'chiring. Shunchaki pichoq ovozini eshiting, xayolingizga kelgan fikrlarni kuzating. Bu meditatsiyaning bir turi.
🧸Bolangiz uchun:Agar farzandingiz "Oyijon, zerikayapman" desa, unga darrov mashg'ulot topib bermang. Unga bu zerikishdan o'zi chiqib ketishiga imkon bering. Aynan shu daqiqalarda u yangi o'yin o'ylab topadi yoki rasm chiza boshlaydi.
💡Xulosa:
Zerikish — bu miyaning yangi g'oyalar uchun joy tayyorlashi demakdir. Bugun o'zingizga va miyangizga 15 daqiqa "hech nima qilmaslik" sovg'a qiling.
https://t.me/+SggoFP-fI9yYfd5c

Nega miyaga "bo'shliq" kerak?1. Kreativlikning portlashi:
Preston universiteti (Buyuk Britaniya) tadqiqotlariga ko'ra, zerikarli va bir xil vazifani bajargan odamlar, shundan so'ng berilgan ijodiy topshiriqlarni ancha yaxshi hal qilishgan. Miya tashqi ma'lumotdan uzilganda, u "default mode network" (tinch holat rejimi)ga o'tadi. Aynan shu holatda eng noodatiy g'oyalar tug'iladi.
2. Miyaning "tozalanishi":
Doimiy shovqin va ma’lumotlar oqimi miyani charchatadi. Zerikish paytida miya ma'lumotlarni saralaydi va uzoq muddatli xotiraga joylaydi. Bu go'yoki kompyuterni "perezagruzka" qilishga o'xshaydi.
3. O‘zini anglash:
Psixolog Sandi Mann o‘zining "Zerikishning foydasi" kitobida ta’kidlashicha, zerikish bizga "Men aslida nima xohlayman?" degan savolga javob topishga yordam beradi. Tashqi chalg'ituvchilar bo'lmaganda, inson o'z ichki olami bilan yuzlashadi.

👍3