Mitti olimlar🎓
799 subscribers
2.28K photos
223 videos
1.42K files
258 links
Uyda ta’lim bo‘yicha shaxsiy tajribam, foydali maslahatlar va sinovdan o‘tgan usullar.
📚 Farzandlarimni qanday o‘qitayotganim haqida real tajriba!

@NRazzokova
Download Telegram
Agar onalar nimanidir sevsalar, u sevgisin farzandlarga yuqtirarlar...
3👍3💘3
Forwarded from Bolalar psixologi Anvarova (Shahnoza Anvarova)
Agressiv_bolalar_bilan_ishlash_Terapevtik_o'yinlar_Anvarova.pdf
27.6 KB
Bolalarda agressivlikning asosiy sabablari:

1.Hissiy ehtiyojla qondirilmasligi(mehr,tushunish,xavfsizlikni yetarlicha his qilmasa)

2.Oiladagi muhit
M:
-tez-tez janjal
-ota-onani bir-biriga yoki bolaga qo‘pol muomalasi
-qattiq jazo

3.Hissiyotlarni boshqarishni bilmaslik

4.Diqqat va e’tibor yetishmasligi
Bola uchun “salbiy e’tibor ham e’tiborsizlikdan yaxshiroq”.

5.Haddan tashqari nazorat yo erkinlik

6.Stress va psixologik zo‘riqish
M:
-bog‘cha yoki maktabga moslashish
-yangi uka(singil) tug‘ilishi
-ko‘chish
-ota-onaning ajralishi

7. Televizor va gadjet ta’siri

8. Nevrologik yoki temperament xususiyatlari
Ba’zi bolalar tug‘ma:
-impulsiv
-tez jahli chiqadigan
bo‘lishi mumkin. Bunday bolalar bilan hissiy boshqaruvni o‘rgatish muhim.

Ko‘pincha agressiya – bu bolaning “yordam so‘rashi”. Bola:
“Meni tushuning”, “Menga yordam bering” degan signalni beryotgani


Agressiv bolalar bilan ishlashda terapevtik o‘yinlar ham juda samarali.
Kun bonusi: Qo'llanma👆👆
👆

https://t.me/bolalar_psixologi_anvarova
🆒2
Forwarded from Kidstore
Superfoodlar nima?


⭐️Superfoodlar — bu oddiy ovqatlarga qaraganda juda ko‘p foydali moddalar (vitaminlar, minerallar, antioksidantlar, tolalar, sog‘lom yog‘lar va oqsillar) bilan to‘la oziq-ovqatlar. Ular “super” deb ataladi, chunki oz miqdorda yeganingizda ham tanani kuchli quvvat bilan ta’minlaydi, immunitetni oshiradi, energiya beradi va kasalliklardan himoya qiladi.

Bu atama marketingdan chiqqan bo‘lsa ham, ko‘pchilik superfoodlar haqiqatan ham sog‘lom ovqatlanishda juda qimmatli! Ularning eng katta afzalligi — ayollar va onajonlar uchun ayniqsa foydali: homiladorlik, emizish, charchoq, soch-teri muammolari, gormonal muvozanat va suyak salomatligi uchun.

❤️Onajonlar uchun eng yaxshi superfoodlar(O‘zbekistonda mavjud va arzon bo‘lganlari bilan birga):

1. Yong‘oq va urug‘lar(bodom, yeryong‘oq, chia, zig‘ir urug‘i) → temir, magniy, omega-3 boy. Emizishda sut sifatini yaxshilaydi, charchoqni kamaytiradi.

2. Yashil bargli sabzavotlar (ispanaq, salat bargi, petrushka, shivit) → foliy kislotasi, temir, vitamin K. Qonni boyitadi, suyaklarni mustahkamlaydi.

3. Yogurt va qatiq(tabiiy, probiotikli) → kaltsiy, protein, ichak salomatligi. Suyak va tishlar uchun, emizishda energiya beradi.

4. Tuxum(uy tovug‘i tuxumi) → B12, protein, xolin. Miyani quvvatlaydi, soch va terini yaxshilaydi.

5. Baliq—(sazan, laqqa) → omega-3. Chaqaloqning miya rivojlanishi uchun juda muhim.

6. Avakado(hozir Toshkentda mavjud) → sog‘lom yog‘lar, folat. Energiya beradi, terini yorqin qiladi.

7. Mevalar(yong‘oq, golubika, malina, anor, uzum) → antioksidantlar. Immunitetni kuchaytiradi, yosh saqlaydi.

8. Butun donlar(jo‘xori, qo‘ng‘ir guruch, bug‘doy) → tolalar, B vitaminlari. To‘qlik beradi, qon shakarini muvozanatlashtiradi.

9. Tovuq jigari(uy tovugi) → temir, vitamin A, B12. Anemiyaga qarshi eng kuchli tabiiy vosita (haftada 1-2 marta oz miqdorda!).

Har kuni ularning kamida 2-3 tasini menyuga qo‘shing — o‘zingiz ham, bolangiz ham kuchli bo‘lasiz! 💪❤️



Siz qaysi superfoodni har kuni yeysiz? Izohda yozing, birgalikda maslahatlashamiz! 👇
1
Ona...

Bu elning mardligi Temurdan yuqqan,
Hech tildan qo'ymaymiz Amirning otin,
Lek nega eslanmas Temurni tuqqan,
Buxorolik ayol Tegina xotun?!

Tinchlik bermas sira lahza onimga,
Tarixchi turar jim tinglab bu ohni,
Dostonlar bitilar Bibixonimga,
Lek tilga olishmas Tegina Mohni!

Maqbaralar bino bo'lar xo'p bunda,
Minorlar naqshidan tovlanar samo,
Makoning na Keshda, na Shohi Zinda,
Qayerda yotibsan Tegina momo.

Onaning mehrini nima deb atay?
Bolam deb o'rtangan yuragi kuyuk,
Tarix aytolmasa, mana men aytay,
Temurning onasi Temurdan BUYUK!!!

O'lmasbek Samarqandiy.
7🔥7
Assalom alaykum, azizlar! Ramazon hayitingiz qutlug' bo'lsin. Barchangizga oilaviy tinchlik va xotirjamlik tilayman. Farzandlaringiz solih-u olim bo'lishsin, qori bo'lishsin😍
6
Bolalar uchun hayitlik😍
6😍2👍1
Va albatta, kitoblar ham❤️❤️❤️

https://t.me/+SggoFP-fI9yYfd5c
7
Forwarded from Kitob - xazina📚
Qiziq info ko'rdim
Yevrey oilalarda bolaga pulni 3 qismga bo'lib berishar ekan : bir qismi o'zi uchun, ikkinchisi ehson uchun, uchinchisi esa jamg'arish uchun.
Yig'ilgan pulga esa yil oxirida yana shuncha qo'shib berishadi.
Shu orqali bola ehson qilishni, o'ziga to'g'ri sarflashni va pulni ko'paytirish uchun jamg'arishni o'rganar ekan...

XonDamirovna
🔥10👍43
Forwarded from Mom & Me | onalar blogi (Zarifa Bozorova)
Bolam uchun nimalar qilay?

1. Bolaga mehr bering, hurmat ko’rsating, munosabatingizdan insoniylik va odobni o’rganadi

2. Jismoniy sog’lom rivojlanishi uchun 3-4 soat sayr, uyqu, to’g’ri ovqatlanish va sportga jiddiy e’tibor qarating.

3. Bolani tartibga o’rgating, o’zi mustaqil ishlarini qila olishi uchun sharoit yarating, uy yumushlarini o’rgating, ishlaringizga sherik qiling.

4. Yuqoridagilarni o’z vaqtida a’lo bajarib qo’ysangiz ana endi aqliy rivojlanishini ko’ring.

Nimaga qiziqsa shuni ko’proq rivojlantiring, boshqalarning rejasi sizning bolangizga tushavermaydi, kim qaysi trenddagi kitobni olsa, siz ham o’shani olaverishni bas qiling, bolangizning ehtiyoji-qiziqishiga qarab kitob tanlang.

Aslida bolangiz uchun eng yaxshi kitob siz bo’lasiz, o’zingiz ko’proq ilm oling! 4-5 yoshdan bolaga atrofidagi muhit katta ta’sir o’tkaza boshlaydi, yaxshi do’stlar tanlashga kirishing, Alloh o’zi oson qilsin!
🔥103