Forwarded from BuxDU •БухГУ •BukhSU
🥇 Yakka tartibdagi bahslarda oltin medal sohiblari:
Miraziz Temirov
Diyorbek Rajabov
Dilshod Bevitov
Rushana Mahmudova
Jasmina Husenova🥈 Yakka tartibdagi bahslarda kumush medal sohiblari:
Vasila Shukurullayeva
Hilola Ahrorova
Rasul Nuritdinov🥉 Yakka tartibdagi bahslarda bronza medal sohibi:
Dilshod Muhitdinov
Shuningdek, jamoaviy bahslarda Buxoro davlat universiteti nomidan ishtirok etgan “BukhSU” va “Vertex” jamoalari ham yuksak natijalarga erishdi.
💠 “BukhSU” jamoasi a’zolari:
Miraziz Temirov
Diyorbek Rajabov
Dilshod Bevitov
Rushana Mahmudova💠 “Vertex” jamoasi a’zolari:
Vasila Shukurullayeva
Hilola Ahrorova
Rasul Nuritdinov
Umid Jabborov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍2❤1🔥1🤔1
Forwarded from CRAZY PHYSICS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3👍2😢2💔2
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar!
Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi:
1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi;
2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi;
3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi;
4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi;
6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi;
7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi;
8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi;
9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi;
10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi;
11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi;
12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi;
13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi;
14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi;
15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi;
16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi;
17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi;
18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi;
19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi.
20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi;
21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi;
22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;
23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi;
24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi;
25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi;
26. “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Manba: PQ-59 (11.02.2026)
@alisher_sadullaev

❤1👍1
Forwarded from Muslim.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xabar #ramazon
📢 РАМАЗОН ОЙИ 19 ФЕВРАЛДАН БОШЛАНАДИ
✅ Мазкур қарорга кўра, 2026 йилги муборак Рамазон ойининг бошланиши 19 февраль кунига тўғри келиши ҳақидаги Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахбороти маълумот учун қабул қилинди.
🤲 Аллоҳ таоло Рамазон ойида қиладиган ибодат, дуо ва барча солиҳ амалларимизни қабул этсин, ажр-мукофотларини кўпайтирсин.
🗣 Яратган Роббимиз юртимизга тинчлик, барқарорлик ва офиятни насиб қилсин. Рамазон ойингиз муборак бўлсин!
✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
😄 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ YouTube | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
✍️ Ўзбекистон Республикаси Президенти "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги қарорни имзолади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2⚡1
📢📢📢"🌘Ramazondan-Ramazongacha🌕" loyihasi davom etadi.
Bilim olishni istovchi insonlarga xabar bering-savobga sherik bòling!
👍1
Ramazon oyi munosabati bilan 100%li grant!
Avvalambor, Saturn Math Club jamoasi barchani kirib kelgan muqaddas va mehr oqibat fasli bòlmish Ramazon oyi bilan muborakbod etadi.
Ushbu oy munosabati bilan "Ramazondan - Ramazongacha" loyihasini boshlash arafasidamiz.
Ilm – eng katta boylik, va biz Ramazon barakasi bilan uni hammaga yetkazishni xohlaymiz!
Agar siz yoki tanishlaringiz:
✅ Boquvchisini yo‘qotgan bo‘lsa
✅ Kam ta’minlangan oiladan bo‘lsa
✅ Matematika fanidan bilim olishni istasa
U holda, bu grant aynan siz uchun!
📚 Loyiha davomida nimalar taklif qilinadi?
➡️ Matematika kursimizda 1 yil davomida 100% bepul ta’lim va darslik.
➡️ Tajribali ustozlardan chuqur bilim olish imkoniyati
➡️ Ramazondan Ramazongacha davom etuvchi grant
📌 Ariza topshirish muddati: 20-mart
📍 Manzil: Saturn Math Club. (Yangi Hayot, Sayyid Amir Kulol kòchasi, Òquv qurollari dòkoni 2-qavat)
Savobga sherik bo‘ling – bilim olishni istovchilarga xabar bering!
☎️ Bog‘lanish uchun: +99893-457-17-18

👍6🔥2
Forwarded from Javokhir Toshpulatov | Blog
Poklanish oyi
Bu dunyodagi eng katta baxt, qalb hotirjamligi. Bunga esa ruh tarbiyasi orqali erishiladi.
Insonlar shayton yo’ldan urayotganini sabab qilib yomon amallardan tiyila olishmaydi. Nafsning o’zi esa 70 ta shaytonning kuchiga teng.
“Ko’plab insonlar nima uchun Ramazonda ham yomon ishlarni to’xtatmaydi” degan savolga shu javob. Ularni bo’lgani shu..
Sen bunga rozi bo’lma. Nima yomon odatlaringni tark qilib, o’rniga yaxshilarini shakllantirmoqchi bo’lsang mana senga Ramazon oyi.
O’zing bilan adolatli kurashish uchun bu oy eng qulay payt. Bu kurashda faqat sen va nafsing. Shaytonlar esa bugundan kishanlandi. Bu kurashda senga omad tilayman.
Ramazon muborak!
@javokhir_toshpulatov

👍5❤🔥2🕊2
Forwarded from Ikrom Sharif
Рамазон оддий ой эмас. У тарбия ойи. Ўзгариш ойи, сайқалланиш ойи. Инсон ўзини қайта кўриб чиқадиган фурсат.
Рамазон биз учун энг яхши мадраса. Бу мадрасанинг синфхонаси йўқ, лекин кўп қимматли дарслари бор. Дипломи йўқ, лекин ҳаёт бўйи асқотадиган натижалари бор.
Рамазон бизга нималар ўргатади, биласизми?
1. Сабрни ўргатади.
Оч қолиш аслида танани эмас, нафсни тарбиялайди. Кун бўйи ҳалол бўлган ошу нондан, қўйинки, сувдан тийила олган одам, гуноҳдан ҳам тийилишни ўрганади.
2. Ихлосни ўргатади.
Бир кишининг рўзасини одамлар кўрмайди, лекин Аллоҳ таоло билади. Демак, бу ойда инсон бошқаларга кўрсатиш учун эмас, чин дилдан, Аллоҳ учун амал қилади. Шу орқали ихлосни ўрганади.
3. Тақвони ўргатади.
Қуръни каримда айтилганидек, рўзадан мақсад — тақво. Яъни бир ойни доимий тарзда Аллоҳ таолонинг муроқабасини ҳис қилиб ўтказган одам Рамазондан кейин эам Унинг кузатуви ва тасарруфини ҳис қилади ва тақво ҳосил бўлади.
4. Вақтни қадрлашни ўргатади.
Рамазонда вақт бошқача ўтади. Ҳар бир кун қимматли. Ҳар бир кеча ғанимат. Ундан фойдаланиб қолиш учун банда бор кучи билан амал қилади. Натижада вақтни қадрлашни ўрганади.
5. Меҳр улашишни ўргатади.
Очликни ўзида ҳис қилган одам бошқаларнинг ҳам ҳолини тушунади. Шунинг учун бу ойда садақа, яхшилик, эҳсон қилиш кўпаяди. Шу билан йўқсилларга меҳри ортади.
6. Бандаликни — ожизлигини ҳис эттиради.
Озгина қувват кирса дунёни бошига кўтараман деган инсон бир бурда нонсиз, бир қултум сувсиз ожизу нотовон эканини ҳис қилади. Шу янглиғ ўзидаги кибр, манманлик ва димоғдорликдан тийилади.
Рамазон катта мадраса. Унда яхши “ўқишга”, ўрганишга ғайрат қилайлик. Токи фурсат қўлдан кетмасин, токи умрга татигулик таълим ва тарбия бўлсин.
@IkromSharif

❤3👍3🔥2