Sariq Dev
13.8K subscribers
1.24K photos
381 videos
4 files
842 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Augmented Reality yoki AR bizning real hayotimizga virtual elementlar qo'shish texnologiyasi.
Hozirda bir nechta IT gigantlar AR ustida ish olib borishmoqda.
AR kelajakda bizga qanday qulayliklar yarata olishini ko'rish uchun siz bilan bir nechta videolar ulashayapman:
1-videoda Microsoft kompaniyasining Hololens mahsuloti.
2-videoda Facebook lab tomonidan taqdim qilingan Infinite Office dasturi
3-videoda esa Dominik Hofacker tomonidan taklif qilingan konsepsiya.
@sariqdev
Forwarded from MJ
Java va Android dasturlashni o'rganishni xohlayotgan ayol-qizlar bormi?

Mehri Abduqodirova ingliz tilini yaxshi biladigan ayol-qizlar uchun bepul Java va Android bo'yicha onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchilar. Kursga 3-4 o'quvchi qabul qilinadi. Kursning tarkibi quyidagicha:
- dasturlashga kirish va OOP - 1 oy
- Java dasturlash tili - 6 oy
- Android dasturlash - 5 oy

Kursga qatnashmoqchi bo'lganlardan haftasiga 5-6 kun, kuniga 8 soatdan ko'proq vaqtlarini o'qish uchun ajratishlari talab qilinadi. Haftada 5 kun 2 soatdan Zoom orqali darslar bo'lib o'tadi.

O'qishdagi har bir bosqich turli xil darajadagi loyihalarni tuzish asosida o'rgatiladi. Bu loyihalarni, albatta, porftolioga qo'shish mumkin bo'ladi. Java bo'yicha bosqichni bitirgan o'quvchilar Oracle imtihonida o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Android dasturlashni o'rgangandan so'ng unda tuzilgan mobil ilovalarni Google Play Storega ham joylashingiz mumkin bo'ladi.

Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Loyiha faqat ayol-qizlar uchun!

Omad!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu komputerdan zudlik bilan bitta kerak.
Googledan yana bir ajoyib web dastur: AutoDraw.com.
Sahifaga kirib qo'lingizdan kelgancha oddiy rasm chisasiz, sun'iy intellekt esa sizning chizmangizni nima ekanligini aniqlab, bir nechta variantlar taklif qiladi.
Bunaqada hamma rassom bo'lib ketmasa edi :)
@sariqdev
Yana bir mega noutbuk 💻

Expanscape kompaniyasi Aurora 7 noutbukini ommaga taqdim qildi. Qurilma nomidagi 7 bu kompyuterning ekranlari soni. Ekranlarning 4 tasi 17' 4K UltraHD, qolgan 3 tasi esa 7' (1900x1200 pixel) panellar.

Noutbuk 8 yadrolik 4GHz intel i9 (10900K) processori, 128GB RAM va 8TB ichki xotiraga hamda Nvidia GTX grafik kartasiga ega (maksimal konfigurasiyada).

Taxlangan holatda noutbuk qalinligi 11cm, vazni 12 kg 🤯.

Asosiy mijozlar dasturchilar, analitiklar, birja savdogarlari va dizaynerlar bo'lishi kutilmoqda.

Noutbuk narhi maxfiyligicha qolmoqda, sababi, mijozlar qurilma narxini oshkor qilmaslik haqida maxsus hujjatga qo'l qo'yishlari shart.

@sariqdev
Wakatime — Googlening sobiq dasturchilaridan o'z samaradorligingizni nazorat qilish uchun ajoyib hizmat.

Wakatime dasturlash muhitiga plagin sifatida o'rnatiladi, va kun davomida necha soat kod yozdingiz, qaysi loyihalar va dasturlar ustida ishladingiz, qaysi fayllarga o'zgartirish kiritdingiz saqlab boradi. Kunlik va haftalik tahlilni esa chiroyli grafiklar ko'rinishida ko'rsatadi.

Yana bir qiziq jihati, hizmat yordamida hamkasblar yoki boshqa dasturchilar bilan kim ko'p yozishda "bellashish" mumkin.

Wakatime Leaderboards sahifasida haftaning eng faol dasturchilari ro'yxati, necha soat ishlagani va qaysi dasturlash tillaridan foydalanishini ko'rishingiz mumkin.

Plagin deyarli barcha dasturlash muhitlari bilan ishlaydi.
Pythondagi #foydali modullar bilan tanishishda davom etamiz.

Navbat validators moduliga.
Bu moduldagi funksiyalar yordamida foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlarning formatini tekshirishimiz mumkin.

Misol uchun, foydalanuvchidan email manzil kiritishni so'radik, kiritilgan manzil haqiqatdan ham email formatida (username@email.com) ekanini tekshirish uchun validators.email() funksiyasiga murojat qilamiz.

Yoki, biror o'zgaruvchi veb manzil ekanligini validators.domain() yoki validators.url() funksiyalari yordamida tekshirishimiz mumkin.

Agar berilgan oz'garuvchilar to'g'ri formatda bo'lsa funksiyalar True qiymatini, aks holda esa ValidationError xatoligini qaytaradi.

Validators moduli yordamida boshqa shartlarni ham tekshirishimiz mumkin, misol uchun kiritlgan son ma'lum oraliqda ekanini (validators.between()) yoki berilgan matn ma'lum uzunlikda ekanini (validators.length()) va hokazo.

Batafsil ma'lumot uchun modulning sahifasiga o'ting. O'rgangan bilimingizni esa zudlik bilan Pythonda sinab ko'ring.
Epic Games kompaniyasi kompyuter o'yinlari, kino va seriallar uchun o'ta real odamlarni "yaratishga" mo'ljallangan MetaHuman Creator dasturini taqdim qildi.

Avvallari bitta odamni "yaratish" uchun haftalab vaqt talab qilingan bo'lsa, MetaHuman yordamida natijaga bir necha soat yoki daqiqada erishish mumkin.

Dastur hozircha demo versiya ko'rinishida mavjud, va tez kunlarda to'liq ko'rinishda sotuvga chiqadi.

@sariqdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avvalroq Augmented Reality texnologiyasi haqida yozgan edik. Rossiyada bu texnologiyadan jarrohlikda foydalanishayotgan ekan.

Bemorning ichki organlari 3D skanerdan o'tkaziladi, va jarrohlik davomida shifokorning ko'z oldida turadi.

Hozirgi kungacha bu texnologiya yordamida 30 dan ortiq jarrohliklar amalga oshirilibdi.

@sariqdev
O'tgan yili Malayziyadan bir domlamiz O'zbekistonga aylanib keldi. Fakultetda O'zbekiston safari haqida prezentasiya qildi, suratlarini ko'rsatdi. Shunda bitta Malay domla menga qarab, "Anvar nega hamma oq-qora kiyimda" deb qoldi.

E'tibor bersam, rasmlardagi domlalar ham, talabalar ham, ko'chalarda oddiy odamlar ham "formada" yurishga o'rganib qolibmiz. Hamma bir hil, yoki to'q kulrang, yoki qora kiyamiz. Sal ajralaman deganlar jigarrang.

Kamdan-kam odam rangli kiyinar ekan (yozdagi kuylak, futbolkalarni aytmasa). Hatto mashinalarimiz ham yoki oq yoki qora.

O'zi hayotimiz asabbuzarliklarga to'lib turganda, atrofimizni ham bo'g'iq ranglarga o'rab olganmiz. Ayniqsa qishda juda bilinadi.
Xullas, hayotingizga ozgina ranglar qo'shing. Kayfiyatingiz ko'tariladi. Asablaringiz biroz bo'lsa ham dam oladi.

Yangi klaviaturamga qarab, shu narsalar hayolimga keldi.

t.me/sariqdev
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.