Sariq Dev
13.8K subscribers
1.24K photos
381 videos
4 files
842 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Mendan ko'pchilik IT sohasida magistirlik va doktorlik qilaymi yoki ishga tushib ketaymi deb so'raydi.
Mening shaxsiy maslahatim ishga kiring.

Buning bir nechta sababi bor:
1️⃣ Magistrlik va Doktorlik bu ilmiy unvonlar va bu darajalarga ega bo'lish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi. Ya'ni siz 2 yil magistrlik qilgan davrda, 2 yil biror kompaniyada ishlagan odam sizdan ko'ra ko'proq tajribaga ega bo'ladi va sizdan ko'ra qadrliroq kadr hisoblanadi.

2️⃣ Ilmiy unvonlar sizni tor sohada mutaxassis qiladi. Ilmiy nazariyalar amaliyotga nisbatan 2-3 qadam oldinda yurishini hisobga olsak, siz olgan bilimlar yaqin kelajakda amaliyotda qo'llanilmaydi.

3️⃣ Magistrlik va doktorlik bu sehrli tayoqcha emas. MS yoki Doktor bo'lish sizga ish topishni mutlaqo osonlashtirmaydi. Agar ilmiy unvonga ega bo'lganlar osongina ish topadi deb o'ylasangiz juda qattiq adashasiz. Aksincha, junior (boshlang'ich) ishlarga o'zingiz topshirgingiz kelmaydi (shuncha o'qib junior bo'lamanmi), middle (o'rta) lavozimlarga esa tajribangiz yetmaydi (sababi nazariya qilib yurgansiz).

Qolaversa ish beruvchiga ham magistr yoki doktor odamni past lavozimga olishiga yoki ma'naviy (hijolatchilik) yoki yuridik (unvon uchun qo'shimcha haq to'lash) kabi to'siqlar bo'lishi mumkin.

Xo'sh, unda MS va Doktor kim uchun? Kelajakda o'z sohasida ilmiy izlanishlar, ixtiro va kashfiyotlar qilaman deganlar uchun. Magistraturada o'qish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi, lekin boshqa ko'nikmalaringizni bir necha bor kuchaytiradi. Misol uchun tanqidiy fikrlash, masalaga yechim topish, murakkab muammolar ustida mustaqil ishlay bilish, ilmiy izlanish va kashfiyotlar qilish va hokazo.

Agar siz IT sohasida bo'lsangiz, maslahatim, sohada 4-5 yil ishlab keyin magistrlikka harakatni boshlang. Magsitraturada o'qish uchun har kuni universitetga borish talab qilinmaydi. Muhimi haftangizdan hech bo'lmasa 1 kunini ilmiy tadqiqod uchun ajrata olishingiz kerak. Pandemiya bahona esa, bemalol ish joyingizdan turib chet elda ham "o'qishingiz" mumkin.
Ham amaliy bilimga, ham yuqoridagi ko'nikmalarga ega mutaxassis oddiy dasturchidan bir necha barobar qadrli bo'ladi. Odatda bunday mutaxassislar dastur yozish bilan emas, murakkab tizimlarning arxitekturasini tuzish, loyihalar uchun texnik talablar yozish, muammolarni tahlil qilish kabi yuqori darajadagi masalalar bilan shug'ullanadi. Ularning oyligi ham bir necha barobar yuqori bo'ladi.

p.s. Yuqoridagi gaplar faqat IT sohasiga tegishli
p.p.s. O'zbekistonda magistr yoki doktorlik qilmang. Arzimaydi.

@sariqdev
Microsoft Excel jadvallariga Lambda funksiyasi qo'shilayabdi. Lambda funksiyalari sodda bo'lishiga qaramasdan ular yordamida murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.

Hammasidan qizig'i, endi Excel jadvallari dasturlash tillariga qo'yilgan barcha talablarga javob beradi va rasman Dasturlash tili deb tan olinishi mumkin.

Hozircha Lambdalar Excelning beta versiyasida mavjud va yaqin kelajakda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo'ladi.

Yana bir qiziq fakt, endi Excelni dunyodagi eng mashxur dasturlash tili deb sanash mumkin. Sababi Excel foydalanuvchilari dunyodagi barcha dasturlash tillari foydalanuvchilari yig'indisida ham ko'p.

Excelni bilsangiz, qo'rqmasdan, dasturchiman deyavering 👨‍💻.

@sariqdev
Obunachilirimizdan yana 2 ta ajoyib bot:

1️⃣ @namazuzbot - Namoz vaqtlari, Qur'on tilovatlari va boshqa Islomiy ma'vzular

2️⃣ @wikipedia_uz_bot - Wikipediadan istalgan mavzuga oid ma'lumotlarni topuvchi bot.
Deyarli barcha dasturlash tillarida bir nechta shartlarni tekshirish talab qilinganida AND va OR operatorlaridan foydalanamiz:
if age>6 AND age<18:
yoki
if age<7 OR age>65:
va hokazo.

Pythonda esa bundan ham osonroq va tushunarliroq usuli bu all va any funksiyalaridan foydalanish.

Bu ikki #foydali funksiya bir nechta shartlarni ro'yxat ko'rinishida qabul qiladi:

any() funksiyasi ro'yxatdagi shartlardan birortasi bajarilsa TRUE qiymatini qaytaradi (OR operatori kabi):
>>> any([True, False, True])
True

all() funksiyasi esa ro'yxatdagi barcha shartlar bajarilsagina TRUE qiymatini qaytaradi (AND operatori kabi):
>>> all([True, False, True])
False

Keyingi safar sizdan bir nechta shartlarni tekshirish talab qilinganida bu ikki funksiyani tekshirib ko'ring.
Бўлажак дастурчилар улар учун қизиқ маълумот.

HackerRank портали 116000 иш берувчини сўроққа тутиб якуний ҳисоботни ўз сайтида нашр қилибди. Қизиққанлар учун ҳисоботдаги баъзи графикларни ўзбек тилига таржима қилдим.

Февраль, 2020 (1 йил аввалги постдан иқтибос).
Bir zumda dasturchi bo'lishni istaganlarga hackertyper.net sahifasini tavsiya qilaman.
Qolganlar esa, python.sariq.dev ga xush kelibsiz 😎
data-tech-companies-collect.png
827.5 KB
Hech xayolingizga kelganmi, katta IT kompaniyalar biz haqimizda qanday maʻlumotlarni toʻplashadi?
Security Baron kompaniyasi barchasini bir grafikka joylabdi, biz esa qoʻldan kelgancha tarjima qildik.

@sariqdev
Kasb tanlashda adashmang.

resume.io portali o'tkazgan so'rovnomaga ko'ra dunyodagi eng baxtli kasb egalari dasturchilar ekan.
Keyingi o'rinlarda bugalterlar, trenerlar, muhandislar.

Dasturchi bo'lishni istaganlarga esa python.sariq.dev sahifamizni tavsiya qiling.
@sariqdev
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/3JIhjqXNWj0

Ushbu darsimizda Pythonda fayllar bilan ishlashni oʻrganamiz.
Hamda, oʻzgaruvchilarni faylga saqlash uchun pickle moduli bilan tanishamiz
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/files-exceptions/33-files

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.