Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati
6.56K subscribers
37.4K photos
3.08K videos
229 files
13.7K links
Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali

Web site: http://sariosiyo.uz/

Elektron pochta: sariosiyo_t@exat.uz

Ishonch telefoni: +998 (76) 487-64-44, 1088

Yuridik manzili: Sariosiyo tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi 1-uy.
Download Telegram
#Sariosiyo_tumani
#WorldCleanUpDayUzb

Сариосиё туманида Бутунжаҳон тозалик куни муносабати билан “Экология биздан бошланади” шиори остида экологик акция уюшқоқлик билан ўтказилди.

Sariosiyo.uz|Facebook|Telegram
#Sariosiyo_tumani
#WorldCleanUpDayUzb

Сариосиёда “Экология биздан бошланади” шиори остида экологик акция ўтказилди

Бугун Сариосиё туманида Бутунжаҳон тозалик куни муносабати билан “Экология биздан бошланади” шиори остида экологик акция уюшқоқлик билан ўтказилди.

Акция доирасида туман ободонлаштириш бошқармаси, туман экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бўлими, туман "Тоза ҳудуд" ДУК ҳамда тумандаги корхона ва ташкилотлар ва аҳоли вакиллари иштирокида маҳаллаларда ободонлаштириш ишлари амалга оширилди. Жумладан:

🔹2150 дона мевали ва манзарали дарахтларга шакл берилиб, суғорилди ва оқлаш ишлари амалга оширилди;

🔹26 км узунликдаги ариқ ва зовурлар чиқиндилардан тозаланиб, чиқариб ташланди;

🔹марказий кўчаларда мавжуд йўллар четидаги бетон тўсиқлар текисланиб, оқлаш ишлари амалга оширилди;

🔹тумандаги мавжуд 112 та қабристонларда ободонлаштириш ишлари амалга оширилди.

Sariosiyo.uz|Facebook|Telegram
#Sariosiyo_tumani

“YANGI O‘ZBЕKISTON” MASSIVLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

📍👉Batafsil

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati
#Sariosiyo_tumani

O‘quvchilarning chet tilidagi savodxonligi namoyon bo‘ldi

Sariosiyo tumani 5-IDUMda ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan "INTELLIGENT ENGLISH LEARNERS" nomli tadbir o'tkazildi.

Tadbirda maktabning ingliz tiliga chanqoq saralangan ikki guruhi o'zaro bellashishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi va mehmonlarda ajoyib taassurot qoldirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sariosiyo_tumani

Bugun Sariosiyo tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i rahbarligida tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari xo‘jalik mudirlari va o‘t yoquvchilari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida dastlab maktabgacha ta'lim tashkilotida obodonlashtirish ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

So‘ngra joriy yilda autsorsing usulida isitish tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko‘mir yordamida isitiladigan pechlarning holati va ularni ishlatish tartibi bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sariosiyo_tumani

⚖️ Yerning har bir qarichi hisobli

🖇 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tuman hokimligi zahirasida bo'lgan sug'oriladigan ekin yer maydonidan tumanning "Sebzor" MFYda yashovchi fuqaro R.Z.X tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.02 gektar yer maydonini egallab olib, 20.48 kv.metrdan iborat qurilish boshlayotganligi holati aniqlangan.

📱 Aniqlangan holat yuzasidan Sariosiyo tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro R.Z.X ga noqonuniy qurilmasiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berildi.

🧩 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurayotgan qurilishlarini fuqaro R.Z.X tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga
ulashish: https://t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|
#Sariosiyo_tumani
#Seminar

🔘"Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusidagi seminarlar bugun Sariosiyo tumanidagi 3- va 9-sonli umumtaʼlim maktablarida ham boʻlib oʻtdi.

☑️Matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari Muhriddin Normurodov ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.i

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt