Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati
6.41K subscribers
36.5K photos
2.99K videos
225 files
13.2K links
Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali

Tuman hokimiga @Sariosiyo_404bot orqali murojaatingizni yo'llashingiz mumkin.
Download Telegram
#Sariosiyo_tumani
#Seminar

🔘"Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusidagi seminarlar bugun Sariosiyo tumanidagi 3- va 9-sonli umumtaʼlim maktablarida ham boʻlib oʻtdi.

☑️Matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari Muhriddin Normurodov ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.i

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Nodirabegim mahallasida tuman hokimi aholi va yoshlar bilan uchrashdi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Nodirabegim mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Nodirabegim mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

Sayyor qabul jarayonida, tuman hokimi A.Donayev tomonidan Nodirabegim mahallasidan xorijda yurgan fuqarolarining oila a’zolari bilan doimiy suhbatlashib turish, ularning talab va istaklaridan kelib chiqib ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda Sayxunobod tajribasini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan stadion qurish uchun yer maydoni ajratish, elektr ustunlarini yangilash, kontrakt to‘lovini to‘lash kabi masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: https://t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|Twitter
Aholi va yoshlar uchrashuvidan so‘ng, tuman hokimi Abduqodir Donayev xorijda uzoq muddatli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib qaytgan fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida, ularning mehnat sharoitlari, yashash holati, ish haqi va xonadonidagi mavjud holatlar o‘rganildi, shuningdek, fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: https://t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|Twitter