Bugun o'qigan va miyyamni portlatgan jumla..
Atrofdagilarga yoqaman deb Allohni nazaridan qolib ketma ey Muslima..!

👍18🔥7💯5❤4😢2
-O'qiyabsanmi ?
-Ha o'qiyabman.
-Qayerga harakat endi ?
-Jannatga..
-Ha o'qiyabman.
-Qayerga harakat endi ?
-Jannatga..
❤12👍4🕊4
Hayot uyqudir, o'limla uyg'onur inson.
Sen shoshil, o'lmasdan avval uyg'on!
©️ Jaloliddin Rumiy
Sen shoshil, o'lmasdan avval uyg'on!
©️ Jaloliddin Rumiy
👍6❤3👏2🕊2
Ayollari erkaklarining haybatini his qilmaydigan xonadondan uylana ko'rmang!
©️ Mahmudiylar oilasi
©️ Mahmudiylar oilasi
👍6🔥4💯2⚡1
Yanvar oyi haqida .. 1/12
Vaqt juda ham tez o'tib ketyotgandek to'g'risi. Odatiy ishlarim (ish, o'qish, sohamga oid yangiliklarni o'rganish) dan ortib yanvar oyida atiga ikkita kitob o'qishga ulgura oldim. Shular haqida qisqacha yozib o'tmoqchiman.
2025 - yilni Imom Zarnujiy ning Ilm Olish Sirlari kitobi bilan boshladim. Bu kitobning menga ta'siri juda katta bo'ldi. Kitobda ta'lim olishdagi odob, samimiylik, shuningdek ustozga bo'lgan hurmat haqida juda ko'p qimmatli fikrlar bor. To'g'risi ulamolarning ustozlariga bo'lgan hurmatlari meni juda lol qoldirdi. Shu o'rinda Xazrat Ali roziyallohu anhoning so'zlarini keltiraman:
Rauf Jilasunning Chuqur Uyqu kitobi yanvar oyida o'qigan ikkinchi kitobim bo'ldi. Kitobni bir yaqin do'stimning tavsiyasi bilan o'qidim va bu uchun do'stimdan juda hursand bo'ldim (rahmat!). Kitobda muallif G'arb va Sharq madaniyatlarini solishtirib, insonlarni haqiqiy baxt va saodatga erishish yo'llarini tahlil qiladi. Kitob menda tarixga, payg'ambarlarga bo'lgan qiziqishni ancha oshirdi, o'qish davomida Xristian, Yahudiy dinlari, shuningdek, Injil, Tavroq kabi muqaddas kitoblar haqida juda foydali bilimlar o'rgandim. O'ylashimcha, bu kitob kitobxonga iymonini mustahkamlashda ancha yordam beradi.
Qisqacha shular..shu yergacha o'qigan bo'lsangiz qo'yil 😁 (sarflagan vaqtingizga rozi bo'ling!)
Vaqt juda ham tez o'tib ketyotgandek to'g'risi. Odatiy ishlarim (ish, o'qish, sohamga oid yangiliklarni o'rganish) dan ortib yanvar oyida atiga ikkita kitob o'qishga ulgura oldim. Shular haqida qisqacha yozib o'tmoqchiman.
2025 - yilni Imom Zarnujiy ning Ilm Olish Sirlari kitobi bilan boshladim. Bu kitobning menga ta'siri juda katta bo'ldi. Kitobda ta'lim olishdagi odob, samimiylik, shuningdek ustozga bo'lgan hurmat haqida juda ko'p qimmatli fikrlar bor. To'g'risi ulamolarning ustozlariga bo'lgan hurmatlari meni juda lol qoldirdi. Shu o'rinda Xazrat Ali roziyallohu anhoning so'zlarini keltiraman:
Menga bir dona harf o'rgatgan kishining quliman. Xohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin, xohlasa qul qilib ishlatsin. Bu so'zlar ilmga bo'lgan hurmatni va ustozga nisbatan shaxsiy mas'uliyatni kuchaytiradi. Bu kitobni biror yangi ilmni o'rganishda samaraliroq natijga erishmoqchi bo'lganlar uchun tavsiya qilaman.Rauf Jilasunning Chuqur Uyqu kitobi yanvar oyida o'qigan ikkinchi kitobim bo'ldi. Kitobni bir yaqin do'stimning tavsiyasi bilan o'qidim va bu uchun do'stimdan juda hursand bo'ldim (rahmat!). Kitobda muallif G'arb va Sharq madaniyatlarini solishtirib, insonlarni haqiqiy baxt va saodatga erishish yo'llarini tahlil qiladi. Kitob menda tarixga, payg'ambarlarga bo'lgan qiziqishni ancha oshirdi, o'qish davomida Xristian, Yahudiy dinlari, shuningdek, Injil, Tavroq kabi muqaddas kitoblar haqida juda foydali bilimlar o'rgandim. O'ylashimcha, bu kitob kitobxonga iymonini mustahkamlashda ancha yordam beradi.
Qisqacha shular..
🔥12👍6⚡4
#krasnogorsk #xayitlik
Picnic ancha qimmatga tushdi 😅, lekin tabiat, manzara, toza havoga gap bo'lishi mumkin emas

👍7⚡3🔥3😍2😁1
Maqsadi katta bo'lgan insonlarni ko'radigan narsasi qisqa bo'lmaydi!
❤5👏3⚡2
3 so'm tarbiyasi
Yaqinda bir kichik, ammo odamga katta ta’sir o'tkazadigan hikoya eshitdim. Oddiy bir ota va uning farzandi haqida. Lekin bu oddiylik ortida katta hayotiy dars bor.
Har kuni maktabga jo‘nayotgan farzandiga ota 3 so‘m pul berar ekan. Lekin shunchaki emas. Shunday der ekan:
— Bu 3 so‘mning 1 so‘mini biz — ya’ni ota-onang uchun sarflaysan. 1 so‘mini o‘zing uchun. Qolgan 1 so‘miga esa sinfingdagi eng nochor do‘stingga, o‘zing olgan narsangdan hadya qilasan.
Dastlab bola bu topshiriqni biroz qiyinchilik bilan bajargan. Birinchi marta berganida — ichidan qizg‘anib, ikkilanib... Lekin hadiyani berganida o‘sha nochor do‘stining ko‘zidagi shunchalik samimiy quvonchni ko‘rganidan keyin u bola ichida qandaydir iliqlikni sezgan. O‘zi ham tushunmagan holda xursand bo‘lib ketgan. Bu oddiy bir hadyaning shu darajada quvonch berishi uni hayratda qoldirgan.
Vaqt o‘tishi bilan u bola endi nafaqat 1 so‘mni, balki o‘zi uchun ajratgan 1 so‘mini ham boshqalar bilan bo‘lishadigan bo‘lgan.
Bu hikoyani eshitganimdan keyin bir narsani yanada chuqurroq angladim:
Mehr va saxovat gap bilan emas, yurakdan chiqqan kichik amallar bilan o‘rgatiladi

🔥6👍3
Kod yoza olmaganlar uchun kod yozdim ..
Bir necha kun oldin Telegram kanalimga rasmdagi kabi inline tugmalari bor post yuklamoqchi bo'ldim. Izlanib ko'rdim, bunday post ni to'g'ridan to'g'ri yuklab bo'lmas ekan bot orqali yuklanarkan. Keyin menga yordami tegadigan bot qidirdim afsuski topa olmadim, ilojsizlikdan o'zim uchun bot yozishga kirishdim shunda menga premium fikr keldi 😁
"Bir daqiqa... agar men bunday muammoga duch kelayotgan bo'lsam, demak ko'pchilik kanal egalarida ham bunday muammo bor"
Shunday qilib, shaxsiy ehtiyojimdan boshlangan loyiha ommaviy yechimga aylandi. Bir necha kunlik tinmay mehnat, .NET da backend, PostgreSQL database, Docker orqali deploy...
Nihoyat tayyor! Endi har kim 2-3 daqiqada huddi shu ko'rinishdagi postlar yarata oladi. Kod yozish shart emas, murakkab sozlamalar yo'q.
Eng quvonarlisi - o'zim uchun qilgan ishim boshqa odamlarga ham foydasi tegishidan xursandman. Aytgancha ushbu post ham bot orqali yuklandi!
P.S. Sizda ham shunday holat bo'lganmi ?

🔥7💯3👍2❤1
Forwarded from Hamid Sodiq | Rasmiy kanal
Falastin (06-08-2025) - (Lotin).pdf
5.5 MB
Nadejda Kevorkovaning “Falastin: agar o‘lishim lozim bo‘lsa” asari tarjimasiga kirishar ekanmiz, avvalo ushbu kitobning iloji boricha keng tarqalishini va kitobxonlarga turli (bosma, elektron, audio) shakllarda yetib borishini niyat qilgandik. Lekin, shu bilan birga asarning rasmiy chop qilinishi va bosma kitob shaklida ham mavjud bo‘lishi juda muhim edi. Mana ko‘p o‘tmay ushbu asarning elektron nusxasini ochiq e’lon qilmoqdamiz.
Men ushbu kitobning chop qilinishida iroda ko‘rsatgan va mas’uliyatni zimmasiga olgan “TIRILISH” nashriyoti va “IbooK” jamoasiga, shuningdek menga hamisha yelkadosh bo‘lib, ijodiy muhit yaratib kelayotgan, qadrli «FIKRAT» jamoasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman.
@Hamid_Sodiq

🔥2
Forwarded from Aziz Rahimov
Bir kilogram koʻmirning quvvati bilan, bir oy bitta chiroqni yoqib turish mumkin.
Yogʻning quvvati bilan bir yarimta. Benzin quvvati bilan ikkita.
Oʻshancha uran bilan esa uch millionta(!) chiroqni yoqib turish mumkin!
Moddalarning quvvat zichligi har xil.
Odamlarda ham shunday.
Odamlar bor, umri davomida bitta odamni (oʻzini) ham oʻzgartira olmaydi.
Odamlar bor, minglab odamlarni oʻzgartiradi. Minglab chiroqlarni yoqishadi. Biz ularni haqiqiy ustozlar deb nomlaymiz.
Chiroqlar kerak, chiroq yoquvchilar esa yanada koʻproq kerak.
Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar.

🔥4❤3
Kanalim borligi ham esimdan chiqib ketibdi 😅
Assalomu alaykum hammaga, ishxonamizda kamida 1 yillik tajribasi bor C#, .NET dasturchi qidirishyapti shunday nomzodlar bo'lsa tavsiya qilib yuborishim mumkin. @saminov_dev

❤1👍1😁1
Taqillatdi.
Yana taqillatdi.
Yana va yana taqillatdi.
Oxiri eshik ochildi...
Yana taqillatdi.
Yana va yana taqillatdi.
Oxiri eshik ochildi...
🔥2⚡1❤🔥1👨💻1👀1