Sevgi haqida she‘rlar
4 subscribers
Bizlar uchrashgan o‘shal xiyobon
Qanday bo‘lsa shunday turib hamon
Download Telegram
Channel created
Uning charos ko‘zini
Ikki zulfi to‘sardi
Inson emas go‘yoki
Farishtaga o‘xshardi
Ko'zim uzolmay qoldim
Uning go‘zal yuzidan
Bol tomardi ishoning
Uning har bir so‘zidan
Bir boqishda bog‘lanib
Qolayapman husniga
Uning yonida gapimni
Tushurolmasdan o‘rniga
Ne deyishni bilmayman
Har boqqanda hayajon
Ne qilishni bilmayman
Yurakda esda g‘alayon
Yurak aytar gapir deya
Aql esa quloq solmas
Uning chiroyin ko‘rganda
Xatto birgina so‘z kelmas
🎄2💔1
Salom hammaga
😁1
Vashe esmdan chiqibdi bu kanal 😂😂
🤩1
🌙 Shoirning Mamlakati

1-qism
✍️ Abdumalikov Sardor

Ba’zan hayotning shovqini yuragimni bosib, har bir nafasimni og‘irlashtiradi. Shahar gavjumligini, odamlarning shovqinini, hattoki shamolning shivirini ham eshitgim kelmay qoladi. Ana shunday paytlarda men sukut izlayman — jimlik ichida yashiringan, so‘zlar bilan to‘ldirilgan dunyoga ketaman.

Men u dunyoni “Shoirning mamlakati” deb atayman.

Bu mamlakat hech bir xaritada yo‘q. Unga yetish uchun yo‘l xaritasi yoki chipta ham kerak emas. Bu manzil yurakda yashaydi, so‘zlar bilan qurilgan va ruhga taalluqli. Har bir qadamda, har bir shivirda u tirik, har bir nafas bilan yana yangilanadi.

Har safar u yerga borganda, men o‘sha eski o‘rmon yo‘lidan yuraman. Daraxtlarning yaproqlari shivirlaydi, xuddi menga she’r o‘qigandek. Havo tiniq, osmon moviy ipakday sokin. To‘shaklar kabi yumshoq moxlar ostida yurganda, yerning hidini his qilasan: nam tuproq, o'tlarning mayin shivirini, daraxtning yog‘ochiga yopishgan yomg‘ir tomchilarini. Men har doimgidek gulhan yoqaman — alangalar o‘rmonning sirli soyalarida o‘ynaydi, yuzimni muloyim issiqlik qoplaydi, yuragimda nimadir uyg‘onadi. Ilhom, deyman ichimda.

Bir kuni bolalikdan beri tanigan do‘stim Ravshan menga qarab so‘radi:
— Sardor, sen doim “Shoirning mamlakati” deysan. Bunday joy haqiqatan ham bormi o‘zi?

Men jilmaydim:
— Ha, bor. Faqat uni hamma ko‘ra olmaydi.

U menga ishonmadi. Lekin nigohida qiziqish uyg‘ondi. Shunda men unga taklif qildim:
— Agar xohlasang, seni ham olib boraman. Lekin sharti bor bitta: u yerda gapirmaysan, faqat tinglaysan.

U rozi bo‘ldi.

Biz jim bo‘ldik. Atrof sokinlikka cho‘mib bordi. Qushlarning ovozi biroz uzoqlashdi, shamol ham tinchidi. Ko‘zlarimizni yumganimizda esa dunyo birdan o‘zgardi.

Endi biz tog‘lar orasida edik. Osmonda oppoq bulutlar suzardi, havoda g‘alati bir tinchlik — yurakni quvontiradigan osoyishtalik. Tog‘lar orasidan o‘tgan daryoning suvi quyosh nurida qizil va olov ranglarida porlardi. Ravshan atrofga hayrat bilan qaradi:
— Bu yer... bu yer haqiqiy shekilli?

Men bosh irg‘adim:
— Bu so‘zlardan yaralgan dunyo, — dedim. — Har bir narsa she’rga o‘xshaydi, faqat jimlikda eshitiladi.

Biz gulhan yoqdik. Alangalar yuksalib, xuddi raqsga tushayotgandek silkinardi. Men asta qog‘oz va qalamni qo‘limga oldim. Ravshan jim qarab turardi.

Olovning issig‘ida qog‘ozga birinchi satrlar tushdi:

> Bu yerda g‘amlardan asar ham yo‘qdir,
Atrof shodliklarga to‘lgan mehrdan.
Sizlarni ham taklif qilib qolardim,
Lol qolasiz o‘zgacha go‘zal sehrdan.



Qalam jimlikni varaqlayotgandek, yana davom etdi:

> Bu yerda sokinlikdan bahra olasiz,
Dardingizni butkul unutasiz bir kun.
Keyin mamlakatimni yoqtirib qolasiz,
Rosa ko‘p kelasiz meni yo‘qlamoq uchun.



Ravshan she’rni tinglab yengil kulimsiradi. Nigohida hayrat va tushunish uyg‘ondi.
— Bu she’r... bu yerning ovoziga o‘xshaydi, — dedi u asta.

Men jilmaydim:
— Har gal shu yerga kelganimda, so‘zlar o‘z yo‘lini topadi. She’r — bu yerning tili.

Biz uzoq o‘tirib qoldik. Tog‘larning sokinligida hatto qushlarning eng mayin shivirini ham eshitish mumkin edi. Quyosh botdi, osmonda oy chiqdi. Oy nuri gulhanga tushdi — alangalar kumushdek porladi. Men yana yozishni davom ettirdim. So‘zlar o‘z-o‘zidan kelar, yuragim yengillashar edi.

Ravshan esa jim o‘tirardi. Endi u hech narsa demasdi. Faqat osmonga qarab, tinchlikni his qilardi. Men bildim — u ham endi Shoirning mamlakatini topgan edi.

Tong otganda, biz yana ko‘zimizni yumdik. Ochganimizda esa yana eski hayot — shovqin, shahar, odamlar... Ammo yuragimizda o‘sha osoyishtalik, tabiatning shivirlagan she’rlari va yurakdagi ilhom qolgan edi.

Men ichimdan shivirlab dedim:

> “Har kimda bor bu mamlakat,
Faqat topa olish kerak...”



Endi esa men ko‘rgan va his qilgan bu mamlakat, har bir so‘z, har bir jimlikda yashaydi, faqat yurak ochiq bo‘lsa, uni eshitish mumkin.
Har bir barg, har bir shivir sir saqlaydi,
Kim tinglasa, yuragi kengayar.
Shoir mamlakati hech qayerda ko‘rinmaydi,
U faqat yurakning tubidan topilar.
Har kuni bir xil yo‘l, bir xil metro, bir xil shovqin... Ammo har safar yurakda biroz boshqacha og‘riq vujudga keladi
Go‘yo hayot ham metroga o‘xshab, har bekatda bir nimani olib, bir nimani tushirib ketadi. Faqat farqi shundaki, hayotning bekatida kim tushishini yoki kim chiqishini o‘zing tanlay olmaysan...