Samarqand Kadastr
1.11K subscribers
1.89K photos
344 videos
1.27K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Alisher Navoiy – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi


📚 Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan.
Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan;
📖 ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan;
🪩 tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.

📚 Ko‘rib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda.
Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Assalom
Navro'z!

🇺🇿 Bugun Navro'z - bahor, sharqona yangi yil, barcha xalqlarning do'stlik va birlik, ma'naviy aloqalar, kelajakka yangi umidlar va istiqbollar ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir. Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram. Bu bayram qadim-qadim zamonlardan buyon elimiz ardoqlab kelayotgan, elimizni, yurtimizni ulug‘lab kelayotgan bayram.

🌱🌤 Sizlarni kirib kelgan yosharish va yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi - Navro'z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizlarga bahordek yoshlik va go'zallik, sog'-salomatlik tilaymiz. Oilangizdan baxtu-saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin. Vatan ravnaqiga o‘z hissani qo‘shish istagi bilan olg‘a qadam bosayotgan yoshlarimizga esa kuch-g‘ayrat yor bo‘lsin!

🌷 Yurtimiz tinch, buyuk va muqaddas Vatanimiz — jonajon O‘zbekistonimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

7-may — Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni


🫥 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023-yildagi PF-76-son Farmoni bilan yurtimizda 7-may Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni deb eʼlon qilindi.

🕐 Barchamizga maʼlumki, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi dunyo iqtisodiyotining oʻsishiga bevosita ijobiy taʼsir oʻtkazadi. Hozirgi tezkor rivojlanish davrida, qayerda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari hayotga izchil tatbiq etilsa, oʻsha joyda oʻsish boʻladi. Bu sohaning turli faoliyatlarga joriy qilinishi iqtisodiy oʻsish va davlatning ilmiy-texnik rivojlanishida bosh omil vazifasini oʻtaydi.

🪐 Bugungi kun munosabati bilan aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va servislardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishda ter toʻkib kelayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi vakillarini muborakbod etamiz. Raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish, sohaga yangiliklar olib kirishda yanada muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni


📝 Bugun jamiyatning, insonning manfaat va qiziqishlari, ijtimoiy taraqqiyot maqsadlaridan kelib chiqib, amaliyotga tadbiq etuvchi, qayta tashkil etuvchi, ta’sir ko‘rsatishda o'z o'rniga ega bo'lgan, ijtimoiy taraqqiyotning ulkan harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

✏️ Kezi kelganda insonlar o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda eta olishga ham ojizlik qilgan bir pallada, o'z mahorati bilan nafaqat aholi o‘rtasida, balki xalqlar, mamlakatlar, millatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta'minlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o'rni beqiyos.

🫥 Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda O‘zbekistonda 2 140 ta yoki 2016-yilga nisbatan 626 taga ko‘p ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritgan. Anʼanaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetgan. So‘nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgan.

💐 Fursatdan foydalanib, sadoqatli va zahmatkash ommaviy axborot vositalari va soha axborot xizmati xodimlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli mehnat yo‘llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-avgust-Tadbirkorlar kuni

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 23-dekabrda "Tadbirkorlar kunini belgilash to`g`risidagi" Qonun imzolangan bo`lib, 20-avgust sanasi mamlakatimizda "Tadbirkorlar kuni" deb e`lon qilingan.

💼 Yurtimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida" gi Qonuni qabul qilingan bo`lib, ushbu qonun fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishlarini hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlab kelmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni ushbu kun munosabati bilan samimiy qutlaydi va barcha tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biridir.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdek sharafli vazifani sidqidildan bajarayotgan Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

💐 Xalqimizning tarixiy-madaniy va boy ma'naviy merosini himoya qilish, tinch va osoyishta turmush kechirishini ta'minlash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-sentabr - Xalqaro turizm kuni

🌎Xalqaro turizm kuni - Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta'sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi.

🇺🇿 Yurtimizga 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 248,2 ming nafarga ya'ni 9,6 % ga oshganligi mamlakatimizda turizm sohasida sezilarli darajada o'sish bo'layotganidan dalolat beradi. Joriy yilning 5 oyi davomida quyidagi davlatlar fuqarolarining tashrifi amalga oshirilgan:

◼️Tojikiston – 871,5 ming nafar;
◼️Qirg'iziston – 857 ming nafar;
◼️Qozog'iston – 498,2 ming nafar;
◼️Rossiya – 289,6 ming nafar;
◼️Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
◼️Turkiya – 42,1 ming nafar;
◼️Hindiston – 23,2 ming nafar;
◼️Xitoy – 22,8 ming nafar;
◼️Italiya – 15,3 ming nafar;
◼️Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
◼️Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar

💐 Shu o'rinda, barcha turizm sohasi xodimlarini hamda fuqarolarimizni ushbu bayram bilan samimiy qutlaymiz. Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlar soni yanada ko'payaverishini hamda O'zbekiston iqtisodiyotida turizmning tutgan o'rni yanada yuqori bo'laverishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM