#rasmiy_munosabat
⚡️ Tezkor munosabat
✅ Bugun ijtimoiy tarmoqqa "Samarqandda ikki daqiqalik masala ikki yilda ham hal etilmagan..." mavzusida videolavha eʼlon qilindi.
💬 Mazkur videolavhada nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijlariga ko‘ra, tahliliy ma’lumotlar asosida batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️ Rasmiy munosabat
✅ Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqda "Samarqandda ikki daqiqalik masala ikki-yilda ham hal etilmagan..." mavzusida videolavha bo‘yicha tezkor munosabat bildirilgan edi.
Ushbu videomurojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan mavjud hujjatlar asosida murojaat muallifi va Effect.uz internet-nashri xodimlari ishtirokida joyida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida murojaat muallifi ya’ni, Bulung‘ur tumanidagi “Shamsiddin nur sayqali” fermer xo‘jaligiga tuman hokimining tegishli qarori bilan 2016-yilda 11,0 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, keyinchalik 2019-yilda tumandagi fermer xo‘jaliklari yerlarini maqbullashtirish jarayonida ushbu 11,0 gektar yer maydonlari boshqa 3 ta fermer xo‘jaliklari yeriga qo‘shib berilganligi ma'lum bo'ldi.
Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tuman hokimligiga kiritilgan protest va taqdimnomalarga asosan tuman hokimining tegishli qarorlari bilan “Shamsiddin nur sayqali” fermer xo‘jaligiga taalluqli bo‘lgan 11,0 gektar yer maydonlari dastlabki holatga qaytarilishi belgilangan.
Shundan so‘ng mazkur nizoli holat bir nechta sud jarayonlarida ko‘rib chiqilgan. Biroq, “Shamsiddin nur sayqali” fermer xo‘jaligi nomiga qaytarilishi lozim bo‘lgan yer maydonlari bo‘yicha tegishli 3 ta fermer xo‘jaligining yer-ijara shartnomalariga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilmagan.
Shu bois, mazkur holat yuzasidan tegishli yer-ijara shartnomalariga tomonlar ixtiyori bilan o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng, 11,0 gektar yer maydoni bo‘yicha “Shamsiddin nur sayqali” fermer xo‘jaligi nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

✅ jtimoiy tarmoq sahifalarida jurnalist Nodir Jo‘ramurodovning “Hujjatlar harakatdami yo fuqarolarmi?” mavzusi ostidagi maqolasi e’lon qilindi. Ushbu maqolada nazarda tutilgan kadastr raqami bilan bog‘liq muammoli holat yuzasidan, ba'zi texnik xatolik sababli kadastr ma’lumotlar bazasida ko‘rinmay qolgan tegishli kadastr raqamiga aniqlik kiritildi va holat bartarаf etildi.
💬 Yuzaga kelgan ayrim noqulayliklar bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi fuqarolardan uzr so‘raydi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️ Rasmiy munosabat
↪️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” ko‘rsatuvida Qo‘shrabot tumani “Qirqovul” qishlog‘ida yashovchi fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaat bo‘yicha efirga uzatilgan lavhada qayd etilgan yer va uy-joy masalalari yuzasidan bir necha bor joyiga borib o‘rganilib, murojaat mualliflariga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, aniqlangan noqonuniy holatlar va noto‘g‘ri tayyorlangan kadastr hujjatlarini bekor qilinishi sabablari tushuntirib berilgan.
➡️ Batafsil: Bu joyda bir nechta muammoli masala bir-biriga bog‘liq holat yuzaga kelgan. Ushbu holatlar yuzasidan bizdagi mavjud hujjatlar va kosmik syomkalar asosida batafsil, to‘liq ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT
Lavhada ko’tarilgan masalalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️ Rasmiy munosabat
✔️ Ijtimoiy tarmoqlarda Xurshed Sharopovning Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga yo‘llagan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
◾️ Fuqaro Xurshed Sharopovning Kadastr agentligi viloyat boshqarmasiga “Maktabgacha taʼlim muassasasining bolalar o‘yingohi atrofidagi devorni buzdirish uchun sudga daʼvo kiritish to‘g‘risida”gi arizasiga quyidagilarni maʼlum qilamiz.
◾️ Fuqaro tomonidan devorlari buzilishi so‘ralayotgan 0.05 gektar yer maydoni Samarqand tumani hokimining qaroriga ko‘ra fuqaro Umarova Rayhonaga maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalar o‘yingohi tashkil etish, manzarali daraxtlar ekish va imorat qurmaslik sharti bilan ajratib berilgan bo‘lib, hozirgi kunda o‘yingoh tashkil qilinib, bolalar xavfsizligi maqsadida faqatgina atrofi devor bilan o‘rab qo‘yilgan.
📃 Mazkur nizoli masala bo‘yicha tuman hokimining qarorini bekor qilish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga daʼvo kiritilib, ushbu daʼvo FIB Toyloq tumanlararo sudining 2022-yil 6-yanvardagi hal qiluv qarori bilan rad qilingan. Ikkinchi sud majlisida ham FIB Toyloq tumanlararo sudining qarori Samarqand viloyati sudining appelyatsiya instansiyasining 2022-yil 11-apreldagi qarori bilan o‘zgartirishsiz qoldirilgan.
💬 Yuqoridagilarga inobatga olgan holda fuqaro Xurshed Sharopovning ushbu yer maydoniga egalik qilish uchun hech qanday huquqiy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli “Maktabgacha taʼlim muassasasi bolalar o‘yingohi atrofidagi devorni buzdirish uchun sudga daʼvo kiritish to‘g‘risida”gi talabi rad etilishini ma’lum qilamiz.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️ Rasmiy munosabat
✔️ Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.Ismoilova “Renessans” telekanaliga murojaat qilib, 2006-yilda tuman markazidagi dehqon bozor hududidan sotib olgan yeridan foydalana olmayotgani, uning yeri bozor hududiga qo‘shib yuborilgani, turli tashkilotlarga qilgan murojaatlari javobsiz qolayotgani haqida so‘z borgan.
Ushbu videolavhada nazarda tutilgan joy bundan oldin shahar hokimining 2002-yildagi tegishli qarori bilan boshqa fuqaro ya'ni SH.Aminovga doimiy foydalanish huququ bilan biriktirib berilgan va 2003-yil yanvar oyida yana qo‘shimcha yer maydoni qo‘shib berilgan.
📃 Biroq shahar hokimining 2003-yil fevral oyidagi qarori bilan yuqoridagi qarorlari bekor qilinib, yer maydonlari dehqon bozoriga doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berilgan.
Shunday bo‘lsada, ushbu yer maydonida birinchi fuqaro SH.Aminov foydalanishi vaqtida qurilgan do‘konlarga nisbatan ekalik huquqi mavjud bo‘lmasada, to‘rt qismga bo‘linib sotilgan. Shundan bir qismini mazkur murojaatchi fuqaro sotib olgan bo‘lgan.
◼️ Videolavhada ko‘rsatilgan fuqaro M.Islamova talab qilayotgan savdo do‘koni yer maydonlari aslida fuqaro SH.Aminov egaligida bo‘lgan davrdayoq yer maydonidan foydalanish huquqi bekor qilinganligi sababli fuqaro Islamova Mahbubaga yer maydonidan foydalanishga huquqiy asoslar mavjud emas.
Mazkur muammoli masala uzoq yillar davomida nafaqat Kadastr organlari tomonidan shuningdek, bir nechta sud instansiyalarida va shu davlarda faoliyat olib borgan Kattaqo‘rg‘on shahar hamda viloyat hokimlari tomonidan ham ko‘rib chiqilgan bo‘lsada, o‘zining huquqiy yechimini topmagan.
Shu bois, ushbu nizoli masalani ijobiy hal etish bo‘yicha Kadastr agentligining vakolati cheklanganligini ma‘lum qilamiz.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Ushbu videolavhada nazarda tutilgan joy bundan oldin shahar hokimining 2002-yildagi tegishli qarori bilan boshqa fuqaro ya'ni SH.Aminovga doimiy foydalanish huququ bilan biriktirib berilgan va 2003-yil yanvar oyida yana qo‘shimcha yer maydoni qo‘shib berilgan.
Shunday bo‘lsada, ushbu yer maydonida birinchi fuqaro SH.Aminov foydalanishi vaqtida qurilgan do‘konlarga nisbatan ekalik huquqi mavjud bo‘lmasada, to‘rt qismga bo‘linib sotilgan. Shundan bir qismini mazkur murojaatchi fuqaro sotib olgan bo‘lgan.
Mazkur muammoli masala uzoq yillar davomida nafaqat Kadastr organlari tomonidan shuningdek, bir nechta sud instansiyalarida va shu davlarda faoliyat olib borgan Kattaqo‘rg‘on shahar hamda viloyat hokimlari tomonidan ham ko‘rib chiqilgan bo‘lsada, o‘zining huquqiy yechimini topmagan.
Shu bois, ushbu nizoli masalani ijobiy hal etish bo‘yicha Kadastr agentligining vakolati cheklanganligini ma‘lum qilamiz.
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
⚡️ Rasmiy munosabat
▪️ Ijtimoiy tarmoq orqali jurnalist Sh.Shokirjonov tomonidan “yo‘q uyga soliq to‘layapman” mazmunida kadastr va soliq idoralariga murojaat qilgan. Ushbu murojaat Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish natijasida Oqdaryo tumani “Po‘latdarxon” mahallasi “Qirqdarxon” massivi hududida joylashgan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joy bo‘yicha murojaat muallifi Sh.Shokirjonov nomiga 2014-yilda kadastr yig‘majildi tayyorlangan va tegishli ma’lumotlar “Ko‘chmas mulk-3” bazasiga kiritilgan. Keyinchalik Sh.Shokirjonov ushbu uy-joyni 2018-yilda notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa fuqaro ya’ni B.Nurmamatovga sotgan.
Shundan so‘ng, ushbu uy-joy uchun fuqaro B.Nurmamatov nomiga tayyorlangan kadastr yig‘majildiga boshqa kadastr raqami berilgan. Biroq “Ko‘chmas mulk-3” dasturida ishlash jarayonida mutaxassis tomonidan harakatlar ketma-ketligi shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilganligi sababli birlamchi kadastr yig‘majildi uchun berilgan kadastr raqami o‘zgarmay qolgan.
💬 Ushbu xatolik yuzasidan Oqdaryo tumani filiali Kadastr hisobi muhandisi, ma’lumotlar bazasiga mas’ul A.X.ga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, mazkur xatolik natijasida tuman soliq idorasi tomonidan fuqaro Sh.Shokirjonovga hisoblangan soliq qarzdorligini bartaraf qilish choralari ko‘rilayotganligini ma'lum qilamiz.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
O‘rganish natijasida Oqdaryo tumani “Po‘latdarxon” mahallasi “Qirqdarxon” massivi hududida joylashgan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joy bo‘yicha murojaat muallifi Sh.Shokirjonov nomiga 2014-yilda kadastr yig‘majildi tayyorlangan va tegishli ma’lumotlar “Ko‘chmas mulk-3” bazasiga kiritilgan. Keyinchalik Sh.Shokirjonov ushbu uy-joyni 2018-yilda notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa fuqaro ya’ni B.Nurmamatovga sotgan.
Shundan so‘ng, ushbu uy-joy uchun fuqaro B.Nurmamatov nomiga tayyorlangan kadastr yig‘majildiga boshqa kadastr raqami berilgan. Biroq “Ko‘chmas mulk-3” dasturida ishlash jarayonida mutaxassis tomonidan harakatlar ketma-ketligi shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilganligi sababli birlamchi kadastr yig‘majildi uchun berilgan kadastr raqami o‘zgarmay qolgan.
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Rasmiy munosabat
▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!
#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
Rasmiy munosabat!
🔰Ijtimoiy tarmoq orqali “Samarqand shahrida Davlat yerlari va ko‘chalari, ya’ni davlat mulklari jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy egallab olinishi va o‘zboshimchalik bilan ish yuritilishi huquqiy to‘g‘rimi?“ - degan mazmunda yo‘llangan murojaatdagi tegishli holatlar bo'yicha Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
🔶 Mazkur murojaatda ko‘rsatilgan piyodalar o‘tish qismini temir tunuka to‘siq bilan o‘rab olinganligi halati o‘rganilganda, Samarqand shahar Isayev ko‘chasi 1-uy-joyning egasi tomonidan ushbu uy-joyda qayta qurish ishlari amalga oshirilayotganligi sababli, xavsizlikni ta’minlash maqsadida qurilish maydoni o‘rab qo‘yilganligi aniqlandi.
✅ O‘tkazilgan tushuntirishdan so‘ng, ushbu to‘siqni fuqaro o‘ziga tegishli hududga ko‘chirib, piyodalar yo‘lagini ochib qo'ydi.