Samarqand Kadastr
744 subscribers
1.49K photos
257 videos
1.04K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning beshinchi sonida:
📍Navoiy viloyati hamda 📍Samarqand viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #5_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📃📃📃📃

🔺AHOLI MUROJAATLARI HAL ETILMOQDA

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mas'ullari hamda Samarqand viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Samarqand viloyati, Jomboy tumanida o'tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda fuqarolarning sohaga oid murojaatlari tinglandi.

🔸 Sayyor qabulda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari eshitilib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabul davomida 15 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida 10 tasi huquqiy ma'lumot berish orqali ijobiy hal etildi. 5 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

#Kadastr_agentligi #sayyor_qabul

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #Targ'ibot_tadbiri

🔰Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan “Ishchi guruh”lar tuzilib, viloyatimiz aholisi tomonidan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish va noqonuniy qurilish qilmaslik bo‘yicha fuqarolarni bu kabi qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasligini oldini olish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

🔹 Xususan, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari G‘.Kurbanov va S.Gafforovlar hamda Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshliqlari B.No‘monov va J.Muzrobovlar tomonidan Paxtachi tumanidagi “Nayman” MFY aholisi bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zboshimchalik bilan, noqonuniy yer maydonlarini egallab olish va qurilish qilishning salbiy oqibatlari va bu borada soha xodimlari bilan kuzatilishi mumkin bo‘lgan turli-xil korrupsion holatlarni oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #Yer_nazorati

🔰Kadastr agentligining Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tumandagi “O‘rta Oxalik‘” MFY hududida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilganda tumandagi “Mexrobod agrotexservis” agrofirmasi yer xaritasining 801-konturidan, shu mahallada yashovchi fuqaro I.K. tomonidan o‘zboshimchalik bilan jami 0,25 ga yer maydonini egallab, devor bilan o‘rab olib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

❗️Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Samarqand tuman bo‘limi tomonidan fuqaro I.K.ni o‘zboshimchalik egallab olingan 0,25 ga yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish va noqonuniy qurilishni o‘z hisobidan bartaraf etish bo‘yicha FIB Toyloq tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilgan.

‼️Shundan so‘ng, Sudning tegishli Hal qiluv qaroriga asosan tuman MIB tomonidan fuqaro I.K.ni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 0,25 ga yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish va noqonuniy qurilishni bartaraf etilishi ta’minlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" radiosining "Yangiliklar" informatsion dasturida.

🫥Unda boshqarma boshlig‘i Fozil Xudoykulov tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #radio

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #Yer_nazorati

Kadastr agentligining Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan joriy yil 3-iyun kuni tumandagi “Buyuk Turon” MFY hududida monitoring ishlari o‘tkazilganda, shu mahallada yashovchi fuqaro R.X. tomonidan tuman zahira yer maydoni hisobida bo‘lgan 0,15 ga yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish osti maydoni 45 kv.metr bo‘lgan “molxona” binosini noqonuniy qurib, foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan fuqaro R.X.ga nisbatan O‘zbekiston Rsepublikasi MJtKning 90-moddasi 3-qismiga asosan (51,0 mln.so‘m) ma’muriy jarima qo‘llanilgan va noqonuniy qurilishni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda ogohlantirish xati berilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro R.X. tomonidan ogohlantirish xatida belgilangan 15 kunlik muddat ichida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 0,15 ga yer maydoni asl holatiga qaytarilib, qurilish osti maydoni 45 kv.metr bo‘lgan “molxona” binosi o‘z hisobidan bartaraf etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM