SAMUM🌪️
34 subscribers
43 photos
37 videos
9 links
Bu kanalga obuna boʻlish mumkin istasangiz.
Oʻxshamagan, sheʼr deyishga til bormasada qofiyadosh matnlarimni joylab boraman (oʻzim uchun).
Istasangiz aʼzo boʻling, istamasangiz yoʻq...

https://t.me/kuzatuv_natijalari
Download Telegram
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
2🔥2
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Ha, men yomon odamman ishonavering,
Hammani oʻzimdek koʻraveraman.
Koʻngilni ezgʻilab "qum" qilsangiz ham,
Sizgada jilmayib turaveraman...

"Sizlarda ayb yoʻq, sizlar begunoh!"
- Kim aytdi ishon deb hammalariga?
- Bilmasam, toʻxtayinmi shuni bugunoq?
- Yoʻq jilmayaver, qoʻy oʻzlariga...

:).....:).....:)...

#hammasi_yaxshi
#Alhamdulillah

#rekvizit
2🔥1😁1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13_Aliboyev)
2🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13_Aliboyev)
Sheʼr yozmay qoʻyibman, oʻylab qarasam,
Balki dard kerakdir ilhom olishga?
Yoza olardim-ku, dardsiz istasam,
Yoki sayohatlar... Ketsammikin-a, olis-olisga...

Charchadik alishtirib har tur niqoblar,
Shunga gaplarimiz sheʼr boʻlolmasmi?
Shoshma men topdim, aybli sabablar -
Koʻrgi"miz" kelyabdi tepaliklarni...

Biror yoqqa boraylik...

#rekvizit
2🔥2👏1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13_Aliboyev)
Hozircha hech kim uchun atalmagan.(Hozircha)


Nigohing tubiga yutsa tanamni,
Husning koʻzlarimni olsa berkitib,
Ovozing band qilsa hayolxonamni
Baxt oʻzi topadi bizni qidirib.

Men uchun "kavlanib" yuzdagi kulgich,
Kipriging toʻkilsa, diydor sogʻinib,
Koʻngilchi, ismimla aylasa oʻtinch
Baxt oʻzi topadi bizni qidirib.

⌛️23:33.

Buning yozilish vaqtida bir qoʻshiq qayta va qayta yangradi, commentda qoldiraman.

#rekvizit
5👍1🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Oʻylab qarasam sheʼrni yozilgan vaqti saqlab ketavergan ekanman. Uni birlashtirish esa mana endi boʻldi.


Bayonnoma...


Gʻanimat onlarni bilib saodat,
Bir-birlarimizdan topib kamomad,
Xato qilganlarni koʻrsatib - nomard,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...

Qaytgilari kelmas koʻchadan uyga,
Yuraversangda raqs tushib, shayton kuyiga.
- Ibodat!
- Adolat!
Qoʻl siltab, bari-bariga...
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Mast boʻlib, baxtlarning eng sarasidan,
Qoʻrqmaymiz oʻzganing dil yarasidan,
Chiqmasdan taqdirning har "nota"sidan,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Hech kuzatyabsizmi, tongdagi shafaq?
- Yoʻq, oʻsha uyqudir bizga ittifoq.
Farzlarni unutib, ertadan ilhaq,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Koʻz ochding, qaraysan, kelganmi xabar,
Layklarchi, commentchi? "Rek"da aylanar...
"Gunoh ummoni"da suzib darbadar,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Aytamiz:
- Dunyoda, dunyo xiylagar!
- Mendek beaybdan u nima istar?
Shaytonni ayblab, undan besh battar
Yashab ketayabmiz dunyodan oʻtib...


- Kechirish ne kerak? Otilsin! Tamom!
Ota qolinglaraaa, "qoʻlingda osmon"!
Jaloldin aytganidek:
- Yana oʻsha biz yomon!
Asta borayabmiz-ku dunyodan oʻtib...


KHA_13

#rekvizit
5
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
...(beizoh)

- Kel uchamiz birga, qanotni yozib!
(Agar bor boʻlsa bizda) Aqldan ozib!
"Matemchi", "Fizik"ning qonunin buzib,
Osmonning oxirin topib kelamiz...


- Kel suzamiz birga, yelkanni yoyib!
Toʻlqinli tuygʻular ummonin kezib!
Shoirlar orzusin biz ushaltirib,
Baxt yoʻli xaritasin tuzib kelamiz...


#rekvizit
3🔥2
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Sir

Gulim deyman, gulim qoʻlda tutolmayman,
Na atringiz hidin toʻyib tuyolmayman,
Rasmingizga toʻkib yutgan dardlarimni
Bir sirimni sizga sira ocholmayman.

Siz bilmaysiz qalbning toʻlqin tugʻyonini,
Har nigohda sizga nelar demaganman...
Gumonlarim yengib jasur qatʼiyatni,
Shu sirimni sizga sira ocholmayman...

16.06.23 01:45

#rekvizit
6🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
(Toʻqima haqiqatlar)

Ishon, sensiz oʻtmaydi kunim,
Oʻylamagin, bu - shuhratparast!
Sheʼrga solib oʻsha yashirin
Kulgichingni sogʻinganim rost...

Boqmaysanmi bir bor osmonga?
Nima derkin senga koinot?
Zuxrosidek porlagan oʻsha
Koʻzlaringni sogʻinganim rost...

Eshit, senga soʻylaydi shamol,
Hislarimga boʻlganin qanot.
Dardlarimning davosi shu bol -
Soʻzlaringni sogʻinganim rost...

Butun borliq shu haqda soʻzlar,
Sen ham ayt-chi, sogʻingandirsan?
Kimligingni bilmasamda har -
Sogʻinganing sogʻinganim rost...

#rekvizit
5🔥1
Istamayman senla boʻlishni...
Agar har kun sogʻinar boʻlsam.
Osmon bagʻrin tilgan yulduzni
Faqatgina bir oʻzim koʻrsam...

🙎🏻‍♀: Oʻyla balki shudir chin sevgi?!
🙎🏻‍♂: Nima?! Qaydan olding sevgi deyishni?
🙎🏻‍♀:...
🙎🏻‍♂: Istamayman senla boʻlishni!
🙎🏻‍♂:...

🙎🏻‍♂: Istamayman sensiz qolishni...
5🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Boshqa fasllarning borligi roʻyo,
Bu dunyoda faqat kuz bor azizim...
Na menu, na sendan aytilmagan yo,
Oʻrtamizda bitta sir bor azizim...
5🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Yozmoqchiman uzun sheʼrlarni
Lekin, menda na da imkon yoʻq...
Topdim sokin, zoʻr qoʻshiqlarni
Lekin, menda na da ilhom yoʻq...
2🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Eslaysizmi? Yomgʻirli oqshom,
Bizlar birga kezgan koʻchalar.
Sogʻinch emas, koʻzlarda orom -
Ishq qalblarda tugar gʻunchalar...

Eslaysizmi? Yulduzli osmon...
Bizlar birga qilgan orzular.
Kutayabdi intizor hamon -
Shimoldagi oʻsha yogʻdular...

Eslaysizmi!? Yoʻq siz eslay olmaysiz...
Sizga qiziq emas borligim.
Nega demang. Savol bermang. Jim!
Axir hali sevishmaganmiz...
Aytganidek shoir "Allakim":
Balki hali koʻrishmaganmiz...
👍42😁1
Men sizni sevmayman ishonavering,
Shunchaki siz tomon yuraveraman.
Tasodif deyman-u, yana yoʻllarim
Tutashsin - deb niyat qilaveraman...

Sizni sogʻinmayman ishonavering,
Shunchaki sizni koʻp oʻylayveraman.
Hayol olamida hayot yoʻlimni,
Siz kabi qiz bilan quraveraman.
👍8😁1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Yana sensiz boshladi yomgʻir,
Sogʻinchli yer hovurin oldi.
Sen va meni kutyabdi axir,
Koʻngilga sayr istagin soldi...

Yur chiqamiz soyabon olib,
Qogʻoz kema yasab olamiz)
Soyabonni shamolga tutib,
Yomgʻirlarda suzib ketamiz...

- Uhlama eee, boʻldi turamiz!

#rekvizit
👍3🔥1
#kuzatuv_natijalari kitobi
Boshqa fasllarning borligi roʻyo, Bu dunyoda faqat kuz bor azizim... Na menu, na sendan aytilmagan yo, Oʻrtamizda bitta sir bor azizim...
Kel degin, gʻururni yengib koʻraylik,
Qalb qulfin ochmaydi yuraversak jim.
Kel degin, barchasin birga boshlaylik,
"Sen" emas, "men" emas, "biz" bor azizim...
👍5🔥1
Tushda yoʻqlab kelibdi onam,
Dardga toʻlgan, yurishi horgʻin...
Koʻzda esa zarracha yoʻq gʻam,
Aytadilar, bolam yigʻlama, kulgin...

Ishonmasdim. Keldizmi aya?
Nega buncha ozib ketgansiz?
Oyogʻingiz bosib qoʻyaymi yana?
Hammadan ham sogʻinganim siz...

Yigʻlayabman...
Tinmasdi bir dam.
Onam esa jilmaygan kuyi,
Yigʻlamagin dedimku bolam...

Uygʻonaman,
Bilsam yarim tun...
Men yotibman, katta xona
Va Fargʻonada...

#ilk_xotira
😢8👍4
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Sen kelma...

Yoʻq sen kelma, yaxshi emasman.
Garchi ehtiyojim boʻlsa ham senga.
Qadringa yetishni balki bilmasman,
Hislar kerak emas, kerakmas menga...

Yoʻq sen kelma, gaplarim dunyo.
Tunlaring oʻgʻrilab qoʻyishim mumkin.
Noliyveraman hayotdan, goʻyo
Fikridan buzilgan insonman chirkin...

Yoʻq sen kelma, hayolda yasha.
Bir kuni hayotga koʻchishing tayin.
Seni sayyoramda kutaman gulim,
Shisha qobiq olib qoʻydim atayin...

#rekvizit
5
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Aytsam...

Rost, seni sevaman! Ayta olmayman,
Aytsam... Menga boqmay qoʻysangchi?
Gumonlar, hadiklar shu menga dushman,
Bunda faqat hayol menga koʻmakchi...

Aytsam... Sizdan buni kutmasdim desang,
Jon tandan uyalib chiqib ketmasmi?
Axir men ham buni kutmayman bilsang,
Hech kimga boʻlishmas sevgim senmasmi?

Mana oʻzing oʻqi, har kun shu ahvol,
Menda zoʻr taklif bor, yokida savol,
Senga soʻzda aytib berishim shartmi?
Koʻzlarimdan shuni uqib qoʻya qol...

#rekvizit
4
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (KHabibullo_13)
Koʻngil uyin shodlik yoʻqlamas,
Baxtga toʻlmas biz kirgan xona.
Oʻxshamagan sheʼrlarga emas,
Sizga arz-dod qilsaydim ona...

Tizzangizga boshimni qoʻyib,
Gap boshlasam toʻxtatolmaysiz.
Koʻzimda yosh noliy boshlasam,
Kulmaydigan faqatgina siz...

Koʻp ehtimol oʻzimdan ayb,
Quntsizligim sabab bariga.
"Ehh bolama" deb doimgidek,
Qulogʻimdan torting, mayliga.

Muhumi siz tinglaysiz meni,
Hech boʻlmasa hayollarimda.
Bugun kechroq yotyabman ona,
Koʻrishaylik,
Doimgidek yana tushimda...
😢9🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
...

Asli istamayman sevgi, muhabbat...
Bizlarga ne kerak bilib turib dor?
Lek, lek unda bor koʻnglim toabad,
Istak oʻzimdamas, sogʻinch aybdor...

Ha toʻgʻri oʻqiding, sogʻinchda ayb.
Nega uyqu bilan oʻrin almashgan?
Hech tap tortmasdan, yana jilmayib,
Kunduz hayoldan ham joyin talashgan.

Asli istamayman sevgi, muhabbat...
Ayt bizga ne kerak hushdan ayrilmoq?
Xohlaganim balki sof munosabat...
Yoki raddiyadan hadikla oʻtmoq...

Hullasi menga koʻp tuhmatlar bermang,
Hech kimni sevmayman, bu yolgʻon emas!
612 da tong yorishgandir,
Shishasin olmasam shudring tutolmas...

#rekvizit
1👍1🔥1