#kuzatuv_natijalari kitobi
Koʻngil uyin shodlik yoʻqlamas, Baxtga toʻlmas biz kirgan xona. Oʻxshamagan sheʼrlarga emas, Sizga arz-dod qilsaydim ona... Tizzangizga boshimni qoʻyib, Gap boshlasam toʻxtatolmaysiz. Koʻzimda yosh noliy boshlasam, Kulmaydigan faqatgina siz... Koʻp ehtimol…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😢2🔥1
#kuzatuv_natijalari kitobi
Ish reja. Hayollarda yashaydi bir qiz, U men bilan har kun suhbatdosh. Hatto tongni birga kutamiz, Bizsiz togʻdan oʻtmaydi quyosh... Kezamiz koʻp sohil boʻylarin, Toʻlqinlarga oʻzni otamiz. Mendan sira uzmas koʻzlarin, Tong otguncha reja tuzamiz: Togʻ bagʻrida…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Orzular qilasan toʻlib hislarga,
Uchasan qoʻshilib ajib hislarga,
Aytishar erkakka uchish qoptimi?
Odamlar ne deydi axir bizlarga...
Xoʻp deysan, qanotni bir chetga qoʻyib,
Maqsadni qoʻyasan shamoldek yelib,
Aytishar bu maqsad xomxayol bola,
Odamlar ne deydi axir bizlarga...
Koʻkni qoʻy, yerda yur, poyezddek goʻyo,
Rejani qilasan oldga bir dunyo,
Aytishar bularga yetib boʻlarmi?
Odamlar ne deydi axir bizlarga...
Umr oʻtaverdi, qaramay ortga,
Ayblar agʻdarildi yaratgan zotga,
Aytishdi, taqdiring shu ekan endi,
Odamlar ne dedi, axir bizlarga...
Uchasan qoʻshilib ajib hislarga,
Aytishar erkakka uchish qoptimi?
Odamlar ne deydi axir bizlarga...
Xoʻp deysan, qanotni bir chetga qoʻyib,
Maqsadni qoʻyasan shamoldek yelib,
Aytishar bu maqsad xomxayol bola,
Odamlar ne deydi axir bizlarga...
Koʻkni qoʻy, yerda yur, poyezddek goʻyo,
Rejani qilasan oldga bir dunyo,
Aytishar bularga yetib boʻlarmi?
Odamlar ne deydi axir bizlarga...
Umr oʻtaverdi, qaramay ortga,
Ayblar agʻdarildi yaratgan zotga,
Aytishdi, taqdiring shu ekan endi,
Odamlar ne dedi, axir bizlarga...
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maqtovrasiz Mingbulogʻizzi, bir tarixi bormidi?
Mingbuloq yaralganda oʻzi, sen planda bormiding?
Bu oʻlkani bir paytlar,
"Shox va shoir" koʻrganlar,
Bilasiza kimligin?
Mirzo Bobur, birodarlar.
Aytmishlarkim bu yerda,
Ov qushi bisyor boʻlur,
Axsida dashti boʻlib,
Tovushqon jaa semizdur.
Xullas bu gaplarini,
"Boburnoma"da yozmish.
Sayxun daryo boʻyida,
Rosa damni olganmish.
Bu yurtda koʻp shuningdek,
Tarixan buyuk oʻlka,
Shulardan biri, ulugʻ
Hamma bilgan Gurtepa!
Karvonlar hech tinmagan,
Afgʻon, Xitoy, Hindiston...
Aminlar boshqarishgan,
Tanigan hur Turkiston!
U paytlar yurtimizga
Markaz edi Momoxon.
Qatʼiy Toshboy Mingboshi,
Boshqargan oʻsha zamon.
Bosvolib bolsheviklar,
Boshlagan paxtachilik,
Ota bobom qilishdi,
Bir muddat choʻlquvarlik.
Paxta ekdik toʻnnalab,
Urushmi tinchlik demay,
Goh Pop goh Toʻraqoʻrgʻon,
Qoʻshildik biz indamay.
46-yilda
kanal qayta qurildi,
Suv yetmas choʻllarda ham,
Endi hayot bor edi
Zardaryo kanalini
Bilasizku toʻgʻrimi?
Choʻmilgani chiqqansiz
Yoki suv quvganimi...
52-yili,
Quvonchli xabar boʻldi.
Markazi "Gulbogʻ" deya,
"Zardaryo"miz tuzildi!
Mingbuloq yaralganda oʻzi, sen planda bormiding?
Bu oʻlkani bir paytlar,
"Shox va shoir" koʻrganlar,
Bilasiza kimligin?
Mirzo Bobur, birodarlar.
Aytmishlarkim bu yerda,
Ov qushi bisyor boʻlur,
Axsida dashti boʻlib,
Tovushqon jaa semizdur.
Xullas bu gaplarini,
"Boburnoma"da yozmish.
Sayxun daryo boʻyida,
Rosa damni olganmish.
Bu yurtda koʻp shuningdek,
Tarixan buyuk oʻlka,
Shulardan biri, ulugʻ
Hamma bilgan Gurtepa!
Karvonlar hech tinmagan,
Afgʻon, Xitoy, Hindiston...
Aminlar boshqarishgan,
Tanigan hur Turkiston!
U paytlar yurtimizga
Markaz edi Momoxon.
Qatʼiy Toshboy Mingboshi,
Boshqargan oʻsha zamon.
Bosvolib bolsheviklar,
Boshlagan paxtachilik,
Ota bobom qilishdi,
Bir muddat choʻlquvarlik.
Paxta ekdik toʻnnalab,
Urushmi tinchlik demay,
Goh Pop goh Toʻraqoʻrgʻon,
Qoʻshildik biz indamay.
46-yilda
kanal qayta qurildi,
Suv yetmas choʻllarda ham,
Endi hayot bor edi
Zardaryo kanalini
Bilasizku toʻgʻrimi?
Choʻmilgani chiqqansiz
Yoki suv quvganimi...
52-yili,
Quvonchli xabar boʻldi.
Markazi "Gulbogʻ" deya,
"Zardaryo"miz tuzildi!
👏2👍1
Siz soʻragan sheʼr...
Sen qolgan eding oʻsha shaxarda.
Qolganding miq etmay teskari boqib.
Men bilmaganman, nedir koʻzingda,
Qolganmi soʻzlaring yoshlardek oqib...
Balki qargʻagansan, baxtni topma deb,
Balki koʻz yoshlaring qargʻagan meni...
Koʻz yoshingni yutgan zarra qumlardek,
Aytgansan "Baxt sira yutmasin seni"...
Bilaman, ayblarning hammasi menda!
Mendan boshqasida gunoh yoʻq aniq!
Shunda ham soʻrashim qoʻl ochib kunda,
"Sen unga baxt bergin, yaratgan xoliq"...
❤2🔥1🤔1😢1
SAMUM🌪️
https://www.instagram.com/reel/DOI_1zoDGZo/?igsh=MTM4ZnhrcGJoMG01Mw==
Qayeriga keluvdik, muhtaram tarixchilar?
Commentda axsikentni rosaa talashuvchilar...
Axsimi, toʻraqoʻrgʻon,
Toʻqqiz uymi, yo rebxoʻz
Tarix birga bogʻlagan,
Biri qosh-u, biri koʻz.
Xullas, 52 da
Zardaryomiz tuzilgan.
Nomi oltin harfda
Xujjatlarda bitilgan.
Aynan shu yil mayida,
Yana bir qonun chiqdi.
Markaz bir oz oʻzgarib,
Jomashuyga koʻchibdi.
Ancha vaqt sokinlikda,
Umr oʻtgan bir tekis.
Hech kim och ham qolmagan,
Dasturxon boʻlgan toʻkis.
Soʻng, keldi shonlik, sharaflik,
Yurtimizga shod xurlik!
Bizlarga nasib qildi,
91 da mustaqillik!
93-yilda
Barchasi yangilandi,
Endi tumanning nomi,
Mingbuloqqa oʻzgardi!
Mana oʻtdi necha yil,
Toʻqchilikda, shodlikda.
Eng ilgʻor, shijoatkor,
Boʻldik dehqonchilikda!
Har bir soha rivoji,
Bizda asta boʻlyabdi.
Eng, eng, englar ham,
Hech yoʻq emas chiqyabdi...
Mana qisqacha tarix,
Bilmasangiz bilvoldiz.
Endi laykchani bosib,
Doʻstga tarqatvoringiz!
Commentda axsikentni rosaa talashuvchilar...
Axsimi, toʻraqoʻrgʻon,
Toʻqqiz uymi, yo rebxoʻz
Tarix birga bogʻlagan,
Biri qosh-u, biri koʻz.
Xullas, 52 da
Zardaryomiz tuzilgan.
Nomi oltin harfda
Xujjatlarda bitilgan.
Aynan shu yil mayida,
Yana bir qonun chiqdi.
Markaz bir oz oʻzgarib,
Jomashuyga koʻchibdi.
Ancha vaqt sokinlikda,
Umr oʻtgan bir tekis.
Hech kim och ham qolmagan,
Dasturxon boʻlgan toʻkis.
Soʻng, keldi shonlik, sharaflik,
Yurtimizga shod xurlik!
Bizlarga nasib qildi,
91 da mustaqillik!
93-yilda
Barchasi yangilandi,
Endi tumanning nomi,
Mingbuloqqa oʻzgardi!
Mana oʻtdi necha yil,
Toʻqchilikda, shodlikda.
Eng ilgʻor, shijoatkor,
Boʻldik dehqonchilikda!
Har bir soha rivoji,
Bizda asta boʻlyabdi.
Eng, eng, englar ham,
Hech yoʻq emas chiqyabdi...
Mana qisqacha tarix,
Bilmasangiz bilvoldiz.
Endi laykchani bosib,
Doʻstga tarqatvoringiz!
👏1😁1
Xafa boʻlma mendan, feʼlim shunaqa,
Nodonman hayotning jumboqlarida.
Suyaksiz tilimning ayblarini deb,
Kulgich yoʻqolmasin, Gulim, yanoqlaringdan...
Xafa boʻlma, tushun, axir yarmimsan,
His qilgin gapimdan, oʻzing bir tingla.
Oson boʻlmayabdi, ayni davrda,
Yashash, kulish, quvnash bola qalbimga...
Unutamiz, bir qara, bir kul...
Qani kel, birlashsin ko'ngilga ko'ngil...
Nodonman hayotning jumboqlarida.
Suyaksiz tilimning ayblarini deb,
Kulgich yoʻqolmasin, Gulim, yanoqlaringdan...
Xafa boʻlma, tushun, axir yarmimsan,
His qilgin gapimdan, oʻzing bir tingla.
Oson boʻlmayabdi, ayni davrda,
Yashash, kulish, quvnash bola qalbimga...
Unutamiz, bir qara, bir kul...
Qani kel, birlashsin ko'ngilga ko'ngil...
❤2🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu kuz sensiz ham kelaverarkan...
Esaverar ekan shamollar yelib...
Barchasi "yolgʻiz" deb kulaverarkan...
Xayron qoldirmaysanmi ularni kelib)
Esaverar ekan shamollar yelib...
Barchasi "yolgʻiz" deb kulaverarkan...
Xayron qoldirmaysanmi ularni kelib)
❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulkan shaharlarning bag'ridan nolib,
Mingbuloq, qishlog'im sog'indim rosti.
Chumchuqqa qo'yilgan qopqonlar qolib,
Sog'indim qor yoqqan daraxtlar osti.
Sogʻindim kovushim amirkoni'ni,
Oʻrikka osilgan argʻimchogʻimni....
Qoʻshnilar bilan toʻyga ketgan onamning,
Tugunin intizor kutgan chogʻimni...
Bolalik sen huddi eski tushdeksan,
Tark etmasayding bizlarni zora.
Qancha uzoqlashsak shuncha yaqinsan,
Rahmat xotiralar, rahmat ming bora...
Mingbuloq, qishlog'im sog'indim rosti.
Chumchuqqa qo'yilgan qopqonlar qolib,
Sog'indim qor yoqqan daraxtlar osti.
Sogʻindim kovushim amirkoni'ni,
Oʻrikka osilgan argʻimchogʻimni....
Qoʻshnilar bilan toʻyga ketgan onamning,
Tugunin intizor kutgan chogʻimni...
Bolalik sen huddi eski tushdeksan,
Tark etmasayding bizlarni zora.
Qancha uzoqlashsak shuncha yaqinsan,
Rahmat xotiralar, rahmat ming bora...
🔥3❤2👍1