SAMUM🌪️
34 subscribers
43 photos
37 videos
9 links
Bu kanalga obuna boʻlish mumkin istasangiz.
Oʻxshamagan, sheʼr deyishga til bormasada qofiyadosh matnlarimni joylab boraman (oʻzim uchun).
Istasangiz aʼzo boʻling, istamasangiz yoʻq...

https://t.me/kuzatuv_natijalari
Download Telegram
Channel created
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Ish reja.

Hayollarda yashaydi bir qiz,
U men bilan har kun suhbatdosh.
Hatto tongni birga kutamiz,
Bizsiz togʻdan oʻtmaydi quyosh...

Kezamiz koʻp sohil boʻylarin,
Toʻlqinlarga oʻzni otamiz.
Mendan sira uzmas koʻzlarin,
Tong otguncha reja tuzamiz:

Togʻ bagʻrida, shinam uychada,
Kitoblarga toʻlgan xonalar...
Oshxona ham ikki oʻrtada,
Tovachada "gulkaram" pishar...

Bahor oʻtar qizgʻaldoqzorda,
Qir-adirlar bizni taniydi.
Kuzatamiz oʻsha makonda,
Yulduzlarga toʻla osmonni...

Yomgʻirlarda raqs tushib birga,
Iviganmiz baxtning suvida.
Taʼsir qilib vaqt tezligiga,
Tomchilarni koʻramiz nurda.

Har bir ishni oʻyladim noldan,
Ish rejamiz tasdigʻin oldi.
U qizchani olib hayoldan,
Hayotimga koʻchirish qoldi.

(Ctrl+x so Ctrl+v)

#rekvizit
4🔥1😁1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
2🔥2
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Ha, men yomon odamman ishonavering,
Hammani oʻzimdek koʻraveraman.
Koʻngilni ezgʻilab "qum" qilsangiz ham,
Sizgada jilmayib turaveraman...

"Sizlarda ayb yoʻq, sizlar begunoh!"
- Kim aytdi ishon deb hammalariga?
- Bilmasam, toʻxtayinmi shuni bugunoq?
- Yoʻq jilmayaver, qoʻy oʻzlariga...

:).....:).....:)...

#hammasi_yaxshi
#Alhamdulillah

#rekvizit
2🔥1😁1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13_Aliboyev)
2🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13_Aliboyev)
Sheʼr yozmay qoʻyibman, oʻylab qarasam,
Balki dard kerakdir ilhom olishga?
Yoza olardim-ku, dardsiz istasam,
Yoki sayohatlar... Ketsammikin-a, olis-olisga...

Charchadik alishtirib har tur niqoblar,
Shunga gaplarimiz sheʼr boʻlolmasmi?
Shoshma men topdim, aybli sabablar -
Koʻrgi"miz" kelyabdi tepaliklarni...

Biror yoqqa boraylik...

#rekvizit
2🔥2👏1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13_Aliboyev)
Hozircha hech kim uchun atalmagan.(Hozircha)


Nigohing tubiga yutsa tanamni,
Husning koʻzlarimni olsa berkitib,
Ovozing band qilsa hayolxonamni
Baxt oʻzi topadi bizni qidirib.

Men uchun "kavlanib" yuzdagi kulgich,
Kipriging toʻkilsa, diydor sogʻinib,
Koʻngilchi, ismimla aylasa oʻtinch
Baxt oʻzi topadi bizni qidirib.

⌛️23:33.

Buning yozilish vaqtida bir qoʻshiq qayta va qayta yangradi, commentda qoldiraman.

#rekvizit
5👍1🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Oʻylab qarasam sheʼrni yozilgan vaqti saqlab ketavergan ekanman. Uni birlashtirish esa mana endi boʻldi.


Bayonnoma...


Gʻanimat onlarni bilib saodat,
Bir-birlarimizdan topib kamomad,
Xato qilganlarni koʻrsatib - nomard,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...

Qaytgilari kelmas koʻchadan uyga,
Yuraversangda raqs tushib, shayton kuyiga.
- Ibodat!
- Adolat!
Qoʻl siltab, bari-bariga...
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Mast boʻlib, baxtlarning eng sarasidan,
Qoʻrqmaymiz oʻzganing dil yarasidan,
Chiqmasdan taqdirning har "nota"sidan,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Hech kuzatyabsizmi, tongdagi shafaq?
- Yoʻq, oʻsha uyqudir bizga ittifoq.
Farzlarni unutib, ertadan ilhaq,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Koʻz ochding, qaraysan, kelganmi xabar,
Layklarchi, commentchi? "Rek"da aylanar...
"Gunoh ummoni"da suzib darbadar,
Asta borayabmiz dunyodan oʻtib...


Aytamiz:
- Dunyoda, dunyo xiylagar!
- Mendek beaybdan u nima istar?
Shaytonni ayblab, undan besh battar
Yashab ketayabmiz dunyodan oʻtib...


- Kechirish ne kerak? Otilsin! Tamom!
Ota qolinglaraaa, "qoʻlingda osmon"!
Jaloldin aytganidek:
- Yana oʻsha biz yomon!
Asta borayabmiz-ku dunyodan oʻtib...


KHA_13

#rekvizit
5
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
...(beizoh)

- Kel uchamiz birga, qanotni yozib!
(Agar bor boʻlsa bizda) Aqldan ozib!
"Matemchi", "Fizik"ning qonunin buzib,
Osmonning oxirin topib kelamiz...


- Kel suzamiz birga, yelkanni yoyib!
Toʻlqinli tuygʻular ummonin kezib!
Shoirlar orzusin biz ushaltirib,
Baxt yoʻli xaritasin tuzib kelamiz...


#rekvizit
3🔥2
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
Sir

Gulim deyman, gulim qoʻlda tutolmayman,
Na atringiz hidin toʻyib tuyolmayman,
Rasmingizga toʻkib yutgan dardlarimni
Bir sirimni sizga sira ocholmayman.

Siz bilmaysiz qalbning toʻlqin tugʻyonini,
Har nigohda sizga nelar demaganman...
Gumonlarim yengib jasur qatʼiyatni,
Shu sirimni sizga sira ocholmayman...

16.06.23 01:45

#rekvizit
6🔥1
Forwarded from #kuzatuv_natijalari kitobi (@KHabibullo_13)
(Toʻqima haqiqatlar)

Ishon, sensiz oʻtmaydi kunim,
Oʻylamagin, bu - shuhratparast!
Sheʼrga solib oʻsha yashirin
Kulgichingni sogʻinganim rost...

Boqmaysanmi bir bor osmonga?
Nima derkin senga koinot?
Zuxrosidek porlagan oʻsha
Koʻzlaringni sogʻinganim rost...

Eshit, senga soʻylaydi shamol,
Hislarimga boʻlganin qanot.
Dardlarimning davosi shu bol -
Soʻzlaringni sogʻinganim rost...

Butun borliq shu haqda soʻzlar,
Sen ham ayt-chi, sogʻingandirsan?
Kimligingni bilmasamda har -
Sogʻinganing sogʻinganim rost...

#rekvizit
5🔥1
Istamayman senla boʻlishni...
Agar har kun sogʻinar boʻlsam.
Osmon bagʻrin tilgan yulduzni
Faqatgina bir oʻzim koʻrsam...

🙎🏻‍♀: Oʻyla balki shudir chin sevgi?!
🙎🏻‍♂: Nima?! Qaydan olding sevgi deyishni?
🙎🏻‍♀:...
🙎🏻‍♂: Istamayman senla boʻlishni!
🙎🏻‍♂:...

🙎🏻‍♂: Istamayman sensiz qolishni...
5🔥1