Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
694 subscribers
16.6K photos
660 videos
10 files
10.9K links
Samarqand viloyat Statistika boshqarmasining rasmiy sahifasi
🌐 www.samstat.uz - vebsayt
👥 @samstat - Murojaat uchun (telegram guruh)
Download Telegram
📊Siyosiy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan o‘quv soati

🔹O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish” bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
🔹2025-yilning 10-oktabr kuni o‘tkazilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma’lumotlar berildi.
🔹Shuningdek, o‘quv soatida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

🔹Samarqand viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
🔹Mazkur seminar aholining ayrim toifalariga oid shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda ma’lumotlarni elektron tarzda qayd etish masalalariga bag‘ishlandi.
🔹Tadbirda boshqarma rahbariyati, mutaxassislari, shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi mas’ul vakillar qatnashdilar.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
Аҳоли ва қишлоқ хўжалиги рўйхатга олинади

Ўзбекистон Республикасида 2026 йил 15 январь — 28 февраль кунлари аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири ўтказилади.

Рўйхатга олиш жараёни 2 босқичда ташкил этилади:

1 босқич 15-31 январь
17 кун давомида census.stat.uz сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони яратилади.

2 босқич 4-28 февраль
“Маҳалла еттилиги” аъзолари уйма-уй юриб, планшет орқали рўйхатга олиш жараёнларини ташкил этади.

❗️Шахсга доир маълумотларнинг махфийлиги қонун билан кафолатланади.

❗️Саволномадаги маълумотлар бошқа идораларга тақдим этилмайди.

Саволнома таркиби
Жами саволлар сони: 71 та
Аҳолига оид: 54 та
Қишлоқ хўжалигига оид: 17 та
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикасида 2026 йил 15 январь — 28 февраль кунлари аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири ўтказилади
📊Samarqand viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan olingan:
🔹yalpi ichki mahsulot hajmining oʻsish surʼati – 107,7 %
🔹sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 107,8 %
🔹asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar– 129,4
🔹qurilish ishlari hajmining oʻsish surʼati – 122,0 %
🔹chakana savdo tovar aylanmasi oʻsish surʼati – 109,3 %
🔹bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati – 114,1 %
🔹qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining oʻsish surʼati – 104,4 %
🔹tashqi savdo aylanmasi oʻsish surʼati – 129,9 %
🔹eksportning oʻsish surʼati – 131,5 %
🔹importning oʻsish surʼati – 129,2 %

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatida 9 oyda qancha chaqaloq dunyoga kelgan?

🔹Viloyatimizda 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 80,9 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 25,0 promilleni tashkil etdi. 🔹Tugʻilganlar soni joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming nafarga kamaygan.
🔹Viloyatda tirik tugʻilganlar soni 80,9 ming kishini, shundan oʻgʻil bolalar soni
41,7 ming kishini (jami tugʻilganlar soniga nisbatan 51,5%), qiz bolalar soni 39,2 ming kishini (48,5%) va shahar joylarida 25,7 ming kishini (31,8%), qishloq joylarida 55,2 ming kishini (68,2%) tashkil etdi.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi qanchaga yetdi?

🔹2025-yil yanvar-sentabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 2 850,7 mln AQSH dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 655,3 mln AQSH dollariga yoki 29,9 % ga ko‘paydi.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Oʻzbekistonda 1 kvadrat kilometrga necha kishi toʻgʻri keladi?

🔹Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning 1-oktabr holatiga 1 kvadrat kilometr maydonga oʻrtacha 84,8 kishi toʻgʻri kelgan.
🔹Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 kishiga ortgan.
Yillar kesimida Oʻzbekistonda 1 km2ga toʻgʻri keladigan aholi zichligi (1-oktabr holatiga):
2021-yil – 78,1 kishi;
2022-yil – 79,8 kishi;
2023-yil – 81,5 kishi;
2024-yil – 83,2 kishi;
2025-yil – 84,8 kishi.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,6 foizga oʻsdi

🔹Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 303 702,1 mlrd soʻmni tashkil etdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga oʻsdi.
Sanoat tarmogʻining oʻsishi 6,8 % ni tashkil etdi va YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 1,7 f . p. ni tashkil etdi.
🔹Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining oʻsishi 3,6 % ni tashkil etdi va YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 0,6 f. p. ni tashkil etdi.
🔹Qurilish ishlari hajmining oʻsishi 14,2 % ni tashkil etdi. Qurilish tarmogʻining YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 1,0 f. p. ni tashkil etdi.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

🔹Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 44 400,2 mlrd so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 43 290,8 mlrd so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 905,6 mlrd so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 203,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyatida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari

🔹Samarqand viloyatida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 4 853,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,8 % ga o‘sgan.


Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Samarqand viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot

🔹Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 87 483,9 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 7,7 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2024-yilning yanvar-sentabr oylari narxlariga nisbatan 107,1 % ni tashkil qildi.
🔹O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Samarqand viloyatining qo‘shgan hissasi 6,7 % ga yetdi.


Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand