Samarqand viloyati statistika boshqarmasi
256 subscribers
13K photos
446 videos
9 files
8.51K links
Samarqand viloyat statistika boshqarmasining rasmiy sahifasi
🌐 www.samstat.uz - vebsayt
👥 @samstat - Murojaat uchun (telegram guruh)
Download Telegram
Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

🔹2024-yilning 16-oktabr kuni, Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi tomonidan Samarqand shahridagi “Raxmatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Samarqand viloyatining elektr uskunalari ishlab chiqarish sanoati

🔹2023-yilning yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra elektr uskunalari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 2,7 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 155,5 % ni tashkil etgan.
Shuningdek, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 2,8 % ni, fizik hajm indeksi 112,2 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 700,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Samarqand viloyatining transport xizmatlari dinamikasi

🔹Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlari ustunlik qiladi – 89,3 foiz.
Samarqand shahrida transport xizmatlari hajmi 1 718 mlrd soʻmni tashkil etgan. Mazkur hududda transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 122 foizni tashkil etgan.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni qancha?

🔹Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2024-yil 1-oktabr holatiga 41 302 tani tashkil etdi, ulardan 35 413 tasi tadbirkorlik subyektlaridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 37,2 foiz, sanoat – 13 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 6 foiz, qurilish – 5,5 foiz, hududilar kesimida esa eng ko‘pi Samarqand shahrida – 28,4 foiz, tumanlardan Samarqand – 8,3 foiz, Urgut – 7,9 foiz, Pastdarg‘om – 7,2 foiz va Kattaqo‘rg‘on tumanida – 5 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Samarqand viloyatida 9 oyda besh mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan

🔹Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning yildan-yilga investitsiya va ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib borayotgani namoyon bo‘lmoqda.
2024-yil yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 5 607 ta bo‘lib, shundan:
-mikrofirmalar va kichik korxonalar 5 582 ta;
-yirik korxonalar 25 tani tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Samarqand viloyatining sanoat mahsulotlari importi

🔹2024-yil yanvar-avgust oylarida import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 344,9 mln AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 112,9 % ni tashkil qildi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 24 foizga yetdi.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 20,5 foizga o‘sgan

🔹O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 6 573,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 20,5 % ga o‘sgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi tegishli davrda:
2022-yilning yanvar-iyun oylarida 2 960,5 mlrd so‘m;
2023-yilning yanvar-iyun oylarida 5 095,1 mlrd so‘m.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
100 ta uy xo‘jaligiga nechta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri keladi?

🔹2024-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuter soni o‘rtacha 69 tani tashkil etdi.
Ma’lumot uchun ushbu ko‘rsatkich:
2010-yilda 12 tani;
2015-yilda 47 tani;
2020-yilda 60 tani tashkil etgan.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan qancha tuxum yetishtirilgan?

🔹Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 920 180 ming dona tuxum yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 10,3 % ga ko‘p.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat

🔹2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,4 % ga o‘sgan.
Savdo tarmog‘ining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,6 % ni tashkil etgan.
Savdo tarmog‘ining YAIMdagi ulushi 6,3 % ga yetgan.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat

🔹2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,4 % ga o‘sgan.
Savdo tarmog‘ining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,6 % ni tashkil etgan.
Savdo tarmog‘ining YAIMdagi ulushi 6,3 % ga yetgan.

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
18-oktabr — Samarqand shahri kuni

2024-yilning 18-oktabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
1996-yil 18-oktabr kuni Amir Temur tavalludining 660 yilligi tantanalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va bu kunni Samarqand shahri kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ayni shu kuni Samarqandda Sohibqiron Amir Temurning haykali ochilgan. Shundan buyon ushbu kun keng nishonlanib kelinmoqda.
YUNESKO Bosh konferensiyasi qaroriga muvofiq, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlangan.

Batafsil 📲

Rasmiy sahifalar
Web sayt | Telegram kanal | Telegram guruh | Facebook
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Hududiy statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun navbatdagi vebinar tashkil etildi

Joriy yilning 18- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

🔗 Batafsil

——————————————————

🔗 Читать на русском

Rasmiy sahifalar | Официальные каналы
| Telegram | Instagram | Facebook | Youtube| X | LinkedIn