Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
694 subscribers
16.6K photos
660 videos
10 files
10.9K links
Samarqand viloyat Statistika boshqarmasining rasmiy sahifasi
🌐 www.samstat.uz - vebsayt
👥 @samstat - Murojaat uchun (telegram guruh)
Download Telegram
📊O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni ijrosi doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi inspektorlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
    Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, har bir mahalladagi yettilikning vazifa va mas’uliyatlari, fuqarolar bilan ishlashning yangi mexanizmlari batafsil tushuntirildi.
    Seminarda ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berildi hamda farmon ijrosini yuqori saviyada ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Siyosiy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan o‘quv soati

🔹O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish” bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
🔹2025-yilning 10-oktabr kuni o‘tkazilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma’lumotlar berildi.
🔹Shuningdek, o‘quv soatida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
📊Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

🔹Samarqand viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
🔹Mazkur seminar aholining ayrim toifalariga oid shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda ma’lumotlarni elektron tarzda qayd etish masalalariga bag‘ishlandi.
🔹Tadbirda boshqarma rahbariyati, mutaxassislari, shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi mas’ul vakillar qatnashdilar.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
Аҳоли ва қишлоқ хўжалиги рўйхатга олинади

Ўзбекистон Республикасида 2026 йил 15 январь — 28 февраль кунлари аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири ўтказилади.

Рўйхатга олиш жараёни 2 босқичда ташкил этилади:

1 босқич 15-31 январь
17 кун давомида census.stat.uz сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони яратилади.

2 босқич 4-28 февраль
“Маҳалла еттилиги” аъзолари уйма-уй юриб, планшет орқали рўйхатга олиш жараёнларини ташкил этади.

❗️Шахсга доир маълумотларнинг махфийлиги қонун билан кафолатланади.

❗️Саволномадаги маълумотлар бошқа идораларга тақдим этилмайди.

Саволнома таркиби
Жами саволлар сони: 71 та
Аҳолига оид: 54 та
Қишлоқ хўжалигига оид: 17 та
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикасида 2026 йил 15 январь — 28 февраль кунлари аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири ўтказилади
📊Samarqand viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan olingan:
🔹yalpi ichki mahsulot hajmining oʻsish surʼati – 107,7 %
🔹sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 107,8 %
🔹asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar– 129,4
🔹qurilish ishlari hajmining oʻsish surʼati – 122,0 %
🔹chakana savdo tovar aylanmasi oʻsish surʼati – 109,3 %
🔹bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati – 114,1 %
🔹qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining oʻsish surʼati – 104,4 %
🔹tashqi savdo aylanmasi oʻsish surʼati – 129,9 %
🔹eksportning oʻsish surʼati – 131,5 %
🔹importning oʻsish surʼati – 129,2 %

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
🔸Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand