SamMU Media | RASMIY
5.58K subscribers
20.5K photos
2.14K videos
177 files
9.72K links
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Matbuot xizmati
Veb-sayt: https://sammu.uz
Telegram: https://t.me/sammu_education
Facebook: https://www.facebook.com/sammu.education
Instagram: https://www.instagram.com/sammu_education
Download Telegram
📌Sport tibbiyoti va Reabilitologiya ilmiy tadqiqot institutida yangi sog‘lomlashtirish va davolash tibbiy markazi qurilishiga tamal toshi qo'yildi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Sport tibbiyoti va Reabilitologiya ilmiy tadqiqot institutida 200 o‘rinli sog‘lomlashtirish va davolash tibbiy markazi qurilishiga tamal toshi qo'yildi.

Tantanali marosimida so‘zga chiqqan universitet rektori, Jasur Rizayev markaz faoliati va uning bugungi kundagi yutuqlariga to‘xtalib, yangi barpo etilayotgan sog‘lomlashtirish va davolash tibbiy markazining avvalambor yurtboshimiz tomonidan tibbiyot sohasiga qaratilayotgan katta e’tiborining mevasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Marosimning tantanali qismida bino uchun an’anaviy tarzda kapsula tashlanib, Sport tibbiyoti va Reabilitologiya ilmiy tadqiqot instituti faoliyatiga omad tilandi.

Shuningdek, markazning yangi rekonstruksiya qilingan binosida yaratilgan sharoitlar, davolash va reabilitatsiya xonalari, operatsiyon xonalar bilan yaqindan tanishildi.

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

Sport tibbiyoti va Reabilitologiya ilmiy tadqiqot institutida yangi sog‘lomlashtirish va davolash tibbiy markazi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi


🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maruza

📌Samarqand davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi xodimlari tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Kattaqoʻrgʻon jamoat salomatligi texnikumi talabalari uchun “Qalqonsimon bezning belgilari, sabablari va davolash usullari” mavzusida ilmiy-amaliy ma’ruza tashkil etildi.

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌SamDTU Stomatologiya fakulteti vakillari Tojikistonda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro tadbirlarda ishtirok etdilar

Joriy yilning 23-24 aprel kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitetida «Progress va integratsiya: klinikadagi ilmiy yutuqlar» nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti dekani Axmedov A.A. boshchiligidagi ustozlar va iqtidorli talabalar delegatsiyasi faol ishtirok etdi hamda yuqori o‘rinlarni egalladi.

Shuningdek, tadbir doirasida tibbiyot oliygohlari talabalari o‘rtasida V Xalqaro olimpiada ham bo‘lib o‘tdi. «Stomatologiya» yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu bilimlar bellashuvida SamDTU talabalari o‘zlarining chuqur nazariy bilimlari va yuqori amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.


Ushbu xalqaro tashrif nafaqat yosh mutaxassislarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi, balki ikki qardosh xalq universitetlari o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

📌Joriy yilning 24-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda A.M. Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch va radiatsion tibbiyot markazi bilan hamkorlikda “XXI asr ko‘p tarmoqli klinikasi. Innovatsiyalar va ilg‘or tajriba” nomli XV Xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirni SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev hamda markaz direktori, professor Sergey Aleksanin ochib berdilar.


Onlayn tarzda tashkil etilgan anjumanda bir qator dolzarb mavzudagi ma’ruzalar tinglandi.

Mazkur xalqaro anjuman tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish hamda ikki muassasa o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊Telegram |📱Instagram   |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ RASMIY OGOHLANTIRISH: #Feyk_xabarlar

Soʻnggi paytlarda Telegram foydalanuvchilariga goʻyoki "Telegram xavfsizlik xizmati" (Telegram Support) nomidan soxta xabarlar kelishi koʻpaymoqda (namuna suratda keltirilgan).

Hech qanday shubhali havolalarga (linklarga) kirmang!
Shaxsiy maʼlumotlaringizni yoki telefoningizga kelgan SMS kodni hech kimga bermang. Firibgarlar aynan shu kod orqali profilingizni egallab olishadi.
🚫 Bunday xabar kelgan zahoti akkauntni "Block" (Bloklash) qiling va "Report" (Shikoyat qilish) tugmasini bosing.
🛡 Xavfsizlik chorasi: Sozlamalar boʻlimidan albatta "Ikki bosqichli tasdiqlash" (Ikki bosqichli autentifikatsiya) funksiyasini yoqib qoʻying.

🟢Ushbu xabarni barcha yaqinlaringizga yuborib ogohlantirishni unutmang!
  
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 |📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 |🎞𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​Oqdaryo tumanida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2580214

Telegram | Facebook | Instagram